REJA:
1
Ernest Xeminguey hayoti va ijodi
2
Adibning “Chol va dengiz” asari
3
Xulosa
Amerika yozuvchilarining 1937 yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan 2-kongressida so‘zlangan nutq Yozuvchining vazifasi o‘zgarmaydi. Uning o‘zi o‘zgaradi, vazifasi esa o‘sha-o‘shaligicha qolaveradi. Bu vazifa har doim rost yozish va asil mohiyatni o‘quvchining ongu-shuuridan joy oladigan qilib ifodalab berishdan iborat. Bundan qiyin ishning o‘zi yo‘q, qiyinligi shu bilan izohlanadiki, bu ishni uddalagan yozuvchi, ertami-kechmi, baribir, mehnatining mukofotini oladi — mashhurlikka erishadi. Agar mashhurlik erta kelsa, bu ko‘pincha yozuvchini o‘ldiradi. Shuhratning juda kechikishi ham uni alamzada qilib qo‘yadi. Ba’zan yozuvchi mashhurlikning unga qizig‘i qolmagan paytda — o‘limidan so‘ng shuhrat qozonadi. Ammo aynan haqqoniy, umrboqiy asar yozish shunchalik qiyinligi tufayli ham haqiqatan zo‘r yozuvchi ertami-kechmi baribir e’tirof etiladi. Faqat romantiklargina dunyoda «noma’lum masterlar» bor deb o‘ylaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |