P = (In Un) = ξ Ikz Uxx (14)
bu erda, ξ – volt-amper xarakteristikaning to‘ldirish koeffitsienti, ya’ni VAX shaklining to‘g‘ri turtburchakka qay darajada yaqinligini ko‘rsatadi. To‘ldirish koeffitsienti hozirgi zamon QE larida (kremniy va galliy arsenidi asosidagi elementlarda) 0,8 va undan kattadir. Ketma-ketlik va shunt qarshiligi ta’sirini 7- rasmdan VAX ga ta’sirini ko‘rib o‘taylik. Rasmdan ko‘rinadiki shunt qarshiligi Rsh ni cheksizlikdan 100 Omgacha kamayishi VAX shakliga deyarli ta’siri kamdir va shu jumladan QE ning chiqish quvvati Rv ga ham. Holbuki, ketma-ketlik qarshiligi Rp ning 1 Omdan 5 Omgacha o‘zgarishi, VAX shaklini keskin yomonlashishiga olib keladi va chiqish quvvati Rv nisbatan kamayadi.
QE VAX ning yorug‘lik va qorong‘ilikdagi xususiyatlarini aniqroq tahlil qilish mumkin. Odatda kuchlanish darajasiga qarab r-p o‘tishdan o‘tayotgan teskari to‘yinish tokining o‘tish mexanizmi o‘zgaradi. Bu tok odatda ikkita tokning yig‘indisidan iborat, ya’ni
I = Io1 [( qU/kT) - 1] + Io2 [( expqU/kT) - 1] – If (15)
Do'stlaringiz bilan baham: |