XARXASHALARGA CHEK QO'YISH VAQTI KELDI... Biz, ota-onalarning vazifamiz farzandlarimizni oʼqitish, ularga tarbiya berish bilangina kifoyalanmaydi. Bolaga yaxshi xulq-atvor, goʼzal insoniy fazilatlarni singdirish, qiziqishlariga koʼra toʼgʼri yoʼnaltirish va uni harakatga undashga ham biz masʼulmiz. Ammo bu jarayonlarda bolaga baqirish, urishish, jazolash, turli ta’qiqlar qoʼyish va shu kabi boshqa keraksiz choralarni qoʼllab boʼlmaydi. Maʼlumotni bolaga tushunarli tarzda yetkazish lozim, masalan, ertakterapiya yordamida. ERTAKTERAPIYANING DAVOLOVCHI TA'SIRI ROSTMI? - Ertakterapiya – bu psixoterapiya yoʼnalishi boʼlib, u xulq-atvor reaktsiyasini tuzatish hamda boshqarib boʼlmaydigan qoʼrquvni oʼrganish maqsadida tavsiflanadigan psixologik aralashuvdir. Ertakterapiyaning afzalligi, u psixoterapevt ishtirokisiz, asosiy usullarni oʼzlashtirgan holda bolaning xatti-harakatlariga bosim oʼtkazmay taʼsir koʼrsatish imkonini beradi.
- Sehrli taʼsirga ega ertaklar quyidagi muammolarni bartaraf etadi:
- Bola xarxashalari – beparvolik, aldamchilik, dangasalik, agressiya, gigiyena qoidalariga rioya etish, bogʼchaga borish, kun tartibiga amal qilishni istmaslik.
- Fobiyalar – ota-onadan ajralib qolish, qorong’ulik, hayvonlar, shifokordan qoʼrqish.
- Kechinmalar – boshqa bolalar bilan chiqisha olmaslik, yaqin odamini yoʼqotish, yangi oila aʼzosining paydo boʼlishi.
- Boladagi qoʼrquv, kuchli xavotir va ichki kechinmalarni tushunish qiyin boʼlganida ota-onalarga mutaxassis koʼmagi zarur boʼlishi mumkin. Bunday hamkorlik faqat alomatlar bilangina kurashmay, balki muammoning asl sababini topish va uni bartaraf etish imkonini beradi.
BOLALAR YOSHIGA KO'RA ERTAKTERAPIYA TURLARI - Ikki yoshga toʼlmagan bolakay hali sehrli ertaklar maʼnosini tahlil qilolmaydi. U ongostiga yaxshi xulq-atvor, yuzaga kelishi mumkin boʼlgan xavflar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni joylashi kerak boʼlgan sabab-oqibatlarni idrok etishga qodir emas. Ikki yoshdan keyin esa oddiy terapevtik ertaklardan foydalansa boʼladi. Ertak injiq, hadeb xarxasha qiladigan, uxlashni istamaydigan bolani tinchlantiradi, mustaqil ovqatlanish koʼnikmalarini paydo qiladi va xotirasini rivojlantiradi.
- Uch yoshdan keyin ertakterapiyaga koʼproq murojaat etgan yaxshi. Ayniqsa, odamlarning jonivorlarga munosabati haqidagi ertaklar bolalar uchun gʼoyat foydali. Bu yoshda aksariyat bolakaylar oʼzlarini jonivorlarga oʼxshatishadi va ularning xatti-harakatlarini oʼzlariniki bilan solishtirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |