Эркин иқтисодий ҳудудлар



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/439
Sana03.02.2022
Hajmi7,25 Mb.
#427725
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   439
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

6-bob.
ERKIN 
IQTISODIY 
HUDUDLARDA 
BOJXONA 
RASMIYLASHTIRUVINING O„ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
6.1.
Erkin iqtisodiy hududlarda bojxona ishi 
va uni tashkil etish 
EIHda bojxona ishi O„zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi asosida 
yuritiladi. Bojxona ishi O„zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo„mitasi va tashqi 
iqtisodiy faoliyat bilan (eksport-import) shug„ullanuvchi tadbirkorlar o„rtasida yuzaga 
keladigan bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona nazorati bilan bog„liq munosabatlarni 
o„zida aks etiradi. Ushbu Kodeks O„zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi 
orqali tovarlarni va transport vositalarini olib o„tish, bojxona to„lovlarini undirish, 
bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona nazoratini amalga oshirish, shuningdek, bojxona 
to„g„risidagi qonun hujjatlarini buzish hollarining oldini olish, ularni aniqlash va 
ularga chek qo„yish tartibini belgilash bilan bog„liq munosabatlarni tartibga soladi. 
Agar O„zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O„zbekiston 
Respublikasining bojxona to„g„risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan 
boshqacha qoidalar belgilangan bo„lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo„llaniladi. 
Bojxona ishida bojxona organi bojxona deklaratsiyasini va boshqa hujjatlarni 
qabul qilib olgan kuni amalda bo„lgan qonun hujjatlari qo„llaniladi. Bunda bojxona 
ishida asosiy vazifa bojxona organlari zimmasiga yuklatiladi. Shunga ko„ra, 
O„zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-oktabrda qabul qilingan “Davlat bojxona 
xizmati to„g„risida”gi yangi tahrirdagi Qonunining 3-moddasida bojxona 
organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iboratligi belgilab qo„yilgan: 
- jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonun bilan 
muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish; 
- o„z vakolati doirasida O„zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini 
himoya qilish va uning iqtisodiy xavfsizligini ta‟minlash; 
- bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirish; 
- bojxona to„lovlarini undirish; 
- bojxona to„g„risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga 
oshirish, qonun hujjatlari buzilishlarining, shu jumladan, kontrabandaning oldini 
olish, ularni aniqlash va ularga chek qo„yish; 
- tashqi savdo operatsiyalarining monitoringini amalga oshirish, eksport-import 
shartnomalarining ijrosini tahlil qilish, shuningdek, tashqi savdo operatsiyalarining 
bojxona organlariga taalluqli qismini o„tkazishda valyuta to„g„risidagi qonun 
hujjatlariga rioya etish; 
- tovarlarning tashqi savdosiga doir bojxona statistikasini hamda tashqi iqtisodiy 
faoliyatning tovar nomenklaturasini yuritish; 
- fuqarolarning bojxona sohasidagi huquqiy madaniyatini yuksaltirish; 
-xavfni 
boshqarish 
tizimi 
qo„llanilishi 
samaradorligining 
muntazam 
monitoringini amalga oshirish; 
-bojxona 
organlari 
faoliyatida 
zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini va nazoratning texnik vositalarini qo„llash; 


172 
- bojxona ishini rivojlantirish va takomillashtirishning ustuvor yo„nalishlarini 
ishlab chiqish; 
- O„zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bojxona ishiga taalluqli 
qismidan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini ta‟minlash. 
Bojxona organlari faoliyatining asosiy tamoyillari qonuniylik, yagonalik, 
ochiqlik va shaffoflik, jismoniy hamda yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari 
va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ushbu huquqlar, erkinliklar va qonuniy 
manfaatlarni hurmat qilishdan iboratdir. 
EIHlarda bojxona rasmiylashtiruvi ishlari bojxona organlarining qonuniy 
huquqlari doirasida bajaradigan funksiyalari quyidagi rasmda keltirilgan. 

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   439




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish