252
Qonunchilikka ko„ra, bunday hududlar maydoni, haqiqatda, katta hisoblanadi.
Masalan, foreign trade zone Tacoma (shtat Vashington) maydoni 620 akr (FTZ #86
brochure - Port of Tacoma)ni tashkil etadi.
Ixtisoslashgan zonalar (subzonalar) faoliyati
umumiy maqsadlar uchun
(foydalanish) tashqi savdo zonasidan farqli ravishda faqat bitta foydalanuvchiga
yo„naltirilgan yirik kompaniyalar manfaatlari uchun tashkil etilgan.
Bunday zonalar xususiy korxonalarning yig„ish zavodlarini yoki turli xil sanoat
korxonalarini tashkil etish uchun umumiy maqsadlar uchun (foydalanish)
zonalarni
boshqarish qaroriga muvofiq yaratiladi.
Ixtisoslashgan zonalar (subzonalar)ning mavqei umumiy maqsadlar uchun
(foydalanish) zona maqomidan keyingi darajada bo„lib, bunday hududlar,
qoida
tariqasida, mavjud ishlab chiqarish obyektlariga beriladi. Subzonalar texnik jihatdan
umumiy maqsadlar uchun (foydalanish) zonalar tarkibiga kiradi, lekin,
geografik
jihatdan ulardan ancha uzoqda (chetda) joylashgan bo„lishi mumkin.
AQShda TSHlari (foreign trade zone) bojxona xarajatlarini pasaytirish yo„li
bilan tashqi savdo faoliyatini faollashtirish uchun tashkil etilgan bo„lib, bunda, eng
avvalo, avtomobillar ishlab chiqarish uchun uning metallari va komponentlari
importiga bojxona tariflarini qisqartirishni ko„zda tutadi.
Bugungi kunga kelib AQShda barcha portlar,
aeroportlar, yirik omborxonalar
TSHlariga aylantirilgan. Bunda ushbu hududlarda hech qanday salbiy holat (ular
faoliyati bo„yicha) mavjud emas, ular o„z faoliyati davomida faqat o„zlarining ijobiy
tomonlarini namoyon etib kelgan va tavsiya etib kelmoqdalar.
Shunday qilib, AQSh iqtisodiyotiga chuqur integratsiyalangan TSHlari ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishiga katta hissa qo„shmoqda. Bu, birinchi navbatda,
AQShda
ishlab chiqariladigan imtiyozli soliq rejimidan foydalanib, milliy kompaniyalarni
rag„batlantirish orqali AQSh bozorida sotiladigan
xorijiy tovarlarga nisbatan
raqobatbardosh bo„lgan turli xil tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish orqali amalga
oshiriladi.
TSHlarining faoliyati,
shuningdek, mamlakatdagi investitsiya muhitiga ijobiy
ta‟sir ko„rsatadi, ishni qisqartirish tendensiyasiga qarshi turadi va tashqi savdoning
o„sishiga hissa qo„shadi. Ushbu hududlarning roli ham ichki bozor ehtiyojlariga javob
berishda ham kuchaymoqda – o„tgan asrning 90 yillari boshlarida ushbu hududlarda
ishlab chiqarilgan va qayta ishlangan mahsulotlarning 88 foizi sotilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: