Erkinlik chegaralari


So‘z erkinligini cheklash shartlari



Download 23,43 Kb.
bet4/4
Sana31.03.2022
Hajmi23,43 Kb.
#521519
1   2   3   4
Bog'liq
Erkinlik chegaralari

So‘z erkinligini cheklash shartlari
Shuni ta’kidlash kerakki, FSHXP bo‘yicha so‘z erkinligini cheklashlar uch shartga javob berishi kerak(1) qonuniylik, (2) xalqchillik hamda (3) zaruriyat va mutanosiblik.
Bundan kelib chiqadiki, YeXHT/DIIHB (Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi) «nafrat asosidagi jinoyatlar (hate crime) — bu ma’lum shaxslar guruhiga nisbatan xurofot yoki xuruj asosida sodir etilgan, jazoga tortilishi belgilangan jinoiy harakat ekanligini belgilaydi. Jinoyatga nafrat holatidagi jinoyat deb qaralishi uchun u ikki mezonga javob berishi kerak:
— birinchidan, sodir etilgan harakat jinoiy huquq nizomlariga muvofiq jinoyatdan darak berishi kerak;
— ikkinchidan, harakat birovga qarshi noto‘g‘ri fikrdan kelib chiqishi kerak. Nogironligi bor insonlar ham nafrat holatidagi jinoyatlar qurboniga aylanishi mumkin".
Bundan tashqari, «stereotiplar vaji ma’lum bir guruhga qarshi qaratilgan salbiy hukm, murosasizlik yoki nafrat deb ta’riflanishi mumkin. Ushbu guruhni umumiy xususiyat, masalan, irq yoki etnik kelib chiqishi, tili, dini, millati, jinsiy oriyentatsiyasi, gender o‘ziga xosligi yoki boshqa har qanday asosiy xususiyatlar birlashtirishi kerak».
So‘z erkinligi va nafratli ritorika o‘rtasidagi farq haqida gapirganda, shuni ta’kidlash kerakki, har qanday qarama-qarshiliklarni nafratli ritorika deb tasniflash mumkin emas. Masalan, Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi (IHES) «Xendisayd Birlashgan Qirollikka qarshi» ishida davlatni yoki jamiyatning ayrim qismlarini hayratga solishi mumkin bo‘lgan tortishuvli va befarqlik bo‘lmagan bayonotlar jinoiy va boshqa javobgarlikka tortilmasligi kerakligini ta’kidlaydi. Chunki «bu plyuralizm — fikrlar xilma-xilligi, bag‘rikenglik va ochiq fikrlilik talablari, ularsiz demokratik jamiyat bo‘lmaydi».
Richard Xendisayd Stage 1 nashriyotinig egasi edi. U 1969 yilda Daniyada nashr etilgan va keyinchalik tarjimalari bir qator Yevropa mamlakatlarida chop etilgan Syoren Xansen va Jesper Yensen tomonidan yozilgan «Kichik qizil maktab kitobi»ga britan huquqini qo‘lga kiritdi. Kitob boblarining birida Buyuk Britaniya matbuotining turli xil salbiy mulohazalarini keltirib chiqargan va axloqsiz nashrlar to‘g‘risidagi qonunni buzganlik uchun jinoiy ish ochilishiga sabab bo‘lgan jinsiy tarbiyaga oid bo‘lim mavjud edi. Mazkur ish bo‘yicha IHES qarori 1976 yil 7 dekabrda chiqarilgan va so‘z erkinligini ifodalash bo‘yicha birinchi va asosiy da’vogarlardan biri bo‘lgan. Batafsil …
Biroq, IHES «Syurek va Turkiyaga qarshi» ishida zo‘ravonlik va kamsitishlarni qo‘llab-quvvatlash va zo‘ravonlikning maqtalgan ritorikasi qonun bilan himoya qilinishi mumkin emasligini va so‘z erkinligi huquqiga zid ekanligini ta’kidlamoqda.
Kamil Tekin Syurek va Turkiyaning haftalik Haberde Yorumda Gerçek sharhining bosh aksiyadori va bosh muharriri Yusel Ozdemir to‘rt kurd tashkilotining qo‘shma bayonoti bilan birga Kurdiston ishchilar partiyasi rahbarining o‘rinbosari bilan bo‘lib o‘tgan intervyuni nashr qildilar. O‘sha paytda Kurdiston ishchilar partiyasi va to‘rtta tashkilot Turkiya hukumati tomonidan terroristik guruhlar sifatida belgilangan edi. Intervyuda kurd xalqining mavqei bo‘yicha AQSHning munosobati va Kurdiston ishchilar partiyasining Turkiyadagi tez o‘zgaruvchan siyosiy muhit haqidagi qarashlari borasida fikrlar bildirilgan. Suhbatni olib borgan jurnalist Turkiyaning kurdlar yashovchi asosiy hududini Kurdiston deb ataydi. IHES ushbu ish yuzasidan tergov va sud ishlarini yuritishda Turkiyaning terrorizmga qarshi qonunlarini buzish bo‘yicha Turkiya hukumati tomonidan sodir etilgan bir qator qonunbuzarliklarni aniqladi, ammo 1999 yil 8 iyuldagi qarorida ushbu intervyu so‘z erkinligini buzish, zo‘ravonlikni targ‘ib qilish va terrorni maqtash ekanligini tasdiqladi. Batafsil …
Internetda sodir bo‘layotgan voqealar va O‘zbekistonda nafratga asoslangan ta’qiblar va kamsitish, zo‘ravonlik tashviqotidan jabrlanganlarni himoya qilish bo‘yicha huquqiy me’yorlarning yo‘qligi, shuningdek, o‘zgacha fikr bildirishni ushbu turdagi majburlash va tashviqot qilish vositalarining biri sifatida ishlatilishi asosida bunday harakat va harakatsizlik uchun javobgarlikni kuchaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish zarur.
Shuningdek, internetdagi ushbu harakatlar uchun javobgarlikni kuchaytirish zarur, chunki jazosiz qolish qurbonlar va ularning himoyachilariga nisbatan nafrat, kamsitish va ta’qib qilish holatlari tarqalishining kuchayishiga olib keladi.
Fikrimcha, milliy qonunchilikka nafratli ritorika va nafrat holda sodir etilgan jinoyatlar kabi tushunchalarning kiritilishi zo‘ravonlik qurbonlarini himoya qilish, shuningdek xalqaro hamjamiyatga O‘zbekiston Respublikasining mamlakatda qonun ustuvorligi va adolat indeksini yaxshilash borasidagi jiddiy istaklarini namoyish etish imkoniyatini beradi.
Shunga qaramay, yuqorida keltirilgan tushunchalar va atamalarni hamda ular uchun javobgarlikni O‘zbekiston qonunchiligiga kiritish faqat ilmiy, ekspert va professional doiralarda keng muhokamalardan so‘ng amalga oshirilishi kerak. Bundan tashqari, jurnalistlar/bloggerlar, yuridik mutaxassislar va amaliyotchilarning professional hamjamiyati nafratli ritorika uchun javobgarlik turini va hajmini aniqlashi, shuningdek, uning jamoat kayfiyati va shaxsning shaxsiy xavfsizligiga ta’sirini aniqlashi kerak.
Jamiyat, professional va akademik doiralar bu kabi muammolarni qancha ko‘p muhokama qilsalar, o‘z harakati/harakatsizligi uchun javobgarlikni oshirish bo‘yicha umumiy holat va choralar shunchalik aniqroq bo‘lishiga ishonaman.
Muallifning fikri tahririyat nuqtai nazarini ifodalamasligi mumkin.
https://www.gazeta.uz/oz/2020/09/14/hate-speech/
Download 23,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish