Birinchidan , inson o’zining mehnat faoliyati natijasida voqelikni estetik o’zlashtiradi. Undagi go’zallikni kashf etadi va idrok qiladi.
Ikkinchidan , estetik tarbiya ishning barcha usul va vositalari kishida to’g’ri estetik fikr va idrok qilishni rivojlantirishga qaratilmog’ lozim . Ya’ni kishining estetik bahosi , mulohazasi va idroki voqelikda mavjud bo’lgan go’zallikni yoki xunuklikni to’g’ri aks
ettirishi kerak .
Uchinchidan , estetik tarbiya kishida har tomonlama va keng estetik did va manfaatllarni rivojlantirishni , kishilarni har qanday xunuklik , yaramaslikka nafrat ko’zi bilan qarash , go’zallikni ijod qilish ruhida tarbiyalashni nazarda tutadi .
Estetikaning maqsadi – insonda hayotdagi , san’atdagi go’zalliklarni umumjahon qadriyatlari nuqtai nazardan idrok eta bilish va baho bera olish qobilyatini tarbiyalash va o’stirishdan iboratdir .
Biz estetik jihatdan yaxshi tarbiya olgan deb o’z mehnati bilan hayot go’zalligiga qo’shuvchi , mehnat va ijtimoiy faoliyatini estetik kamolot darajasiga ko’taruvchi komil insonni tushunamiz .
“Agar kishini turmush ustozi dono qilmasa , hech dono unga so’z o’rgotmoq uchun ovora bo’lmasinki , mehnati zoya ketadi “ , - deydi Kaykovuz . Demak , kishini tarbiyalashda hayotiy ta’sirining roli Kaykovuzning diqqatidan chetda qolmagan . Yana u tarbiyani inson aqlini , shaxsiy hayotini shakllantiruvchi omillardan deb biladi . Uning fikricha , dunyoni bilishdan maqsad undan foydalanishdir .
Oddiy musiqa kuyi , chiroyli gullar , suratlar dastlabki estetik kechinmani keltirib chiqaradi. Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning estetik tarbiyasi , avvalo , ularning “ korish “ , “ eshitish “ , tabiyat ko’rinishlari , atrof muhitdagi go’zalliklarni ajrata bilish va baholash ko’nikmasini hosil qilishga qaratilgan . Buning uchun ashula, musiqali o’yin , rasm solish , haykalchalar yasash mashg’ulotlari keng qo’llaniladi . Estetik tarbiya aqlli , ahloqiy va jismoniy tarbiya bilan uzviy bog’liq . Estetik tarbiya yosh avlodning ahloq madaniyatini shakllantirishda muhim rol o’ynaydi . San’atga ehtiyojni , uni tushunushni , badiiy ijodda faol qatnashishga intilishni tarbiyalash estetik tarbiyaning birinchi navbatdagi vazifasidir . O’z navbatida san’at ham biror maqsastdagi qaratilgan estetik tarbiyaning muhim vositasi hisoblanadi.
Estetik hissiyot hayot hodisalarini yoki san’at asarlarini estetik idrok etish jarayonida paydo bo’ladi .
Estetik hissiyot shu idrok yuzaga keltiradigan o’ziga hos kechinmadan iborat bo’lib, go’zallikni va yuksaklikni , fojiaviylik yoki kulgililikni his qilish sifatida yuz beradi . Insonning hayotga estetik munosabati nozik hissiyot tarixiy taraqqiyot mahsulidir . U jamiyat estetik ongining darajasini aks ettiradi .
Estetik did turli estetik hodisalarga nozik baho berish , avvalo , chiroylilikni , go’zallikni xunuklikdan , jirkanchlikdan farq qila bilish qobilyatidir . San’at asaerlariga baho beradigan hollarda estetik did badiiy did ham deb ataladi . Yaxshi estetik did chinakam go’zallikdan lazzat ola bilish, mehnatda , turmushda , yurish – turishda , san’atda go’zallikni idrok etish va yaratishga ehtiyoj sezish demakdir . Aksincha , yomon estetik did insonni voqelikka estetik munosabatini buzadi , chinakam go’zallikka uni loqayd qilib qo’yadi , ba’zan esa hatto shunga olib keladiki , inson hunuk narsadan lazzat oladigan bo’ladi . Rivojlangan estetik didni shakllantirish – estetik tarbiyaning eng muhim vazifalaridan biridir.
Ta’lim – tarbiyaning boshqa shakllari kabi estetik tarbiya ham o’z diqqat- e’tiborini yakka odamga va ijtimoiy guruhga qaratadi . Estetik tarbiya umuminsoniy va milliy qadriyatlarni qaror topdirishga hizmat qiladi . Ayonki , tarbiya inson ongiga , his -tuyg’ulariga , tasavvurlariga , e’tiqodiga , dunyoqarashiga , xatti – harakatlariga , xulq – atvoriga ta’sir o’tkazishni o’z oldiga maqsad va vazifa qilib qo’yadi .
Estetik tarbiya ham ana shu umumiy maqsad va vazifaning tarkibiy qismi sifatida amal qilib, ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik hodisan anglatadi. Shuni ta’kidlash lozimki, qadimgi dunyoda umuman tarbiya mqasadi estetik asosda namoyon bo’lgan. Masalan, qadimgi yunonlarda estetik tarbiya maqsadi fuqorolarnihar tomonlama rivojlanishiga, “ rux va badan “ hamaohangligini qaror topdirishga yo’naltirilgan edi .
Aflatun va Arastu kabi zabardast mutafakkirlar ta’limotlarida estetik tarbiya tizimining bir – biridan farqli tomonlari bo’lgani holda umumiylik ham mavjud bo’lib , u yagona estetik orzuni qaror topdirishga , yagona ahloqiy xulq – atvor va fuqorolik hislat fazilatlarini shakllantirishga hizmat qilgan edi .
Bugunbi kunda estetik tarbiyaning ahamiyati yanada ortib bormoqda.
Birinchidan, mustaqillik sharoitida inson omili ortib bormoqda , hayotning barcha jabhalarida faoliyat ko’rsatayotgan insonlarning ezgu hislat - fazilatlari , ongliligi , faolligi , ijodiy qobilyatlari o’smoqda .
Ikkinchidan, O’zbekiston aholisining ko’pchiligining umiumiy madaniyati yuksalib borishi jarayonida yangi texnika va texnologiyalar ishlab chiqarishni tashkil qilish ishi tobora takomillashib boryapti .
Uchinchidan, yangi ishlab chiqarish munosabatlari , bozor iqtisodiyotining keng o’zin egallab boroyatganligi qonunchiligining yanada rivojlanib amal qilinayotganligi fuqorolarning umumiy madaniyati , ayniqsa , estetik madaniyati darajasining yuksalib borishining taqozo etmoqda .
To’rtinchidan, hozirgi davar ilmiy texnika inqilobi sharoitida elektronika, avtomatika, kibernetika, informatika kabi fanlar ishlab chiqarish sohasini tubdan qayta qurishga imkoniyatlar yaratib beryapti . Bu hol ishlab chiqarishda band bo’lgan odamlarning ruhiy holatining ham tubdan o’zgarishini, ijtimoiy ruhiy , ahloqiy estetik saviyasini oshirishni taqozo etmoqda.
Beshinchidan, radio , matbuot , ayniqsa , “ oynai jahon “ kabi ommaviy axborot vositalaring turmshudan keng o’rin olishi natijasida badiiy axborot hajmining ham keskin ortib borishi estetik tarbiyaga yanada ko’proq e’tibor berishni talab etmoqda .
Avvallari estetik tarbiya o’ta tor va bir tomonlama talqin qilinar , ya’ni uni san’at asarlarini to’g’ri idrok etish , bu bilan alohida lazzatlanish yoki biror san’at turini bilib olib , muayyan badiiy ko’nikmalarga ega bo’lish doirasida in’ikos etilar edi .
Badiiy tarbiya estetik tarbiyaning tarkibiy qismi bo’lib , u estetikl tarbiyaning asosiy mazmuni va maqsad – yo’nalishlarini to’la ifodalamaydi . Badiiy tarbiyaning asosiy maqsadi munosabatlarni san’at vositalari yordamida shakllantirishdir.
Estetik tarbiya bilan badiiy tarbiyani bir – biriga tenglashtirish ham , qorishtirish ham , qarama – qarshi qo’yish ham xato bo’ladi . Shuni esda tutish lozimki , estetik tarbiya san’at bilan chegaralanib qolmaydi , balki uning asosiy mazmuni insonning voqelikka estetik munosabatini faollashtirish va rivojlantirishdan iboratdir .
Estetik tarbiya insoning estetik ongoning shakllantirish jarayonida uni ahloqiy mehnat ekologik jihatlardan tarbiyalash vazifalarini qamrab oladi .
Estetik tarbiyaning ahloqiy tarbiyaga ta’siri shundaki , nafosat olami ezgulik va yaxshilikdan, beg’araslikdan ajralmagan holda amal qiladi . Estetik tarbiyaning mehnat tarbiyasi bilan birlashib ketishi , mehnat jarayoni shaxsning tabiiy ehtiyojiga aylanib borishida o’z ifodasini topadi.
Esetik tarbiya bilan ekologik tarbiya bog’liqligi esa tabiyatga beg’araz , insoniy munosabatda bo’lishida , jamiyat bilan tabiyat o’rtasida hamohang aloqadorlik munosabatlarini o’rnatishda namoyon bo’ladi .
Shunday qilib estetik tarbiya – bu estetik jihatdan rivojlangan va ijodiy faol bo’lgan inson shaxsini shakllantirish demakdir . Estetik tarbiya insonparvar mohiyatga , estetik orzu mos keladigan voqelikni idrok etish , baholash va nafosat qonunlari asosida qayta yaratishga qodir bo’lgan inson shaxsini shakllantirishga mo’ljallngan ta’lim – tarbiya sohasidir .
Estetik tarbiyaning eng muhim vositasi sifatida san’at nafaqat badiiy qadriyatlarni idrok qilish, balki ularni yaratishni ham o’z ichiga oladi . Badiiy qadriyatlarni yaratishda jamiyat a’zolarini, ayniqsa , yosh avlodning faol ishtirok etishi muhimdir . Buning uchun esa ularda estetik did – farosat va estetik talab – ehtiyojlari rivojlangan bo’lishi zarur .
Estetik tarbiya ijtimoiy faol , har tomonlama va hamomhang rivojlangan shaxsni tarbiyalash maqsadiga hizmat qiladi . Yoshlarni har tomonlama ham aqlan , ham jismonan barkamol , ahloqan yetuk , ma’naviy pok , estetik idrokli qilib tarbiyalashdek muhim va dolzarb muammolarni hal etishni taqozo qiladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |