Qo’shimcha ish haqi deb xodimlarning ishlamagan vaqti uchun amaldagi qonun-qoidalarga muvofiq to’lanadigan haqga aytiladi. Masalan, mehnat ta’tili uchun, yoshi 18 ga yetmagan o’smirlarning ishlamagan soati uchun, davlat, jamoa ishlari bilan band bo’lingani uchun to’lanadigan haq va boshqalar.
Fermer xo’jaliklari xodimlarining asosiy va qo’shimcha mehnat haqlari hamda ro’yxatda bo’lmagan xodimlar mehnat haqi summasi mehnatga haq to’lash fondini tashkil qiladi. Unga quyidagilar kiradi:
- fermer xo’jaliklarida mehnatga haq to’lash shakllari va tizimlariga muvofiq hisoblangan mehnat haqi;
- mehnat haqi ko’rinishida berilgan mahsulot qiymati;
-tarif stavkalari va okladlariga qo’shimchalar;
-mukofotlar;
- fermer xo’jaliklari shtatida bo’lmagan xodimlar mehnatiga haq;
-mehnat ta’tiliga to’lanadigan haq va boshqalar.
Fermer xo’jaliklari pul to’lovlari va rag’batlantirishlariga quyidagilar kiradi:
-yillik ish yakunlari bo’yicha rag’batlantirish;
-ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarganligi uchun rag’batlantirish;
- fermer xo’jaliklaridan o’qishga yuborilgan talabalarga stipendiya;
-davolanish uchun beriladigan yo’llanmalar qiymati va boshqalar.
Fermer xo’jaliklari xodimlarning o’rtacha mehnat haqi. Fermer xo’jaliklari xodimlari o’rtacha ish haqiga korxonalarda mehnatga haq to’lash fondi tarkibiga kiritiladigan jami to’lovlar kiradi. Faqat fermer xo’jaliklari shtatida bo’lmagan xodimlar mehnatiga to’lanadigan haq kiritilmaydi. O’rtacha mehnat haqiga pul to’lovlari va rag’batlantirishlardan tashqari yil natijalari bo’yicha rag’batlantirish hamda ishlab chiqarish topshirig’ini bajarganligi uchun mukofotlar ham kiradi. Fermer xo’jaliklari xodimlari o’rtacha daromadiga o’rtacha ish haqiga kiritiladigan summalardan tashqari yana moddiy yordam, mehnat faxriylari nafaqaga ketayotgan vaqtlarida to’lanadigan mukofot, talabalar stipendiyasi, korxonalar xodimlariga beriladigan yengilliklar, davolanish uchun beriladigan yo’llanmalar va boshqalar kiradi.
Fermer xo’jaliklarida mehnatga haq to’lash fondini tarkibiga kirmaydigan to’lovlarga quyidagilar kiradi:
-tadqiqot va rasionalizotirlik takliflari uchun rag’batlantirish;
-xizmat safari xarajatlari;
-vaqtincha mehnat qobilyatini yo’qotganligi uchun nafaqa;
-maxsus kiyim, poyabzal qiymati;
-o’quv muassasalari, bolalar internatlariga ko’rsatiladigan yordam;
-madaniy-ommaviy tadbirlarini olib borish uchun ijaraga olingan bino ijara haqi;
-profilakreditoriy, dam olish uylari, pansionatlar xarajatlari;
-kutubxonalar, tibbiyot punkrediti, muzeylar bilan bog’liq xarajatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |