Ta’lim muassasalarining shaxsda fahm-farosat va aql uyg‘unligini
•
tarbiyalashdagi o‘rni
•
Inson ma’naviyatini shakllantirish va kamol toptirishda ta’limning roli
benihoya kattadir. Yoshlarga axloqiy va estetik qadriyatlami singdirishda
ta’lim muassasalari xususan o‘rta maktablaming o‘mi muhim. Maktabdagi
asosiy faol subyektlar - o‘qituvchilardir. Ta’lim tizimi barkamol yoshlami
tarbiyalovchi asosiy vosita. Unda o‘tilayotgan tabiiy
va gumanitar fanlarda
axloqiy-estetik bilimlaming xalq hayot tarzining muhim ifodasi bodgan xalq
donishmandligi merosi bilan boyitilsa, uning tarbiyaviy samaradorligi ham
shunchalik yuqori bo‘ladi.
Fahm-farosat va estetik didning shaxs
ma’naviy kamolotidagi o‘rni
•
Har bir jamiyatning ma’naviyati kamoloti inson aql va tafakkuri, axloq-
odobi, tajriba va malakasiga bog‘liq. Prezident I.A.Karimov “Ma’naviyat
insonning qon - qoni, suyak - suyagiga yillar davomida ona suti, oila
tarbiyasi, ajdodlar o‘giti, Vatan tuyg‘usi, bu xayotning ba’zida achchiq,
ba’zida quvonchli saboqlari bilan qatra - qatra bo‘lib singib boradi...
Umuman olganda, insoniyat tarixi ma’naviyat - insonning, xalqning,
jamiyat va davlatning buyuk boyligi va kuch - qudrat manbai ekanini, bu
hayotda ma’naviyatsiz hech qachon odamiylik va
mehr - oqibat, baxt va
saodat bo‘lmasligini yaqqol tasdiqlaydi/’Meb ta’kidlaydi. Darhaqiqat,
insonning insoniyligi uning fahm-farosati, aql-idroki, o‘z- o‘zini axloqiy
anglash - mavjud vaziyatni axloqiy jihatdan tahlil qilishni, ya’ni qalban o‘zi
bilan gaplashish, o‘zicha baholash, o‘zini nazorat qilish, o‘zini o‘zi
takomillashtirish, har bir vaziyatda yaxshi va
yomonni qalban his qilishi
bilan belgilanadi. Bunda fahm-farosat muhim o‘rin tutadi. Fahmlash, idrok
etish o‘rganiladigan obyekt yoki sohaning insoning maqsadi va idialiga
muvofiqligini izohlash (interpretatsiya) demakdir.Fahmlash, idrok
etish
insoniylik mohiyatini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan jarayondir.
•
Prezidentimiz I.A.Karimov «Insonning
yuksalishida ma’naviyat olamining
qanday ta’sir va ahamiyatga ega ekani,
shuningdek, ma’naviyatga qarshi
qaratilgan xurujlaming real xavfi
haqida
atroflicha fikr yuritish, xalqimiz yangi
hayot, yangi jamiyat asoslarini
qurayotgan hozirgi murakkab va tahlikali
zamonda odamlami bunday xatarlardan
ogoh etish, el-yurtimiz, keng jamoatchilik
e’tiborini bu masalalarga yana bir bor
qaratish, kelajak avlodimizni ma’naviy
sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash
bilan bogiiq vazifalami aniq
belgilab
olish»,-zarurligini ko‘rsatib o‘tadilar.
Yoshlarda estetik didni shakllantirish,
ulaming ma’naviy olamida bo‘shliq
vujudga kelmasligi uchun ulaming qalbi
va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va
umummilliy qadriyatlarga hurmat-
ehtirom tuyg‘usini shakllantirishga
ehtiyoj sezilmoqda.