Eshitishda nuqsoni bólgan bolalar maktablarida algebra elementlarini órganish.
Boshlanǵich sinf matematika dasturida óquvchilarni sonli ifoda elementlar tenglama va ularning ishlatilish órinlari bilan tanishtirishlar arifmetik materiallar bilan uzviy boǵliqlikda órgatilishi va bolalarda son bilan arifmetik amallar haqida tóliq tasavvur hosil qilish qayd qilingan.
Tengliklar
Tálimning birinchi kunlaridanoq óquvchilarni tenglik tushunchasi bilan tanishtiruvchi amallar bajariladi. Bolalar predmetlar tóplamlarini taqqoslashga, teng bólmagan guruhlarni tenglashtirishga, teng guruhlardan esa teng bólmagan guruhlarni tuzishga órgatib boriladi. Birinchi ónlik sonlarnin órganish davrida taqqoslashga doir mashqlar berilgan. Masalan óqituvchi topshiriǵiga kóra bolalar 4ta doiracha va 3ta tórtburchakni olishadi vaa ularni ustma-ust qóyadilar. Qaysi shakl kóp yoki kamligini aniqlab olib ,sonlar ifodasida xulosa chiqariladi. «4 –katta va 3 -kichik».
Qiymat ólchovlain órganilayotganda ismli sonlar taqqoslanadi.masalan.óquvchilardan biri 7 ta kitob oldi.boshqasi esa 5 ta kitob. Kitoblar kimda kóp vaa kimda kam ekanligi aniqlanaadi .hulosada:7 ta kitob –kóp .5 ta kitob kam db aytiladi.
«Yuzlik»«Minglik»va hakozo bólimlarda ham son va ólchovlarni taqqoslashga doir ishlar davom ettiriladi.masalan
Qaysi son katta :30 mi yoki13mi.
17...25. 14... 74 sonlari orasida <,>yoki =belgilarini qóyib chiqing.
Sonlrni taqqoslang.30...3ónl. 6ónl . ....6birl. Va ><=belgilarini qóying.
Yozuv tóǵrimi 230> 203 ?
Ikki sonni ylang va ularni >,
Arifmetik amallarni órganishda ifodalarnni taqqoslashga doir mashqlar bajariladi. Ularni uch qismga bólamiz.
Arifmetik amallarni órganishda ifodalarnni taqqoslashga doir mashqlar bajariladi. Ularni uch qismga bólamiz.
1.Óquvchilarning arifmetik amallar va ularni ishlatish haqidagi bilimlarini tekshirishga yonaltirilgan mashqlar. Óquvchilaarni arifmtik amallar bilan tanishtirganda quyidagilar taqqosslanadi,5+3 va 5-3. 8-2 va 8/2. avval ifodalar qiymati alohida topiladi.keyin taqqoslanadi.7+7+7 va 7*3 kabi ifodalarni taqqoslash orqali óquvchilarga kópaytirish bilan qóshish orasidagi aloqa eslatiladi.
2. Arifmetik amallar komponentlari va natijalri orasidagi boǵlanish haqidagi bilimlarni ózlashtirish va mustahkamlashga yordam beruvchi mashqlar. Ular ónlik sonlarinin órganish natijasida kiritiladi.masalan. 7+2 va 7. 5-3 va 5 kabi ifodalar taqqoslanadi. jadvalli kópaytirishni kórib chiqishda ham kópaytirish va bólish amallarining natija va komponentlai órtasidagi munosabatlarga doir mashqlarni bajarish kózda tutiladi. Masalan >< yoki =belgilarini 6*4...6. 5*4...40 kabi misollarga qoyib chiqish topshiriladi. Mashqni óquvchi ikki usul bilan echa oladi.
a)Ifodada berilgan amallarni bajarib hosil bólgan sonni berilgan son bilan taqqoslang.
b)Hisoblashsiz ifodani tahlil qilib chiqish va shunga qarab tegishli belgini qóyish. Masalan.6*4>6 chunki 4 marta olingan 6 bitta 6 dan katta.
3. Óquvchilar bu mashqlar guruhida komponent ózgarishi bilan amal nattijasi ham ózgarishi holati bilan tanishadilar. Shunday ifodalar taqqoslnishi kerakki .unda bitta qóshiluvchi ózgarishi (6+3 va 6+4) yoki ayiriluvchi (8-2 va 9-2) ózgartirilishin kerak. Bunday topshiriqlar jadvali kópaytirish va bólish amalini órganishda ham ishlatiladi va taqqoslash hisobloash yordamida bajariladi (5*3 va 6*3; 16:2 va 18:2 va hakazo).
Kórib chiqilgan barcha mashqlar matematika dasturi mazmuni bilan uzviy boǵliq bólib .dastur talabini ózlashtirishga xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda .sonlarni va ifodalarni taqqoslash jarayonida óquvchilar tenglik va tengsizlikhaqida dastlabki tassavurni hosil qiladilar.