Ernest heminguey hayoti va ijodi


YOZUVCHI HAQIDAGI QIZIQARLI FAKTLAR



Download 1,71 Mb.
bet3/4
Sana15.01.2022
Hajmi1,71 Mb.
#369560
1   2   3   4
Bog'liq
205-guruh. Yodgorova Nafisa

YOZUVCHI HAQIDAGI QIZIQARLI FAKTLAR:

  • Kunlarning birida Ernest Xeminguey har kimning yuragiga ta’sir qiluvchi eng qichqa hikoya yozishi mumkinligi haqida baxslashib qolgan. Bu baxsda u g‘olib bo‘lgan. Hikoya matni: “Bolalar poyafzali sotiladi. Kiyilmagan” (For sale: baby shoes, never worn);
  • Ernest Xeminguey hayoti davomida ko‘p marotaba o‘limga yaqin edi. U o‘ndan ortiq baxtsiz hodisa va tabiiy ofatda bo‘lgan, ov paytida ikki marotaba yaralangan, o‘rmon yong‘inidan omon qolgan, urushda esa jangda pulemyotlardan yaralangan va tanasidan 273 ta mina parchasi olingan. Ammo u hayotini joniga qasd qilish bilan yakunlagan. Achinarlisi, yozuvchining otasi, akasi, singlisi va nevarasi ham o‘z joniga qasd qilgan.

Ernest Heminguey mashhur “Chol va dengiz” asarini 1952-yilda Bagama orollarida 51 yoshida yozgan edi. Kasallik yozuvchi hayotiga xavf solib turganda ham ushbu asari orqali betakror obrazlarni yaratdi. Asar ikki oy ichida davomida tugallangan edi. Qahramonlar oddiy obrazlar orqali tasvirlangan bo‘lsa ham, zamirida hayot haqiqatining chizgilar bor.

Demak, asar Xemingueyning umri oxirda yozilgan mashhur asari. Unda kubalik baliqchi, keksa Santyagoning hayoti haqida hikoya qilinadi. Shuni aytish kerakki, “Chol va dengiz” asarida, avvalo, inson hamisha suyanadigan ishonch tuyg‘usi va albatta, umid haqida so‘z boradi. Asar bosh qahramonida ham tajribasiga suyanib yashayotgan, ishonchini yo‘qotib qo‘ymaslikka harakat qilayotgan obrazni ko‘rishimiz mumkin.

Asarning syujetiga biroz to‘xtalsak. Santyago ismli chol Kubadagi kichik baliqchi qishlog‘ida yashaydi. Va baliqchilik bilan shug‘ullanardi. U 84 kundan buyon dengizda qolib ketgan, ammo biror o‘ljaga ega bo‘lmagandi. Manolin – chol bilan birga baliq ovlagan bola. Ota-onasi cholni omadsiz sanagani uchun unga boshqa qayiqqa chiqishni buyurgan edi. Ammo bola Santyagoni juda yaxshi ko‘rardi.

Xullas, bu gal chol omadiga ishonib dengizga yo‘l oladi. Dastlab, qahramonimiz  kichkina tunets balig‘ini ushlaydi. So‘ng esa juda katta baliq qarmoqqa ilinadi. Ulkan baliq qayiqni uzoqqa tortib keta boshlaydi. Chol uning yonida Manolin yo‘qligidan xafa bo‘ladi, bunday paytlarda bolaning yordami juda asqotardi. Shunday qilib, chol baliq bilan uzoq  “jang” qiladi. Umid va ishonch uni bir zumga bo‘lsa-da tark etmaydi. Santyagoga tashqi muvaffaqiyat yetishmasa ham, uning ishonch va umidi uni oldinga boshlayveradi.

Asarda adib inson va tabiat o‘rtasidagi bog‘liqlikni, insoniyatning hamisha kurashuvchanligini ham tasvirlaydi. Qissa uning ana shu jihatlari yorqin ko‘zga tashlanadigan asarlaridan. Shunday kurash oldida borayotgan o‘quvchi beixtiyor asardagi muvaffaqiyatsizlikdan og‘rinmaydi, balki insonning oldinga bo‘lgan ishonchi uni ruhlantirib boraveradi.


    • Amerika va butun dunyo adabiyotida o‘z o‘rniga ega, asarlari bilan millionlab o‘quvchilarini topgan Ernest Xemingueyning mashhur asari “Chol va dengiz” 1952-yil 1-sentabrda ilk marta nashr qilingan edi.


    • Asar kitob ko‘rinishida 1952-yil sentabrda 50 ming nusxada nashrdan chiqdi. 1953-yil may oyida Xeminguey Pulitser mukofotiga, 1954-yilda esa adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Shunday qilib roman yozuvchini dunyoga tanitdi.


    • Roman 1952-yil 1-sentabrda Life jurnalida nashr etilgan edi. Ikki kun ichida jurnal besh million nusxada sotilishga muvaffaq bo‘lgan. Qissa atoqli olim va tarjimon Ibrohim G‘afurov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan.


Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish