Badiiy asar tahlili
Erkin Usmonovning "Tush kinoga o'xshaydi" asari asosida
Tuzuvchi: Xalilova Madinabonu Asomiddin qizi
O'ZDJTU Xorijiy til va adabiyoti 3
2222-guruh 1 -kurs talabasi
Muallifning qisqacha biografiyasi
Erkin Usmonov 1952-yili Toshkentning Eski shahar qismidagi Kallaxona mahallasida ziyoli oilasida tug'ildi. Bobosi mashhur sozgar, xalq ustasi-O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi Usta Usmon, otasi esa O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Mirsoat Usmonov edi.
Erkin Usmonov
Erkin Usmonovning "Gunafsha" nomli birinchi kitobi 1981-yilda chop etilgan. Shundan so'ng "Olam nurga to'ladi" (1987), "Tush kinoga o'xshaydi" (1990), Kulishgani keldik" (2000), "Bekinmachoq" (2005), "Har kimning o'z daraxti bor" (2006), "Hayratga to'la dunyo"(2007), "Oshifta ko'ngil" (2009) singari qator qissa va hikoyalari chop etildi.
Badiiy asar haqida qisqacha:
Asar nomi:
Tush kinoga o'xshaydi
Janri: Qissa
Ijodiy metodi: realizm
Asar mavzusi:
"Tush kinoga o'xshaydi" nomli asarda insonlarning o'tmishdagi holati va hozirgi turmush tarzi yaqqol tasvirlangan. Asosan, asarda shukr qilish va imkoni boricha hammaga yaxshilik qilish e'tirof etilgan.
Asar sarlavhasi haqida fikringiz:
Asarning bu nom bilan nomlanishining asosiy sabablaridan biri bu tushda sodir bo'lgan hodisalardir. Ahmadjonning tushidagi voqealar real hayotda bo'lishi mumkin emas, ya'ni bobolar va buvilar kichkina bo'lib, nabiralar o'rniga bog'cha bolalari bo'la olishmaydi.
Bundan ko'rinib turibdiki, vaqtni ortga qaytarib bo'lmaganidek, bunday voqealar faqatgina kinoda bo'lishi mumkin. Lekin asardagi ayrim joylari ya'ni tushdagi voqealar hayotdan olingan, kinoda ham xuddi shunday bo'ladi.
Asarning asosiy g'oyasi:
Asar komedik va hayotiy qissa bo'lib, o'tmishdagi insonlarning og'ir ahvoli, hozirgi hayotimizdagi qulay shart-sharoitlar bo'lsada, odamlar shukr qilmasligi aks ettirilgan. Bunga esa Ahmadjonning bog'chaga bormaslik uchun qilgan xarxashasi misol bo'ladi. Zero, bunday bog'chalarga o'z vaqtida bora olmaganlar bor. Shuningdek, insonlar qo'lidan kelgancha yaxshilik qilishlari kerakligi ham keng ochib berilgan.
Badiiy asarda mavjud obrazlar:
"Tush kinoga o'xshaydi" kitobining mualiffi buni yarim hazil, yarim chin qissa deb yozgan. Qatnashuvchilar: Ahmadjon, oyisi, dadasi, opasi, Ahmadjonning bobosi, Latifjonning buvisi, Rahimaning bobosi, Abdujalilning bobosi, Munisning bobosi, Oliyaning buvisi, tarbiyachi.
Asarning lingvistik tahlili:
Frzaeologizmlar:
Yelkasini qisgancha qoldi, tishimning mazasi yo'q, shoxing chiqarmidi, eridan eshitadiganini eshitadi, gavdasiga qarab berishsin, darak bo'lmadi.
Kasb-hunarga oid so'zlar:
Tarbiyachi, rais
Toponimlar:
Bog'cha, choyxona, o'yin maydonchasi, nonvoyxona, gazeta do'koni, stadion
Asardagi milliylik:
To'g'rilik. Ahmadjonning bobosi bog'chadagi o'yin maydonchasida Rahimaning bobosini qo'ylari uchun o't terayotganini, Abdujalilning bobosi chelakka qum solayotganini ko'rib, bu o'g'irlik ekanligini tushuntirishi;
Ahmadjonning onasidan kechirim so'rashi;
Yaxshilik qilish:Ahmadjonning bobosi nonvoyxona, gazeta do'koncha qurilishiga yordam bergan.
Asardagi tugun:
Asardagi tugun bu barcha hodisalarning yuzaga kelishidir. Bu esa Ahmadjonning bog'chaga bormaslik xarxashasi tufayli boshlanadi.
Badiiy asardagi konflikt turi:
Ahmadjonning bog'chaga bo'lgan munosabati, Ahmadjonning bobosi va Rahimboyning bobosi, Abdujalilning bobosi o'rtalaridagi qarama-qarshi fikrlar.
Asar kulminatsiyasi:
Men uchun asardagi kulminatsiya nuqta bu Ahmadjonning onasidan kechirim so'rashi va onasiga bog'chaga kech qolgan bolsada, bog'chaga borishini aytishidir.
Asardagi yechim:
Bu asardagi asosiy yechim bu Ahmadjoning bog'chaga borishi, oilasidan uzur so'rashidir.
Ven diagrammasi
Ahmadjonning bobosi
Rostgo'y
Sabrli
Kamtar
To'g'ri
Abdujalilning bobosi
Hazilkash
Sabrsiz
Ochofat
O'g'ri
Asardan olgan taassurotlarim:
Erkin Usmonovning "Tush kinoga o'xshaydi " nomli asarini sevib mutolaa qildim. Ushbu kitobdan juda muhim bo'lgan tarbiyani oldim deb bemalol ayta olaman. Ayniqsa, shuni tushundimki, biz kattalarni hurmat qilib, ular maslahat bergan ishlarni qilishimiz kerak, chunki ular bizdan ko'ra ko'p voqealarning guvohi bo'lgan. Barchamiz hayotimizdan mamnun bo'lib yashashimiz va vaqtni to'g'ri taqsimlashimiz lozim. Zero, vaqt ortga qaytmaydi. Biz imkoni boricha hammaga yaxshilik qilishimiz darkor.
E'tiboringiz uchun rahmat!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |