174
ijrosiga salbiy ta‟sir ko„rsatmagan holda amalga oshiraladi.
Bojxona ishi va rasmiylashtiruvchida Bojxona kodeksining 4-moddasida
keltirilganidek, agarda shunday holat yuzaga kelsa, ya‟ni bojxona to„g„risidagi qonun
hujjatlaridagi barcha bartaraf etib bo„lmaydigan qarama-qarshiliklar va noaniqliklar
tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisining foydasiga talqin qilinadi.
EIHlarda bojxona rasmiylashtiruvi bojxona maqsadlariga muvofiqlikda amalga
oshiriladi. Bojxona maqsadlari quyidagilardan iborat:
- bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini olib o„tish, tovarlarni
tashish, saqlash va qayta ishlashda bojxona to„g„risidagi qonun hujjatlariga rioya
etilishini ta‟minlash;
- bojxona to„lovlari o„z vaqtida va to„g„ri to„lanishini ta‟minlash;
-
iqtisodiy siyosat choralariga, bojxona rejimlarining talablari va shartlariga
rioya etilishini ta‟minlash;
- bojxona to„g„risidagi qonun hujjatlarini buzish hollariga chek qo„yish va
ularning oldini olish.
Bojxona rasmiylashtiruvi va nazorati bilan bog„liq munosabatlarda quyidagi
tushunchalar qo„llaniladi:
- bojxona brokeri – bojxona rasmiylashtiruvi bo„yicha operatsiyalarni
deklarantning yoki vakolatli shaxsning topshirig„iga binoan va uning nomidan
shartnoma asosida amalga oshiradigan O„zbekiston Respublikasi yuridik shaxsi;
- bojxona ishi –
iqtisodiy, tartibga solish va huquqni muhofaza qilish
maqsadlariga erishishga qaratilgan, bojxona to„g„risidagi qonun hujjatlariga rioya
etilishini ta‟minlaydigan usullar va vositalar majmui;
- bojxona hamrohligida kuzatib borish – avtotransport
vositalarining bojxona
organlari tomonidan bojxona nazorati ostida kuzatib borilishi;
- bojxona operatsiyasi – tovarlarning va transport vositalarining bojxona
rasmiylashtiruvida tovarlarga va transport vositalariga nisbatan bojxona organlarining
mansabdor shaxsi va vakolatli shaxs tomonidan amalga oshiriladigan harakat;
- bojxona rejimi – bojxona chegarasi orqali olib o„tiladigan tovarlarning va
transport vositalarining maqomini bojxona maqsadlari uchun belgilovchi qoidalar
majmui;
- bojxona tartib-taomili – bojxona maqsadlari uchun amalga oshiriladigan
bojxona operatsiyalarining majmui;
- deklarant – tovarlarni va transport vositalarini o„z nomidan deklaratsiyalovchi
shaxs yohud uning nomidan tovarlar va transport vositalari deklaratsiyalanayotgan
shaxs;
- deklaratsiyalash – bojxona chegarasi orqali olib o„tilayotgan
va bojxona
nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalari to„g„risidagi zarur
ma‟lumotlarni bojxona organlariga ma‟lum qilish;
- iqtisodiy siyosat choralari – tovarlarni va transport vositalarini
bojxona hududiga olib kirishga va ushbu hududdan olib chiqishga doir cheklovlar
bo„lib, ular kvota belgilashni, litsenziyalashni, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotining
jahon xo„jaligi bilan o„zaro hamkorligini tartibga solishning boshqa chora-tadbirlarini
o„z ichiga oladi;
175
- tashuvchi – bojxona nazorati ostida turgan tovarlar tashilishini amalga
oshiruvchi yoki transport vositasidan foydalanish uchun mas‟ul shaxs;
- tovar turkumi – bitta oluvchining manziliga bitta transport hujjati bo„yicha
kelayotgan yoki bitta pochta yuk xati bilan jo„natilayotgan yohud bojxona chegarasi
orqali o„tayotgan bitta jismoniy shaxsning qo„l yukida va bagajida olib o„tilayotgan
tovar yoki uning bir qismi;
- tovarlarni va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o„tish –
tovarlarni va transport vositalarini bojxona hududiga
olib kirish yohud
ushbu hududdan olib chiqish;
- tovarlarning erkin muomalasi – bojxona hududida tovarlarning belgilangan
taqiqlar va cheklovlarsiz aylanishi;
- tovarni chiqarib yuborish – bojxona organlarining bojxona rasmiylashtiruvini
yakunlovchi va ma‟lum qilingan bojxona rejimi shartlaridan kelib chiqqanholda
tovarlardan foydalanishga va ularni tasarruf etishga ruxsat berilganligini
ifodalovchi harakati;
- yuk operatsiyalari – bojxona nazorati ostida turgan
tovarlarni va transport
vositalarini tashish, yuklash, tushirish, qayta yuklash, ularning buzilgan o„rovlarini
to„g„rilash, ularni o„rash, qayta o„rash va tashish uchun qabul qilish;
-
O„zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo„mitasining yagona
avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bojxona organlarining axborot tizimi) – bojxona
chegarasi orqali olib o„tiladigan tovarlarning va transport vositalarining bojxona
nazoratini amalga oshirish uchun ularga doir hujjatlar va ma‟lumotlarning
kiritilishini, hisobga olinishini hamda monitoring qilinishini nazarda tutuvchi
O„zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo„mitasining avtomatlashtirilgan tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: