Estetika nazariyasi. Reja


Turkiston ma’rifatchi-jadidlarining estetik qarashlari (Furqat, Anbar Otin, Fitrat, CHo‘lpon)



Download 145,72 Kb.
bet10/20
Sana29.11.2022
Hajmi145,72 Kb.
#874894
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
Estetika nazariyasi. Reja

Turkiston ma’rifatchi-jadidlarining estetik qarashlari (Furqat, Anbar Otin, Fitrat, CHo‘lpon). XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Rossiya mustamlakasi bo‘lgan mazlum Turkistonda ham Uyg‘onish ro‘y berdi. Nisbatan qisqa vaqtni o‘z ichiga olgan bo‘lsa-da, bu Uyg‘onish hayotning barcha sohalarida aks etdi. Uning ibtidosida ilg‘or rus tafakkuridan habardor ma’rifatchilar turar edi. Bu ma’rifatchilar keyinchalik jadidlar deb atala boshladi. Ularning asosiy maqsadi Turkistonning milliy ozodlikka erishishi edi. Erishishning yo‘lini esa ular xalqni ma’rifatli, o‘z insonlik huquqini talab va himoya qila oladigan darajaga ko‘tarishda deb bildilar. Buning uchun esa, ular nazdida uch yo‘nalish muhim edi; maorif, san’at va matbuot. SHu nuqtai nazardan ma’rifatchi jadidlarning san’atga, ayniqsa, uning o‘sha davrda eng qamrovli bo‘lgan turlari adabiyot va teatrga alohida e’tibor berganlari tabiiydir. Zero ma’rifatchi jadid mutafakkirlar axloqiy va estetik tarbiya orqali millat ozodlikka erishadi, deb hisoblar edilar. SHu bois jadidlikni ma’lum ma’noda ijtimoiy-axloqiy-estetik harakat deb aytish mumkin.
Eng yangi davr estetikasidagi asosiy yo‘nalishlar (ruhiy taxlil, ekzstensiyachilik). Oktyabr davlat to‘ntarishidan so‘ng 1917 yili Rossiyada SHo‘rolar tuzumi vujudga keldi. Bu tuzum asoschilari V.I. Lenin va I.V. Stalin butun mamlakatda totalitar tartib o‘rnatdilar, yangi mustamlakachilik siyosatini olib bordilar. Turkiston avval to‘rt, so‘ng besh milliy respublikaga bo‘lindi. 30-yillardan boshlab SSSR deb atalgan bu imperiyada falsafiy-ijtimoiy fanlar mafkuraga bo‘ysundirildi, ularga mafkuraning bir ko‘rinishi maqomi berildi. Natijada ular rivojlanishdan to‘xtadi. Ammo jahonda bu fanlarning taraqqiyoti rosmana davom etdi, yangi-yangi oqimlar va yo‘nalishlar vujudga keldi, mavjudlari yanada keng rivojlanish yo‘liga chiqdi. SHular jumlasidan estetika ham taraqqiy topdi. Ana shu taraqqiyotda ruhiy tahlil yohud froydchilik yo‘nalishi o‘ziga xos o‘ringa ega.
Avstriyalik tahlilchi-faylasuf Zigmund Freyd (1956-1939) ruhshunoslikda yangi bir davr ochdi. SHu asnoda badiiy ijodning o‘ziga xos nazariyasini yaratdi.
Freyd san’atning mavjudligini Yuqorida tilga olingan sublimatsiya nazariyasi bilan izohlaydi. «Odamlarning kundalik hayotini kuzatish shuni ko‘rsatadiki, - deydi Froyd, - ko‘plar o‘z jinsiy intilishlarining katta qismini kasbiy faoliyatlariga o‘tkazib Yuborishga erishadilar... Bunda mazkur intilishlar sublimatsiyaga uchraydi, ya’ni o‘z jinsiy maqsadlaridan chekinib, endi jinsiy bo‘lmagan, ijtimoiy jihatdan Yuksak maqsadlar tomon yo‘naladi».
San’at, Freydning fikriga ko‘ra, tush kabi, onglanmaganlik o‘zini nisbatan ravshan va bevosita ko‘rsatadigan soha. San’at timsollarida onglanmaganlik nazorat (senzura) uchun ma’qul keladigan ramziylik shakllarini oladi. Voqelik ijod jarayonida salbiy (negativ) kuch sifatida ishtirok etadi: u onglanmaganlikning erkin va to‘g‘ridan to‘g‘ri ifodalanishiga to‘sqinlik qiladi. Xayolot (fantaziya)ni Freyd badiiy ijodning asosi deb hisoblaydi. Xayolotning manbai esa - onglanmaganlik, inson ruhiy kuchlarining ombori. Real hayot bilan kelisha olmagan, jamiyat tomonidan ta’qiqlangan intilishlar o‘zini xayolotda va xayolot asosida vujudga keladigan san’atda namoyon qiladi.
To‘g‘ri, Freydning san’atdagi hodisalarni, san’at asari tahlilini, umuman, hamma narsani faqat biologik-seksual tarzda olib qarashini, ularni «Edip kompleksi»ga taqab qo‘yilishini qo‘llab-quvvatlab bo‘lmaydi. Lekin, shunga qaramay, Freyd ilgari surgan g‘oyalar san’at taraqqiyotiga, nafosatshunoslik ilmiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Froyd ishini davom ettirgan Karl YUng, Otto Rank, Erix Fromm singari tahlilchi faylasuflar ham bu borada ulkan ishlarni amalga oshiradilar.
Estetikaning kategoriyalari. Har bir fan o‘z maqomiga ko‘ra muayyan faoliyatning tadqiqot sohasi bo‘lib, bu faoliyat tabiat, jamiyat va tafakkur haqida yangi bilimlar hosil qilishga qonun va kategoriyalar asosida olamni yangidan idrok etishga qaratilgan bo‘ladi.
Ma’lumki, falsafaning biror-bir kategoriyasini voqelikdan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. CHunki, bu kategoriyalar (olam, harakat, makon, me’yor, ziddiyat, yaxlitlik, qism, zaruriyat, tasodif, mohiyat, sifat va h.k) insonni o‘rab turgan olamda sodir bo‘ladigan voqea-hodisalar haqida aniq xulosalar chiqarishga, ularni to‘g‘ri tahlil etishga ko‘mak beradi. SHuningdek, kategoriyalar insonga o‘z tevarak-atrofidagi olamni, voqea-hodisalarning mohiyatini chuqur bilishga imkon beradi. Biroq, “Falsafada o‘rganiladigan kategoriyaning boshqa aniq fanlar kategoriyalaridan farqi shundaki, deyiladi “Falsafa qomusiy lug‘at”ida,- ular voqelikdagi narsa va hodisalarning ayrim, alohida munosabat va aloqalarinigina ifodalamasdan, balki butun olam, inson hayoti va tafakkur olamiga xos umumiy belgilar, aloqalar, xususiyatlar va munosabatlarni aks ettiradi. ... Falsafiy kategoriya voqelikni chuqur va mmukammal aks ettirishi, olamning barcha sohalarida amal qilishi bilan oddiy tushunchalardan farqlanadi. SHu tufayli har bir konkret fan o‘zi o‘rganayotgan sohaning xususiyati va belgilarini ochishda falsafiy kategoriyaga murojaat etadi.”
Aytish mumkinki, kategoriyalar qandaydir o‘zgarmas tushuncha emas, aksincha ular doimo jamiyat va inson taraqqiyoti natijasida o‘zgaradi, takomillashadi. SHu bois zamon falsafasi katoriyalarni o‘rganish va ularga tizimli yondoshishni talab etadi.
Estetika ham falsafiy fan sifatida o‘zining qonun va kategoriyalariga ega. Estetika kategoriyalari (go‘zallik, hunuklik, ulug‘vorlik, tubanlik, fojiaviylik, kulgililik va h.k.)inson va tabiat, inson va jamiyat, inson va ijtimoiy borliq bilan doimo hamkorlikda vujudga keladi. Biroq, estetika kategoriyalari nafaqat bilimni oshishiga xizmat qiladi, balki ayni paytda bilimni baxolaydi ham. SHu jihati bilan estetika kategoriyalari boshqa falsafiy fanlarning kategoriyalaridan farq qiladi. Bu – birinchidan.
Ikkinchidan, estetika kategoriyalari nafaqat gnoseologik va ontologik mohiyat kasb etadi, balki ular qadriyatlilik mazmuniga ham ega. Ayniqsa, bu jihat go‘zallik va ulug‘vorlik kategoriyalarida ko‘proq aks etadi. Zero, narsalar go‘zal va chiroyli, ulug‘vor va mantunkor bo‘lgani uchun ham insonga qadrlidir. Uchinchidan, estetik kategoriyalarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular mohiyat-mazmuniga ko‘ra umumiy va qamrovlidir. Bu xususiyatlar ayniqsa, estetik faoliyat va san’at sohasida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Falsafiy fanlar tizimida estetika kategoriyalarining nazariy taxlili va ilmiy o‘rganilishi qorida ko‘rsatib o‘tilgan uch tamoyilga asoslanadi. SHuning uchun estetika kategoriyalarining o‘rganilish doirasi kengqamrovli bo‘lib, bu masalaga estetika fanining qator bilimdonlari murojaat qilishgan. Bu borada rus nafosatshunoslari N.A.Dmitriev, V.V.Vanslov, L.N.Stolovich, O.Butkevich, YU.B.Borev, D.D.Sredneg, A.F.Losev, V.P.SHestakovlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarni alohida qayd etish mumkin. SHuningdek, estetika kategoriyalarini tizimlashtirish masalasi g‘arb olimlari tomonidan ilgari surilgan nazariyalarda ham kuzatish mumkin. Jumladan, nemis psixologiya estetikasining vakili Ernst Meyman o‘zaro munosabatlar jarayonida kategoriyalarning sababiy bog‘lanishini estetik tasavvurlarning ikki jihatiga ko‘ra ajratadi. Birinchisi – obektiv sharoitdan kelib chiqadigan dastlabki jarayonlar. Bular - go‘zallik, ulug‘vorlik, chiroylilik hamda ularning ziddi bo‘lmish – hunuklik, tubanlik, pastkashlikdir. Ikkinchisi – turli xil obektiv sharoitlarda Yuzaga keladigan hamda bevosita psixologik jarayonlarga tegishli bo‘lgan sharoitlardir. Bular – fojeaviylik va kulgililikdir. Italyan estetigi Morpurgo-Talyabue esa estetik kategoriyalarning ikkita turini ajratib ko‘rsatadi: ontologik va ta’sirchanlik (ekspressivnыy).
Estetik kategoriyalarning tasnifi, tizimlari, turlari va xususiyatlari rus nafosatshunos olimlarning qator tadqiqotlarida o‘rganilgan. Ayniqsa, E.G.YAkovlev tomonidan estetika kategoriyalarining tizimlashtirilishi bir qadar qiziqarli va kengqamrovliligi bilan muhim ahamiyatga ega. U o‘zi ishlab chiqqan tizimda kategoriyalarni uchta guruxga ajratadi. Bular: 1) obektiv, 2) obektiv-subektiv,3) subektiv. Bu tizim ushbu jadvalda quyidagicha aks etgan:


Download 145,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish