Erkin mavzuda qo'shiqlar lapar qo’shiqlar haqida umumiy tushuncha



Download 51,11 Kb.
bet1/2
Sana26.11.2022
Hajmi51,11 Kb.
#873047
  1   2
Bog'liq
LAPAR


ERKIN MAVZUDA QO'SHIQLAR LAPAR

  1. Qo’shiqlar haqida umumiy tushuncha

  2. Xalq qo’shiqlari

  3. Lapar

Turkiy halqlar orasida, sheʼrga bitilgan bir nazm shakli, qo'shiqdir. Bastalangan musiqa bilan birgalikda qoʻshiq yaratiladi. Bastakorlik asosida yaratilgan asar 3-5 toʻrtliklardan iborat boʻlishi mumkin, baʼzan qisqa yoki ulkan hajmda ham boʻlishi mumkin. yangi adabiyotimizda Muhammad Yusuf bayotlari bu turda mohirlik bilan qoʻllanilgan.


Qoʻshiq — keng maʼnoda sheʼriymusiqiy janr; vokal musiqannnt eng ommalashgan, koʻproq band shakliga asoslangan turi, shuningdek, kuylashga moʻljallab toʻqilgan sheʼriy asarlarning umumiy ifodasi. Xalq ijodiga mansub, bastakor va kompo-zitorlar yaratgan, ommabop musiqa yoʻnalishidagi qo’shiqlar farqlanadi. kelib chiqishi, janri va mazmuniga qarab marosim qoʻshiqlari, ommaviy qoʻshiq, shahar, dehqon, bolalar, maishiy, harbiy, lirik, raqs va boshqa qo’shqlar ajratiladi. qo’shq kuyi dia-pazoni ixchamligi, musiqa rivoji band (yoki band-naqarot) shakliga asoslanganligi, ohanglar tizimida soʻz va kuy intonatsiyalari mushtarakli-gi, sheʼriy matndagi gʻoyaviy-emotsional mazmun rivojining umumiy tarzda (badiiy yakuni sifatida) ifo-dalanishi bilan ajralib turadi. qoshqning yana oʻziga xos tomoni — sheʼriy matn va kuy shakllarining oʻzaro mutanosibligi, bir xil hajmdagi tuzil-malar (sheʼrda — band, kuyda — davr)ga asoslanganligidan iborat. Qo’shqning sheʼriy matnlari aniq kompozitsiyasi, har bir bandida muayyan tugal fikr ifodalanganligi bilan ajralib turadi. Sharqda xalq qoshqlari oʻziga xos milliy xususiyatlarga ega boʻlib, Oʻrta Osiyoda ir (jir), terma, oʻlan, lapar, yalla kabi nomlar bilan ataladi. Bular negizida bastakorlar ijodi, 20-asrda zamonaviy qo’shq shakllari rivoj topgan. Yevropa professional musiqa sanʼatida Oʻrta asrdagi shoirxonan-dalar (Fransiyada truver va trubadurlar, Germaniyada minnezingerlar va boshqalar)ning asarlari. meysterzingerlar sanʼati namunalari, Uygʻonish davrish yaratilgan koʻp ovozli italyan sapgopePa, nemischa 1es1, fransuzcha spapzop, 17—18-asrlardan ommaviy tus olgan gomofoniya uslubidagi qo’shqlar, romantizm davridagi kompozitorlar ijodidagi qo’shq, 20-asrda keng rivoj topgan ommaviy qoʻshiq, estrada qo’shqlari va boshqa professional qo’shqning rivojlanish bosqichlaridir. Shoirlardan P.Beranje, R.Byorns, R.Hamzatov, V.Visotskiy va boshqa, Oʻzbekistonda — Hamza, Habibiy, Sobir Ab-dulla, Mirtemir, Chustiy, T.Toʻla, P.Moʻmin, N.Narzullayev, Muham-mad Yusuf, E.Vohidov, J.Jabborov va boshqalarning qo’shq sheʼriyati rivojidagi xizmatlari katta.

Tor maʼnoda qo’shq — oʻzbek xalq ijodidagi janr; qoʻsh qofiya bilan boshlanuvchi, asosan, 7—8 hijoli barmoq vaznidagi toʻrtliklar bilan kuylanadigan, band shaklli aytim turi. birinchi sheʼr toʻrtligi qofiyalari aaaa, aava, aavv yoki aavs nis-batida boʻlishi mumkin. Oʻzbek qo’shqlarida birinchi bandi odatda 4 sheʼriy misra va ularni kuylashga asos boʻlgan nisbiy tugal ohang tuzilmalari uygʻunligidan tashkil topadi. Kuy tuzilmalari soni 2—4 boʻlib, ularning oʻzaro nisbatlari esa asosiy jumlani takrorlash, oʻzgartirish yoki maʼlum darajada rivojlangan yangi jumla bilan yakunlash kabi vositalardan iborat. Oʻzbek qo’shqlari, ashuladan farqli oʻlaroq, kichik ovoz doirasida (asosan, kvinta — seksta diapazoni-da) boʻlib, baʼzan doira joʻrligida ijro etiladi. Kuychan ohangli qo’shqlar, asosan, lirik mavzudagi namunalarda uchraydi. Boshqa qo’shqlarda kuychanlik xususiyatiga ega choʻzimli ohanglar uchrasa-da, ular koʻproq Qo’shqning yakunlanishi arafasida namoyon boʻladi. Qo’shqlarda maxsus (alohida) naqarotlar deyarli qoʻllanmasa-da, baʼzan kichik naqarot vazifasini kasb etuvchi takror soʻzlar kelishi, shuningdek, "jon", "yor", "dod-ey" kabi un-dov-undalma iboralar ishlatilishi kuzatiladi.

XX-asr oʻzbek bastakorlari va, ayniqsa, kompozitorlari ijodiga mansub qo'shqlar janr nuqtai nazaridan oʻzida boshqa janrlar (lapar, yalla, ashula, terma) xususiyatlarini mujassam qilib, maʼlum oʻzgarishlarga yuz tutgan. Jumladan, ularda band-naqarot tuzilmalari, joʻrnavoz cholgʻular, raqs unsurlarini ham koʻrish mumkin. Oʻzbek bastakorlaridan Yu.Rajabiy, K.Jabbo-rov, Fahriddin Sodiqov, T. Jali-lov, Gʻ.Toshmatov, N. Hasanov, M. Mir-zayev, BAliyev, R.Tursunov va boshqa, kom-pozitorlardan T.Sodiqov, M.Burhonov, M. Leviyev, S.Yudakov, A.Otajonov, F . Nazarov, A. Nazarov, F.Alimov, Q.Komilov, bolalar uchun A. muhamedov, Ye.Shvars, Il.^Akbarov, N. Norxoʻjayev, A.Ergashev, A.Mansurov, estrada yoʻnalishida Sh.Ramazonov, Ik. Akbarov, E. Solihov, D.Omonul-layeva, A.Rasulov va boshqalar qo’shq jan-rida salmoqli ijod qilgan.
Oxunjon Madaliyev “turkman qiz”
Aylanaman, Sharqni kezib aylanaman,
Iboli bir yor topolmay oʻylanaman.
Oʻz yurtimning suluvlari til uqmasa,
Uzun koʻylak turkman qizga uylanaman…

Koʻzim tushsa yuzlarin lov-lov yonadi,
Yelkasida qirqta chaman tovlanadi,
Kesilmagan kokillari toʻlgʻonadi,
Uzun koʻylak turkman qizga uylanaman…

U elining urflarini qilmaydi xor,
Beshigi hech allasiga boʻlmaydi zor,
Qoshida momosi qoʻygan oʻsmasi bor,
Uzun koʻylak turkman qizga uylanaman…

U ajralib turar turfa gul ichida,
Oftob chiqib, oftob botar kulgichida,
Oʻz tilida gapirmaydi til uchida,
Uzun koʻylak turkman qizga uylanaman…

Bir xil libos kiymish koʻrdim nechalari
Oybaldogʻi yonib turar kechalari.
Yashnab ketar yursa Toshkent koʻchalar
Uzun koʻylak turkman qizga uylanaman.

Goʻshangaga kirganimda yorga yetib,
Menga oʻlan soʻylab berar yodlar etib
Bobolarim ruhlarini shodlar etib,
Uzun koʻylak turkman qizga uylanaman.

Aytishlaricha, u yoki bu madaniyatni tushunish, xalqning hayoti va turmush tarzini his qilish uchun uning milliy ohanglarini tinglash kerak ekan. O‘zbekistonning ba’zi hududlarida xalq musiqasining Farg‘ona-Toshkent, Buxoro-Samarqand, Surxondaryo-Qashqadaryo va Xorazm mahalliy uslublari afzal ko‘riladi.


Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida katta ashula yoki patnis ashula (patnis bilan ijro etilgan qo‘shiqlar) janrlari juda mashhur bo‘lib, Buxoro va Xorazm viloyatlarida ko‘proq maqomlar ijro etiladi, Surxondaryo va Qashqadaryo aholisi uchun esa do‘mbira bilan ijro etiladigan dostonlar va pyesalar xosdir. Aksariyat o‘zbek ohanglari va qo‘shiqlari marosimlar, bayramlar, turli tadbirlar, urf-odatlar, an’analar va xalqning kundalik hayoti bilan bog‘liq. Eng mashhur qo‘shiqlari"Kelin salom", "Yor-yor" to‘y qo‘shig‘i, "O‘lan", "Alla" qo‘shiqlari va boshqalar.

Xalq professional musiqachilari Ahmadjon Umurzoqov, Imomjon Ikromov, Muhitdin Qori-Yoqubov, Matyusuf Xarratov, Nabijon Hasanov, To‘xtasin Jalilov, Usta Olim Komilov, Faxriddin Sodiqov, Shorahim Shoumarov, Yunus Rajabiy va boshqalar o‘zbek musiqiy merosining durdonalari hamda musiqiy asarlarning yaratuvchilari, zamonaviy mavzular bo‘yicha XX asr xalq cholg‘ulari ansambllarining (bir ovozlilik sohasida) rahbarlari sanalishadi.

Download 51,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish