Erkin mavzuda qo'shiqlar lapar qo’shiqlar haqida umumiy tushuncha



Download 51,11 Kb.
bet2/2
Sana26.11.2022
Hajmi51,11 Kb.
#873047
1   2
Bog'liq
LAPAR

Oʻzbek xalq ijodi — oʻzbek xalq badiiy ijodi namunalaridan tuzilgan koʻp jildli nashr turkumi (1964—1990). Turkumning asoschisi Hodi Zarifovdir. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutining Folklor boʻlimi tomonidan shu institut folklor arxivi materiallari asosida nashrga tayyorlangan. Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida 37 jildi chop etilgan.
„Intizor. Nurali“ (1964), „Murodxon“, „Gulixiromon“, „Dastagul“ (1965), „Goʻroʻgʻlining tugʻilishi“, „Gulnorpari“ (1967), „Gulshanbog“ (1969), „Ergash Jumanbulbul oʻgʻli“ (1971—72), „Tohir va Zuhra“ (1971), „Orzigul“ (1975) „Hasanxon“  (1976), „Alpomish“ (1979), „Xoldorxon“ (1981), „Oysuluv“ (1984), „Balogardon“, „Bahrom va Gulandom“ (1986), „Erali va Sherali“, „Yusuf va Ahmad“ (1987), „Malika ayyor“ (1988), „Nurali“ (1989) kabi jildlarda 65 ta xalq dostoni nashr etilgan boʻlsa, „Suv qizi“, „Oltinolma“ (1966), „Oyjamol“ (1969), „Gulpari“ (1967), „Kulsa – gul, yigʻlasa – dur“ (1983), „Oltin beshik“ (1984), „Zumrad va Qimmat“ (1988), „Luqmoni hakim“ (1990) singari jildlar 400 ga yaqin xalq ertaklarini oʻz ichiga olgan. „Latifalar“ (1965, 1967, 1969), „Askiya“ (1970), „Topishmoqlar“ (1981), „Oʻzbek xalq maqollari“ (1989) kabilar shu janrlar materiallaridan tuzilgan. „Gulyor“ (1967), „Oq olma, qizil olma“ (1972), „Sovet davri qoʻshiqlari“ (1983), „Boychechak“ (1984) kabi jildlar xalq qoʻshiqlaridan tashkil topgan.
Koʻp jildlik qatʼiy ilmiy tamoyillar asosida nashrga tayyorlangan boʻlib, unga kiritilgan folklor asarlari bevosita xalq ijodkorlari ogʻzidan yozib olingan. Nashr ilmiy-ommabop xarakterga ega. U keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan. Har bir jildning adadi 60 ming. Rus tilida ushbu nashrdan saylab olingan namunalar asosida „Uzbekskoye narodnoye tvorchestvo“ turkumida 10 ga yaqin kitob chop etilgan.
Lapar — musiqiy folklor janri; voqeabandligi va kuy tuzilishi jihatidan uncha murakkab boʻlmagan, tor diapazonli, naqarotsiz, cholgʻu joʻrligisiz aytiladigan qoʻshiqlarga yaqin. Ikki turi mavjud: 1) toʻy marosimi, xalq sayili, hashar kabi yiginlarda yigit va qizlar tomonidan tarafma-taraf boʻlib dialog shaklida ijro etiladigan laparlar. Bunda davradagi qizlar navbatmanavbat xohlaganiga "lapar soladi", bunga yigit javob qaytarishi kerak. Mos javob qaytarilsa, dastroʻmol, belbogʻ kabi sovgʻalar beriladi. Laparni maxsus laparchi ayollar boshqarib boradi. Marosim laparlarning kuylari, koʻpincha, epik tusda, nutqdosh yoki kuychan ohanglarda boʻladi. Bularda, asosan, yigit va qizning muhabbat kechinmalari, orzu-umidlari aks etadi, shuningdek, yengil hajv va yumor ham qoʻshilib ketadi. Toʻrtlik shaklidagi termalardan iborat boʻlgan laparning bu turi, asosan, Toshkent viloyati va Janubiy Qozogʻiston oʻzbeklari orasida keng tarqalgan; 2) oʻyin lapar Xorazm xalfalari, Buxoro sozandalari orasida "labidan", "labi uchidan" aytiladigan, yengil harakterdagi qoʻshiqlarga nisbat berilgan. Odatda, ikki kishi galma-galdan raqs tushib ijro etadi. Kuylari yengil, oʻynoqi, jozibali boʻladi. Yakka qoʻshiqchi tomonidan cholgʻu joʻrligida ham raqs bilan aytiladi. Xalq orasida "Qora soch", "Oyijon", "Qilpillama", "Bilak uzuk", "Nahoru nashta" kabi L.lar ommalashib ketgan. Lapar ijrochilaridan Tamaraxonim, G. Otaboyeva va boshqa mashxur. Xalq laparlari oʻzbek kompozitorlari tomonidan qayta ishlanib, xor, vokal-simfonik, estrada musika asarlaridan keng oʻrin olgan. Laparlar baʼzan, keng maʼnoda, umuman qoʻshiq tushunchasini ham ifodalaydi
Daryoning naryog‘ida bir tup g ‘o ‘za,
U g ‘o‘zaning tagida oltin ko‘za.
Jon yanga, jonim yanga, arzim sizga,
0 ‘ynashga ruxsat bering qora ko‘zga.
Oqqina kaptar boradi joyiga,
K o‘p oshiq bo‘lmang birovning yoriga.
K o‘p oshiq bo‘lgan birovning yoriga,
Osiladi oq podshoning doriga.
Lapardan keltirilgan ikki to‘rtlikka diqqat qilinsa, ular o ‘rtasida chuqur mantiqiy aloqadorlik, mavzu jihatidan yagonalik kuzatilmaydi. Lekin lapar ijro etish vaziyati, har bir to‘rtlikka o ‘z vaqtida javob qaytarish jihatidan ular terma laparni tashkil etadilar. Bundan kelib chiqadigan asosiy xulosa shundan iboratki, terma laparlarda har ikki tomon vakillari o ‘z vaqtida javob berish talabidan kelib chiqib, o‘zlari bilgan to‘rtliklami keltiraveradilar. Bu narsa terma laparlardagi mavzu qamrovini kengaytiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. O’zbek xalq qo’shiqlari 1,2 kitob T1999. Y.Ramanovskaya

  2. O’zbek muzikasi 1,8 jilt. Y. Rajabiy Myusupov T1955-1961y

  3. Google omaviy internet tarmogi mavzuda doir malumot va fotosuratlar.

Download 51,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish