ERTALABKI BADAN TARBIYA TASHKIL ETISH VA O'TGAZISH RIVOJLANTIRISH MARKAZLARIDA TA'LIMIY VA TARBIYAVIY FAOLIYATLARNI OLIB BORISH
Mashg’ulotlarning ahamiyati harakatlar madaniyatining kompleks shakllanishi, sog’lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarni muntazam amalga oshirishdan iboratdir. Bu vazifalarning bajarilishi kamologi, organizmning funktsional takomillashuvi, bola sog’ligining mustahkamlanishi, ular tomonidan to’g’ri harakat ko’nikmalarining egallanishini, jismoniy sifatlar xamda jismoniy tarbiya va sportga nisbatan emotsional ijobiy munosabatni, shaxsning har tomonlama rivojlantirilishini ta’minlaydi.
Mashg’ulotlarda sog’lomlashtirish vazifalarini amalga oshirishga bolalarning har tomonlama harakat faoliyati yo’li bilan erishiladi. Ular organizmdagi barcha funktsional 1 jarayonni, uning optimal gigienik va chiniqtiruvchi sharoitlarda hayotiy faoliyatni kuchaytirishga yordam beradi. Ta’lim-tarbiyaviy vazifalar mashg’ulotlar jarayonida bolaning ma’naviyaxloqiy sifatlarini shakllangirish, jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid ba’zi elementlar bilimlar va terminlarni ma’lum kolish, to’g’ri harakat ko’nikmalari hamda jismoniy sifatlarni tarbiyalash yuli bilan hal etiladi. Mashg’ulotlar xushchaqchaq intizomli, agrof-muhitda yaxiщ harakat qila oladigan, belgilangan vazifaga muvofiq tez va ishonch bilan, maqsadga yo’nalgan holda faoliyat ko’rsata oladigan, shuningdeq axloqiy sifatlar va ijodiylik namoyon eta oladigan kishilarni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Yoz fasli paytida barcha mashg’ulotlar (yomg’irli kunlardan tashqari) ochiq zavoda, jismoniy tarbiya maydonchasida o’tkaziladi. Binoda va ochiq havodagi mashqlar o’zaro aloqadadir: ular barcha sog’lomlashtirish va 11 ta’lim-tarbiyaviy vazifalarning kompleks tarzda hal etilishini ta’minlaydi. Mashg’ulotlarni o’tkazish sharoiti ularning ba’zi o’ziga xos xususiyatini belgilaydi. Binoda sog’lomlashtirish—gigienik shartlarga rioya qilgan holda o’tkaziladigan (deraza fortochkalari ochiq yengil kiyim va poyabzal) mashg’ulotlar harakatlarning to’g’ri, go’zal va aniq bo’lishini ta’minlaydi, umumiy harakat madaniyatini tarbiyalaщsh. Ular turli qo’llanmalar bilan va musiqa jo`rligida o’tkazilishi mumkin. Ochiq havodagi mashg’ulotlar maksimal sog’lomlashtirish samarasiga ega, ular harakatlarni keng joyda bajarishga, imkon beradi, jismoniy yuklamani kuchaytiradi, sport: o’yinlari, estafetalarni o’tkazishga keng imkoniyat yaratadi. Biroq qalin kiyim va poyabzal harakatlarning aniq ifodali, chiroyli bo’lishiga xalaqit beradi. Rejada har bir yosh guruhi uchun belgilangan jismoniy mashqlar mashg’ulotlar mazmunini tashkil etadi. Mazmuniga ko’ra xilma-xil mashg’ulotlarni o’tkazishda vazifalarning: aniq va oydin bo’lib qilishi, dasturni o’tishda izchillik rioya qilish, shuningdeq bolalar yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish shartdir. Mashg’ulotlar tuzilmasi - maщqlarning bolalar tomonidan izchil bajarilishvdan iboratdir. U qo’yilgai vazifalar, asab tizimining ish qobiliyati va bola organizmining har bir alohida yosh bosqichdagi xususiyatlari bilan belgilanadi. Mashg’ulot paytida bola organizmining dinamikasi va uning psixologiyasini nazorat qilish tarbiyachining asosiy vazifalaridan biridir. Ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligi shunga bog’liq.
H arakat faoliyati jarayonida yurak qiskarshii chastotasi ko’rsatkichlari mashg’ulot boshlanishida uning asta-sekin oshib borishi, so’ng kuchaya borib, mashg’ulotlarning asosiy Qismida yuqori darajaga yetishini va mashg’ulot so’ngida asta- sekin pasayishini ko’rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |