Estetika nazariyasi. Reja


Nafosat Universal kategoriyalar



Download 145,72 Kb.
bet11/20
Sana29.11.2022
Hajmi145,72 Kb.
#874894
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
Estetika nazariyasi. Reja

Nafosat

Universal kategoriyalar

Go‘zallik

Estetik ideal

San’at

Ulug‘vorlik

Estetik did

Badiiy obraz

Fojeaviylik

Estetik tuyg‘u

Ijod

Obektiv kategoriyalar

Obektiv-subektiv kategoriyalar

Subektiv kategoriyalar

E.G.YAkovlevning fikriga ko‘ra, mazkur tizim shu turda yaratilgan boshqa tizimlardan o‘zining universal-kengqamrovli mazmun va falsafiy-estetik mohiyat kasb etib, moslashuvchanlik (subordinatsiya) va muvofiqlashtiruvchilik (koordinatsiya) tamoyilini mujassam etgani xolda “ontologik-fenomenologik va ijtimoiy-gnoseologik jihatlar”ga ega.
Mazkur jadvalda V.P.SHestakov tomonidan tizimlashtirilgan kategoriyalarning umumiy ko‘rinishi aks etgan:

DASTLABKI KATEGORIYA

Nafosat

Go‘zallik

Fojeaviylik

UMUMESTETIK KATEGORIYALAR

Kulgulilik

Ulug‘vorlik

Hunuklik

ESTETIK KATEGORIYALARNING KO‘RINISHLARI

Disgarmoniya

Dahshatlilik

Mubolag‘a

Garmoniya

Hazil

Forig‘lanish

Qahramonlik

Ideal

Latofat

Biroq, ta’kidlash lozimki, aksariyat adabiyotlarda estetika kategoriyalari asosan go‘zallik – fojeaviylik – kulgulilikdan iborat uchlik sifatida taqdim etilgan. Biroq, davrlar o‘tishi bilan bu an’anaga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi. Xususan, bu tizimga YU.B.Borev - ulug‘vorlikni, L.N.Stolovich - hunuklikni, M.S.Kagan - garmoniya va dramatiklikni, N.I.Kiyaщenko – qahramonlikni, o‘zbek olimlari T.Mahmudov uyg‘unlikni, Abdulla SHer qiziqarlilikni kiritdi.
SHu o‘rinda Abdulla SHer taklif etgan estetika kategoriyalari (mezoniy tushunchalari) tasnifi o‘ziga xos ahamiyatga ega. Tasnifga ko‘ra, barcha estetik tushunchalar uch guruhga bo‘linadi. Birinchisi, – mezoniy tushunchalar. Ular sub’ekt-ob’ekt munosabatlarida estetik ob’ektning xususiyatlarini sub’ektga ochib beruvchi, tashqi nafosat bilan bog‘liq eng qamrovli, eng mushtarak tushunchalardir. Masalan, go‘zallik ulug‘vorlik, fojeaviylik v.h. Ikkinchisi – sub’ekt – ob’ekt munosabatlarida sub’ektdagi estetik anglash muruvatlarini tushuntirib beradigan, ichki nafosat bilan bog‘liq estetikaning xususiy tushunchalari. Masalan, estetik hissiyot, estetik mushohada, estetik did, v.h. Uchinchisi – san’atning mohiyati, san’at turlari, umuman, badiiy ijod biln bog‘liq estetikaning muayyan tadqiqot ob’ektlariga qaratilgan tushunchalar. Masalan, san’at, ijodkor, dizayn janr, uslub v.h. Bu o‘rinda tushunchalar guruhlarining nomlari shartli ekanini alohida o‘qtirib o‘tish joiz.
Biz Yuqorida faylasuflarning estetika kategoriyalarining tarixi, uni tizimlashtirish muammolari, ko‘rinishlari va o‘ziga xos jihatlari bilan bog‘liq qarashlar va nazariyalarga bejiz murojaat etmadik. Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, kategoriyalar tizimi qanday ko‘rinishda bo‘lmasin, ularning har birida go‘zallik markaziy kategoriya sifatida ishtirok etmoqda. Biz manashu jihatga ko‘ra go‘zallik falsafasini tushuntirishdan avval go‘zallikning muhim mezoniy tushuncha - kategoriya sifatidagi mohiyatini ko‘rib o‘tishni maqsadga muvofiq, deb bildik. Zero, estetika kategoriyalarining yaxlit tizimini ishlab chiqish muammosi ko‘p yillardan buyon olimlar e’tiborini jalb etib kelayotganligidan maqsad ham go‘zallikning falsafiy, axloqiy, hatto siyosiy mohiyatini atroflicha o‘rganishga qaratilganligidadir.
Go‘zallik estetikaning asosiy kategoriyasi sifatida barcha estetik tushunchalar uchun asos vazifasini bajaradi. SHuning uchun ham odatda “Estetika fani nimani o‘rganadi?”, “Estetika fanining maqsadi nima?”, “Estetika qanday fan?” degan qator savollarga “Estetika - go‘zallikni o‘rganuvchi fan!”, “Estetikaning maqsadi - go‘zallikni yaratish!”, “Estetika - go‘zallik haqidagi fandir!” - degan javob beriladi. Ko‘rinib turibdiki, estetika bilan bog‘liq har qanday savolning javobi go‘zallik masalasiga borib taqaladi.
Go‘zallik o‘z-o‘zidan vujudga keladigan hodisa emas, balki shakli, mazmuni va xususiyatiga ko‘ra ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Birinchi ko‘rinishi go‘zallik ontologiyasi bilan bog‘liq. Go‘zallik tafakkur va tabiat mahsuli. Kulol loydan, naqqosh yog‘ochdan, misgar misdan, zargar tillodan shunday buYum yaratadiki, uning jozibasi insonni hayratga soladi. yoki tabiatdagi purviqor tog‘lar, Yuksak cho‘qqilar, dengiz-u ummonlarning go‘zaligini inson takrorlashga ojiz.
Go‘zallik tushunchasining mazmun-mohiyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, uning tarixiy taraqqiyot hamda ijtimoiy munosabatlar jarayonida moddiy va ma’naviy zaruriyatga aylangan tushuncha ekanligini kuzatishimiz mumkin. Bular:
Birinchidan - ijtimoiy hayotning barcha sohalariga go‘zallikni tatbiq etish, uning qonuniyatlarini ma’naviy jarayonlarga qo‘llash orqali ilg‘or qadriyatlar tizimini barpo etish mumkin. Jamiyatning iqtisodiy sohalariga go‘zallikni tatbiq qilish orqali moddiy ehtiyojlar manbai yaratiladi.
Ikkinchidan – globallashuv jarayonlariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, go‘zallikni amaliy-pragmatik jihatdan ahamiyati katta ekanligi yanada oydinlashadi. CHunki, hozirgi kunda tinchlikni barqarorlashtirish, ekologik xavfning oldini olish, davlatlararo va etnik nizolarga chek qo‘yish, ommaviy qirg‘in qurollarini ishlab chiqarishni yo‘q qilish, terrorizm, genotsid va giyohvandlikning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik kabi umumbashariy muammolarga aylanib bormoqda. Endilikda texnogensivilizatsiyani ham go‘zallik qonunlari asosida tashkil etishga katta ehtiyoj sezilmoqda.
Uchinchidan - go‘zallik normativ-baholash xususiyatiga ega. CHunki, go‘zallikni his etish, uni baholash orqali inson o‘zida uyg‘unlikni namoyon qiladi. Uyg‘unlik insonni faollikka undaydi, loqaydlik, dangasalik kabi illatlardan halos etadi. Agar faoliyatning boshqa turlari (siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ahloqiy) shaxsning alohida kuchlarini rivojlantirishga ko‘maklashsa, go‘zallik ularni yaxlit shakllantiradi.
Ta’kidlash zarurki, go‘zallik haqidagi qarashlar va nazariyalar markaziga «Go‘zallik nima?» degan savol qo‘yiladi-Yu, ammo ularning aksariyatida «Nima go‘zal?» degan savolga javobni ko‘ramiz. Bu borada «Huvarnosi Ahura Mazda ko‘p go‘zaldir, go‘zaldir juda» (Zardusht), «Go‘zallik bu g‘oyalardan iborat g‘oyaning g‘oyasi» (Aflotun), «Go‘zallik-bu turli musiqalar, yaxshi xulq-atvorga to‘g‘ri keladigan, odamlar erishishga havas qiladigan narsalardir» (Abu Nasr Forobiy), «Har qanday go‘zallik, go‘zallikni anglay olgan muhabbat ob’ektidir» (Abu Homid G‘azzoliy), «Go‘zallikka muhabbat qo‘yishning asosida ham aql, ham hissiyot yotadi» (Ibn Sino), «Go‘zallik barcha tillarda vasf etiladi va har qanday aqlga xush keladi» (Umar Hayyom), «Go‘­zallik bu hayotdir» (N.G.CHernishevskiy),«Go‘zallik hissi, yoqimlilik tuyg‘usiga bog‘liq holda, odamlarning birlashuviga, ularda ijtimoiy-ahloqiy fazilatlarning shakllanishiga olib keladi» (E.Byork), «Go‘zallik manfaatsiz maftunlikning, muhabbatning ob’ekti» (I.Kant), «Go‘zallik-hodisaga aylangan erkinlik» (F. SHiller), «To bizga taalluqli emas ekan, hamma narsa go‘zal» (A. SHopenhauer), «Go‘zallik Xudo-san’atkor tomonidan yaratilgan illYuziya-xayolotdir» (F. Nitsshe), «Qaerdaki modda nurafshon bo‘lsa, o‘sha erda go‘zallik hodisasini uchratish mumkin: modda va nurning uzviy omuxtaligi-hayotdir» (Vl.Solovyov) va shu kabi fikrlar go‘zallikka turlicha yondoshuv natijasida Yuzaga kelgan.
Odatda, go‘zallik ikki omil asosida Yuzaga keladi. Bular: inson tafakkuri va mehnatining mahsuli natijasida yaratiladigan go‘zallik; inson tafakkuridan tashqarida, insonga bog‘liq bo‘lmagan xolda Yuzaga keladigan go‘zallik. Birinchisida aql, ruh va xissiyot ustuvor bo‘lsa, ikkinchisida makon va zamon salmoqli o‘rinni egallaydi.
SHuningdek, nafosat falsafasida go‘zallikni bilishning mahsuli sifatida munosabat bildiruvchi qarashlar ham mavjud. Bu muayyan asosga ega. CHunki, voqelikdagi har qanday narsa-hodisaning go‘zalligi uning ishonchlilik, haqqoniylik va realligi bilan belgilanadi. Zero inson nazari tushgan go‘zallikkina qadriyatga aylanadi. Bundan tashqari, inson go‘zallik haqidagi dastlabki ma’lumotni 5 ta sezgining eng rivojlangan turi bo‘lmish ko‘rish sezgisi orqali o‘zlashtiradi, undan so‘ng eshitish, ta’m bilish, hid bilish va tana sezgisi natijasida go‘zallik anglanadi hamda his etiladi. Masalan, harid qilmoqchi bo‘lgan kiyimingizni, iste’mol qilmoqchi bo‘lgan taomni, turmushingiz uchun zarur bo‘ladigan jihozni avvalo ko‘rasiz, o‘rganasiz, tomosha qilasiz, so‘ngra sifatiga, qulayligiga ishonch hosil qilganingizdan keyin ehtiyojingiz uchun ishlatasiz... YArashmagan kiyimni kiyish naqadar kulgili va hunukligini tasavvur qilish qiyin emas. SHunday ekan, go‘zallik xususiyatlarining namoyon bo‘lishida sezgilarning alohida ahamiyatga ega ekanligini e’tibordan chetda qoldirmaslik zarur. SHuningdek, go‘zallik haqidagi qarashlar tahlili shundan dalolat beradiki, mazkur besh sezgi ham go‘zallikni to‘laqonli aks ettirish uchun etarli emas.
YUqorida bildirilgan fikrlarga asoslangan holda go‘zallikka quyidagicha ta’rifni berishni maqsadga muvofiq, deb bildik. Go‘zallik - ma’naviy va moddiy xususiyatga ega bo‘lgan, ijtimoiy hayotda favqulodda aha­miyat kasb etuvchi tushuncha bo‘lib, narsa-hodisalarning inson tafakkurida lazzatning uyg‘unlik, me’yor, hamohanglik, mutanosiblik, maqsadga muvofiqlik asosida namoyon bo‘lishidir.
Ma’lumki, voqelik o‘z ichiga talaygina ekvivalent tushunchalarni qamrab oladi; u yagona va ayni paytda rang-barangdir, abadiy va ayni paytda o‘tkinchidir, o‘zgarmas va ayni paytda o‘zgaruvchandir. Xususan, go‘zallik o‘z mohiyatini muayyan ziddiyatlar bilan bog‘liqlikda namoyon qilib boradi. Zero, go‘zallikning dialektik ziddi uni yanada takomillashib borishidagi zaruriy shartdir. Ana shu zaruriy shart nafosatshunoslikda umumiy nom bilan «xunuklik» deb ataladi: u go‘zallikning dilemmasi.
Olmon faylasufi K.Rozenkrans o‘zining «Hunuklik estetikasi» nomli asarida xunuklikni go‘zallik bilan munosabati masalasini ko‘rib chiqadi. Qizig‘i shundaki, muallif asarda hayotning og‘riqli qusurlarini emas, balki xunuklikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri go‘zallikning murosasiz inkori sifatida yonda­shadi. Bu borada ta’kidlaydiki, «Bizga xunuklik emas, aksincha, o‘zidagilarni bardosh bilan engib, ulardan ajralib chiqqan go‘zallikkina zavq bag‘ishlaydi. San’at bizga xunuklikning barcha ikr-chikirlarini ochiq-oydin tasvirlamog‘i lozim».SHuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, estetika kategoriyalari orasida xunuklik singari kishilarda salbiy his-tuyg‘u paydo qiladigan boshqa tushunchalar ham mavjud. Tubanlik ana shunday tushuncha, uni xunuklik bilan aynanlashtirib bo‘lmaydi. CHunki, xunuklik kishilarda engil no­xushlik tuyg‘usini paydo qilsa, tubanlik esa kuchli nafratlanish hissini uyg‘otadi. Tabiat, hayvonot va nabotot olamidagi xunuklik engil noxushliklar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi, biroq, tubanlikka aylanmaydi. Insondagi xunuklik esa tubanlik darajasiga borib etadi. Daryoning suvi loyqalangani, ko‘kalamzorlarga to‘kilgan axlat, qurbaqa, ilon xunuk ko‘ringani bilan undan odamlar nafratlanmaydilar. Inson tomonidan qilinadigan ayrim hatti-harakatlardan esa nafratlanish va hatto jirkanish mumkin. Mamlakat boshiga og‘ir kulfat tushganda undan o‘z moddiy manfaatlari yo‘lida foydalanuvchi tuban odamga misol bo‘ladi.
Ko‘rinib turibdiki, go‘zallikning o‘zi murakkab masala bo‘lishi barobarida uning ziddi hisoblangan xunuklik ham murakkablikda qolishmaydi. SHunga qaramay, go‘zallik o‘z mukamalligiga xunuklikni bartaraf etish orqali erishadi. Zotan, ongli mavjudot hech qachon xunuklikka e’tiqod qo‘ygan emas, aksincha, go‘zallikning qudratini tan olgan.
Ulug‘vorlikning falsafiy mohiyati. Ingliz nafosatshunosi E.Byork go‘zallikni ulug‘vorlik bilan qiyoslaydi va ularni bir-biriga qarama-qarshi tushunchalar sifatida tadqiq etadi. Olmon faylasufi I.Kant esa go‘zallik va ulug‘vorlikni uyg‘unlikda rivojlanuvchi tushunchalar deb hisoblaydi. Ulardan farqli o‘laroq, faylasuf Gegel ulug‘vorlikni go‘zallikning bir ko‘rinishi bo‘lib, ulug‘vorlik – zohiriy go‘zallikning botiniy go‘zallikka aylanishidir, deb tushuntiradi. Mazkur fikrlardan ulug‘vorlik- insonning narsa hodislarga estetik va axloqiy mezonlar bilan yondashishi va ulardan Yuksak hayratlanish tuyg‘usini hosil qiluvchi estetik hissiyot majmui, degan fikr kelib chiqadi.
Ta’kidlash zarurki, ulug‘vorlik go‘zallik singari qamrovli tushuncha. U o‘zida hajm, miqdor, ko‘lam va buYuklikni namoyon qiladi. Fridrix SHiller ulug‘vorlik qayg‘u va qo‘rquvni enguvchi va insonni ulug‘lab unga go‘zallik baxsh etishini tushuncha ekanligini uqtiradi. Buni u «axloqiy xavfsizlik» tushunchasi orqali izohlaydi. CHunki, qo‘rquv va dahshatga qarshi borish uchun ham xavfdan xoli bo‘lish lozim. Zero, jismoniy xavfsizlik bevosita shaxsning o‘ziga tegishli bo‘lib, insondagi qatiy ishonch bois xotirjam, xavfsiz. Biroq, dahshatli yo‘qotishlar va mudhish qotilliklar qarshisida insonning xotirjamligi yo‘qoladi. Agar xavf insonning o‘zigagina yaqinlashsa-Yu, u o‘zini hotirjam his qilsa, demakki, uning vijdoni xavfdan xoli; unga hech qanday havf tahdid solmaydi. SHu bois «axloqiy havfsizlik» din, e’tiqod va abadiylikka dahldorlikni taqazo etadi. Buni o‘zbek xalqi ma’naviy merosida muhim o‘rin tutgan Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Amir Temur kabi sarkardalarning, Abu Rayxon Beruniy, Mirzo Ulug‘bek kabi olimlarning hayotidagi ma’naviy jasoratni asos sifatida aytish mumkin. Ayniqsa, Abu Mu’in Nasafiy islomiy xalqlarning zaiflashuvi va o‘zaro e’tiqodiy ziddiyatlar kuchaygan bir davrda e’tiqodiy masalalarda hujjatlari eng aniq keltirilgan manbalar asosida ahli sunna val jamoa bilan unga xusumatlashgan boshqa firqalarning o‘zaro murosaga kelishini ta’minlash yo‘lida ko‘rsatganma’naviy jasorati bunga misol bo‘ladi. SHunga ko‘ra, ulug‘vorlik muhokamasi Yuksak darajada madaniyatni talab qiladiki, bu muhokama go‘zallik muhokamasidan ustuvorroqdir, deyish mumkin.
Tabiatdagi ulug‘vorlikcheksiz osmon, purviqor tog‘lar, Yuksak cho‘qqilar, moviy dengizlar, ming yillik chinorlar, shuningdek, vulqon va chaqmoq singari tabiat hodisalarida namoyon bo‘ladi. Ular uzoqdan kishilarda hech qanday hayajonli taassurot qoldirmaydi. Biroq, ularga yaqinlashganimiz sari ruhiyatimizni hayajon, jo‘shqinlik egallay boshlaydi, ularni butunligicha ko‘z bilan qamrab ololmaslik darajsiga etganda esa bu hayajon yanada ortadi. Tabiatdagi ulug‘vorlik matematik va dinamik xususiyatga ega. Matematik xususiyatida hajm, dinamik xususiyatida kuch ustuvor ahamiyatga kasb etadi. Biroq, ikkala xususiyat ham insonda kuchli hayrat va hayratlanish tuyg‘ularini paydo qiladi. Tog‘lar insonni Yuksak fikrlashga, buyuk g‘oyalarga undaydi: Everestga O‘zbekiston bayrog‘ini tikib qaytishgan alpinistlarimizning taassurotlari nihoyatda hayajonlidir.
Odatda estetikaning asosiy kategoriyalariga “zid”, “qarama-qarshi” va “teskari” tushunchalar tabiat, jamiyat munosabatlarida namoyon bo‘lishi mumkin. Biroq, estetika kategoriyalari orasida ulug‘vorlikning ziddi bo‘lgan tubanlik bevosita inson va uning faoliyati bilan bog‘liq tarzda namoyon bo‘ladi.
Tubanlik- insonda kuchli nafratlanish tuyg‘ularini hosil qiluvchi estetik kategoriya. U kishilarda salbiy his-tuyg‘u paydo qiladigan xunuklikdan ko‘ra kuchliroq, ta’sirchanroqdir: SHu bois uni hunuklik bilan aynanlashtirib bo‘lmaydi. Tabiat, hayvonot va nabotot olamidagi xunuklik tubanlikka aylanmaydi. Insondagi xunuklik esa tubanlik darajasiga borib etadi. Daryoning suvi loyqalangani, ko‘kalamzorlarga to‘kilgan axlat, qurbaqa, ilon xunuk ko‘ringani bilan undan odamlar nafratlanmaydilar. Gohida muhtojlik inson tabiatidagi yovuz maylni qo‘zg‘atib Yuborishi natijasida insonni tubanlashtiradi.
Tubanlik kategoriyasi Etika bilan Estetikaning bir-biriga yaqin, uzviy va ajralmas ekanligini isbotlovchi tushuncha hamdir. Tubanlik etikada – xoinlik, sotqinlik, qotillik, vahshiylik kabi illatlar bilan bab-baravar mazmun kasb etadi.

Download 145,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish