Estetika: Estetikaning predmeti, maksadi va vazifalari
Reja
1."Estetika" fanining obekti va falsafiy moxiyati. "Estetika" xakidagi karashlar tarixi
2 .Estetika kategoriyalarining an’anaviy va zamonaviy tasnifi vauning turlari :Guzallik,ulugvorlik,fojiyeaviylik,kulgulilik
Guzallik va uning mukobillari. Fojeaviylik (tragediya) kategoriyasi. Kulgililik kategoriyasi.
Estetika kategoriyalarining uzaro alokadorligi.
Estetika kategoriyalarining tasnifi
Har bir fanning muayyan tadqiqot obyekti bo’lib, bu obyekt tabiat, jamiyat va tafakkur haqida yangi bilimlar hosil qilishga qonun va kategoriyalar asosida olamni yangidan idrok etishga qaratilgan bo’ladi. Ma’lumki, dialektikaning biror-bir kategoriyasini voqyelikdan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi. Chunki, bu kategoriyalar (yaxlitlik, qism, zaruriyat, tasodif, mohiyat, sifat va h.k) insonni o’rab turgan olamda sodir bo’ladigan voqyea-hodisalar haqida aniq xulosalar chiqarishga, ularni to’g’ri tahlil etishga ko’mak beradi. Estetika ham falsafiy fan sifatida o’zining qonun va kategoriyalariga ega. Estetika kategoriyalari (go’zallik, hunuklik, ulug’vorlik, tubanlik, fojiaviylik, kulgililik va h.k.) inson va tabiat, inson va jamiyat, inson va ijtimoiy borliq bilan doimo hamkorlikda vujudga keladi.
Estetika kategoriyalarining yaxlit tizimini ishlab chiqish muammosi ko’p yillardan buyon olimlar e’tiborini jalb etib kelmoqda. Bu borada go’zallik, ulug’vorlik, fojiaviylik, kulgulilik, xunuklik kabi an’anaviy ko’rinish ko’pgina adabiyotlarda o’z aksini topgan. Biroq, bizningcha, mazkur kategorial tasnifdagi ketma–ketlik va ular orasidagi bog’liqlik o’zini to’laqonli ko’rsatib bera olmaydi. Bugungi kunda go’zallik – ulug’vorlik – fojiaviylik – kulgililik; estetik ideal – estetik did – estetik tuyg’u; san’at – badiiy obraz – ijodkorlik ko’rinishdagi tizim estetika fanining kategoriyalar tasnifida kengroq qo’llanilmoqda.
Estetik kategoriyalarning tasnifi, tizimlari, turlari va xususiyatlari rus nafosatshunos olimlarining qator tadqiqotlarida o’rganilgan. Ayniqsa, Ye.G.Yakovlev tomonidan estetika kategoriyalarining tizimlashtirilishi bir qadar qiziqarli va kengqamrovliligi bilan muhim ahamiyatga ega. U o’zi ishlab chiqqan tizimda kategoriyalarni uchta guruxga ajratadi. Bular: 1) obyektiv, 2) obyektiv-subyektiv, 3) subyektiv. Bu tizim ushbu jadvalda quyidagicha aks etgan:
Nafosat Universal kategoriyalar
Go’zallik Estetik ideal San’at
Ulug’vorlik Estetik did Badiiy obraz
Fojeaviylik Estetik tuyg’u Ijod
Obyektiv kategoriyalar Obyektiv-subyektiv kategoriyalar Subyektiv kategoriyalar
Ye.G.Yakovlevning fikriga ko’ra, mazkur tizim shu turda yaratilgan boshqa tizimlardan o’zining universal-kengqamrovli mazmun va falsafiy-estetik mohiyat kasb etib, moslashuvchanlik (subordinasiya) va muvofiqlashtiruvchilik (koordinasiya) tamoyilini mujassam etgani xolda “ontologik-fenomenologik va ijtimoiy-gnoseologik jihatlar”ga ega.
Ayniqsa, V.P.Shestakovning estetika kategoriyalari tarixi, ularni tizimlashtirish muammolari, kategoriyalarga o’ziga xos yondoshuvning zamonaviy talqinlari hamda estetik kategoriyalar tasnifiga doir salmoqli tadqiqotlari bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Faylasuf bu borada yuыorida nomlari tilga olingan estetika nazariyotchilaridan farqli o’laroq, kategoriyalarni uch turkumga ajratadi: dastlabki kategoriyalar, umumestetik kategoriyalar, estetik kategoriyalar ko’rinishlari. Tadqiqot davomida mazkur turkumning har biri alohida taxlil qilinadi. Jumladan, dastlabki kategoriyalarni faylasuf nafosatga tegishli, deb biladi va uni beshta umumestetik kategoriyaga ajratadi: go’zallik, fojeaaviylik, kulgulilik, ulug’vorlik va hunuklik.
Mazkur jadvalda V.P.Shestakov tomonidan tizimlashtirilgan kategoriyalarning umumiy ko’rinishi aks etgan:
Nafosat DASTLABKI KATEGORIYa
Go’zallik
Fojeaaviylik
Kulgulilik -UMUMESTETIK KATEGORIYaLAR
Ulug’vorlik
Hunuklik
Disgarmoniya
Dahshatlilik
Mubolag’a
Hazil
Forig’lanish -ESTETIK KATEGORIYaLARNING KO’RINIShLARI
Qahramonlik
Ideal
Latofat
Garmoniya
Biroq, ta’kidlash lozimki, aksariyat adabiyotlarda estetika kategoriyalari asosan go’zallik – fojeaviylik – kulgulilikdan iborat uchlik sifatida taqdim etilgan. Biroq, davrlar o’tishi bilan bu an’anaga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritildi. Xususan, bu tizimga Yu.B.Borev - ulug’vorlikni, L.N.Stolovich - hunuklikni, M.S.Kagan - garmoniya va dramatiklikni, N.I.Kiyaщyenko – qahramonlikni, o’zbek olimlari T.Mahmudov uyg’unlikni, Abdulla Sher qiziqarlilikni kiritdi.
Biz yuqorida faylasuflarning estetika kategoriyalarining tarixi, uni tizimlashtirish muammolari, ko’rinishlari va o’ziga xos jihatlari bilan bog’liq qarashlar va nazariyalarga bejiz murojaat etmadik. Agar e’tibor bergan bo’lsangiz, kategoriyalar tizimi qanday ko’rinishda bo’lmasin, ularning har birida go’zallik markaziy kategoriya sifatida ishtirok etmoqda.
Manashu jihatga ko’ra go’zallik falsafasini tushuntirishdan avval go’zallikning muhim mezoniy tushuncha - kategoriya sifatidagi mohiyatini ko’rib o’tishni maqsadga muvofiq, deb bildik. Zero, estetika kategoriyalarining yaxlit tizimini ishlab chiqish muammosi ko’p yillardan buyon olimlar e’tiborini jalb etib kelayotganligidan maqsad ham go’zallikning falsafiy, axloqiy, xatto siyosiy mohiyatini atroflicha o’rganishga qaratilganligidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |