topdi. Bu tashkilotning dastlabki a’zolari Belgiya, Haliya, Fransiya
va Shveytsariya davlatlari bo‘ldi.
FISA qaroriga muvofiq 1893-yiIdan boshlab akademik eshkak
eshish bo‘yicha har yili Yevropa chempionati o‘tkaziladigan boMdi.
1900-yilgacha Fransiya va Belgiyalik eshkak eshuvchilar yuqori natija
ko‘rsatgan!ar. Germaniya Yevropa chempionatlarida 1913-yildan
boshlab ishtirok eta boshladi.
B irinchi jahon urushi davrida chem pionat o ‘tkazi!magan.
1920-yiidan boshlab musobaqa qayta tashkil qilindi. Umshdan keyin -
gi yillarda Shveytsariya!ik eshkak eshuvchilar
yuqori natijalarga
erishdi. 1930-yillar o'rtalarida Germaniyalik eshkak eshuvchilar
yetakchiiikni qo'lga kiritdi. Bu yillarda AQSH, Kanada va Avstra-
liyada eshkak eshishning sifati oshdi.
Yevropa chempionati ochiq musobaqa xarakterida bo‘Iganiigi
sababli nafaqat Yevropa davlatlari, balki hamma davlat eshkak eshuv-
chilari
qatnashishgan, Shuning uchun FISA 1962-yildan boshlab
to ‘rt yiida bir marta, 1974-yildan esa har yili Jahon chempionatini
o'tkazishga qaror qildi.
Akademik eshkak eshish yozgi Olimpiada o‘yinlari
dasturidan
1896-yilda o‘rin olgan.
2.4. Baydarka va kanoeda eshkak eshishning rivojlanishi
Baydarka va kanoeda eshkak eshish ko'plab mamlakatlarda
ommabop sport turi hisoblanadi. Juda qadimdan mahkamlovchi
moslamasiz qayiqlar odamlarga har xil suv yo'llarini kesib o‘tish
vositasi sifatida xizmat qiigan.
Ulardan ovda, baliq ovlashda va suv
yo‘llaridan yuklarni olib o ‘tishda keng foydalanishgan.
Baydarkada eshkak eshish sport turi sifatida XIX asming birinchi
yarmida yuzaga chiqdi. XIX asming 60-yiliarida gollandiyalik Mak-
Gregor eskimoslar qayig‘i konstruksiyasini o ‘zgartirib, baydarka
qayig‘ini yaratdi (2-rasm). Yangi sport qayig*i bir qator Yevropa
davlatlarida havaskor eshkak eshuvchilar orasida ommalashib ketdi.
1860-yilda Angliyada dastlabki
baydarkada havaskor eshkak
eshuvchilar klubiga asos solindi. Keyinroq shunga o‘xshash klublar
Shvetsiya, Norvegiya, Daniya va Yevropaning bir qator davlatlarida
ochildi.
О
Bu klublarda baydarkada eshkak eshish bilan bir qatorda kanoeda
eshkak eshish ham muntazam rivojlanib bordi.
Zamonaviy kanoe qayiqlarining ajdodlaridan qadimda ham
foydalanishgan. Kanoe qayiqlaridan
Shimoliy Amerika hindulari
keng foydaianganlar. Hali hanuz Kanada, Lotin Amerikasi, Afrika
va Osiyo davlatlarida kanoe keng qocllaniladi.
Mahkamlovchi moslamasiz qayiqlarda eshkak eshish G'arbiy
Yevropada ancha tez suratda rivojlandi. XIX asr o'rtalarida Angliya,
Fransiya va Italiyada eshkak eshish sporti bo‘yicha yirik musoba
qalar o‘tkazildi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ko‘plab Yevropa
mamlakatlarida turli eshkak eshish klublari
sportchilari orasida
xalqaro m usobaqalar o 4kazila boshladi. Bularning ham m asi
1924-yilda baydarka va kanoeda eshkak eshishning rivojlanishini
boshqaruvchi
Do'stlaringiz bilan baham: