№
47
O`zingizni to`laligingizcha unga bahshida etganingizni namoyish etishingiz huddi
sirkdagi o`rgatilgan itning halqadan sakrash tamoshasiga o`hshaydi.
•
Birinchi uchrashuvdan oldin soatlab telefonda gaplashmang. Hazil huzul qiling. Dadil
gapiring. Uchrashuv borasida o`z rejangiz va taklifingizni ilgari suring va muloyimlik
bilan suhbatga yakun yasang.
•Munosabatning ilk bosqichida jiddiy muammolarni tahlil qilmang. Psihoanalitiklar
sevadigan terminlarni ishlatmang. Katarsis, proses, trigger va yana ichki go`dakmiey.
Munosabatlaringizdan tinchlantiruvchi damlama tayyorlab, uning qalb yarasiga
malham bo`lishingizni aytib yurmang
•Munajjimlar bashoratiga ishonsangiz merkuriy yupiterga teskari yo`nalishda
harakatlangandagina u bilan uchrashuvga chiqa olishingizni aytmang.
82
•Oldingi hayotingizda kim bo`lganingiz va kelasi hayotingizda kim bo`lishingiz haqida
gapirib yurmang u sizni tomi ketgan deb hisoblashi mumkin.
• Ilk tanishgan kezlaringizda haftada bir marttadan ortiq uchrashmang. Keyinchalik
haftada ikki martadan bo`lishi mumkin.
•Agar qo`ng`iroq qilmasa esdan og`mang va o`zingiz hovriqib qo`ng`iroq qilib yurmang.
Qaytaga u siz uni qo`ng`irog`iga nega javob bermayotganingizni o`ylab qiynalsin.
•Agar u sizni qimmat restoranga taklif qilgan bo`lsa keyin qo`rniz ochligidan uning
tarelkasidagi ovqatga tikilmaslik uchun ko`katlardangina iborat salat buyurtma
qilmang. Asabiymashmang , o`zingizni yahshi hulqli ekaningiz bilan taasurot qoldirishga
urinmang. Hayotdan zavqlaning va buni yashrimang.
•Birinchi oqshomni bolalikdagi dil jarohatlarini yengish haqidagi hikoyalarga bag`ishlab
rasvo qilmang.
•Birinchi uchrashuvdan erkak kishini tuzatishni boshlamang. Men bir ayolni bilaman u
o`z do`stini ishga bo`lgan bog`liqligini bartaraf etishga yordam berish uchun “Morri
bilan seshanba”nomli kitobini sovg`a qilgan. O`taketgan psihoanalitik tahlil har qanday
odamni cho`chitishi mumkin.
•U do`stlari bilan yig`iladigan o`tirishlarga birga bormang. Sizga ham og`aynisidek
muomala qilishini istamaysizku.
•Uydami yo yo`qmi bilish uchun uning uyi atrofida o`ralashmang
•Agar u sizni kech bo`lganda uyiga taklif qilsa yugirib ketmang
•Kasallik darajasiga yetgan yomon odatlari bor erkak bilan uchrashmang. Unga yordam
beraman den homtama bo`lmang, giyohvandlik yoki aroqho`rlik botqog`idan olib
chiqaman deb urinmang. O`z muammolarini o`zi hal qilsin. O`z tanansiga to`gri
munosabat qilolmagan erkak sizga ham yahshi munosabatda bo`lolmaydi.
•Rossa istasangiz ham haftada bir martadan ortiq unga qo`ng`iroq qilmang.
Avtojavobbergichiga uzundan uzoq hisisyotlarga to`la dil izhorlari qoldirmang,balki
qisqa va do`stona gapiring.
• Elektron pochtasiga ham haftada bittadan ortiq hat jo`natmang. “Hissiyotlar”,
“munosabatlar”, sizda nima “yo`qligi” sizga nima “kerakligi” haqida yozmang. Bordiyu
83
u sizga hat yozib qolsa javob berishga hovriqmay hech bo`lmasa o`ttiz sekund sabr
qiling.
•Uni deb ovqatdan, uyqudan yoki jismoniy mashg`ulotlardan voz kechmang. Odatdagi
kun tartibingizni ushlang. Agar u siz unga ajrata olishingiz mumkin bo`lgan vaqtdan
ko`proq siz bilan birga bo`lmoqchi bo`lmasa uni o`z mashg`ulotlaringizga taklif qiling.
Masalan itingizni aylantirish yoki dam olish kunlari velosiped uchish kabi.
•Uni sog`inganingiz uchungina ohirgi daqiqada belgilangan uchrashuvga rozi bo`lmang
•Hovli atrofida maqsadsiz tentiramang, har besh daqiqada hat kelmadimi deb
pochtaga yugurmang,unga kuniga ming martalab qo`ng`iroq qilmang. Biroz tin oling,
dush yoki vanna qabul qiling,ovqatlaning va tinchlaning. O`z ritmingizga mutanosib
yashang. U sizni o`z shahsiy hayotingiz borligi va undan mamnun ekaningizni bilishi
kerak.
•agar siz u bilan gaplashayotgan bo`lsangizu eshik qo`ng`irog`I jiringlab qolsa hecham :
“trubkani qo`ymay tur, bilaychi kim ekan undan tezroq qutulishga harakat qilaman”
demang. Unga qo`ng`iroq qilganingizda o`tgan kuningizni bittalab hisobini bermang.
•Undan mehrni tilab olmang, talab ham qilmang. Agar sevgingiz javobsiz qolishini his
etsangiz uni izhor qilib yurmang. Agar sizga e`tibor qilmayotgan bo`lsa diqqatini
torataman deb aylanib o`rgilavermang.
•Telefonni quliga aylanmang. Avtojavobbergichdagi uni habarlarini qayta qayta
aylantirib dugonalaringiz bilan tahlil qilib yurmang. Undan ko`ra quyidagi savollarga
javob bering. U sizni hayotingizni to`ldirayaptimi? U bilan o`zingizni yahshi his
qilasizmi? Agar yo`q bo`lsa undan kelgan barcha habarlarni belgilab “delete” tugmasini
bosing va uni o`zini ham hayotingizdan o`chirib tashlang.
•Birinchi uchrashuvdan keyinoq telefon raqamini yod olmang. Unga qo`ng`iroq qilib
keyin bosib qo`ymang. Siz ekaningizni u juda yahshi biladi.
•Agar uni kayfiyati yo`qroq bo`lsa, uzr so`ranggu undan nari keting va o`z
yumushlaringiz bilan mashg`ul bo`ling.
• Asosiy diqqatni o`z hayotingizga qarating. Shundagina uning nazdida mag`rur
ko`rinasiz.
84
Do'stlaringiz bilan baham: |