Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini o‘tkazadigan moddalar



Download 48,07 Kb.
bet6/22
Sana29.04.2020
Hajmi48,07 Kb.
#48155
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
жавоблар билетларни

Konsentrlangan sulfat kislota juda kuchli oksidlovchi bo‘lgani uchun, deyarli barcha metallar bilan reaksiyaga kirishadi. U kumush (Ag), oltin (Au) va platina (Pt) ga, konsentratsiyasi 100% ga yaqin bo‘lganda Fe ga ta’sir etmaydi. Sulfat kislota metallar bilan reaksiyaga kirishganda metallarning faolligiga, sulfat kislotaning konsentratsiyasi va reaksiya sharoitiga qarab SO2, S yoki H2S gazlarini ajratib chiqaradi:

Konsentrlangan sulfat kislota qaynatilganda metallmaslar bilan ham reaksiyaga kirishadi:

Konsentrlangan sulfat kislota shakar, qog‘oz, yog‘och va gazlamalar tarkibidagi sellyulozadan suvni tortib oladi va ularni ko‘mirga aylantiradi:

Sulfat kislota va sulfatlarni aniqlash uchun bariyning eruvchan tuzi (bariy xlorid) ni ta’sir ettiramiz. Reaksiya natijasida suvda ham, nitrat kislotada ham erimaydigan oq cho‘kma tushadi:

H2SO4 + BaCl2 =↓BaSO4 + 2HCl

Na2SO4 + BaCl2 = ↓BaSO4 + 2NaCl


2. Karbonat kislota H2CO3 - beqaror modda bo'lib, faqat suvli eritmalardagina mavjud bo'la oladi.

H2O+ CO2 = H2CO3

H2CO3 - kuchsiz, ikki negizli kislota. Suvli eritmasida ikki bosqichda dissotsiatsiyalanadi:

H2CO3 = HCO3 - + H+ HCO3 = H+ + CO3 2-

Karbonat kislota faqat ishqoriy va ishqoriy-yer metallari oksidlari va gidroksidlari bilan ta'sirlashadi.

H2CO3 + CaO = CaCO3↓ + H2O

H2CO3+ 2NaOH = Na2CO3 + 2H2O

Kislota mo'l bo'lganda nordon tuz hosil qiladi: H2CO3+ NaOH = NaHCO3 + H2O

Uning o'rta tuzlari karbonatlar. K2CO3 - kaliy karbonat, CaCO3 - kalsiy karbonat;

nordon tuzlari giclrokarbonatlar. KHCO3 - kaliy gidrokarbonat, Ca(HCO3), - kalsiy gidrokarbonat deb ataladi.

Ishqoriy metallar va ammoniy karbonatlar, barcha gidrokarbonatlar suvda erib, gidrolizga uchraydi; boshqa karbonatlar suvda erimaydi.

Kuchli kislotalar karbonatlar, gidrokarbonatlarga ta'sir etganda karbonat angidrid ajralib chiqadi:

Na2CO3 + 2HC1 =2NaCl+ CO2↑ + H2O

Ca(HCO3)2 + 2HC1= CaCl2 + 2CO2↑ + 2H2O

Natriy karbonat Na2CO3 - suvsizlantirilgan soda sun'iy ravishda olinadi va shisha, sovun olishda, qog'oz, to'qimachilik, neft sanoatida, turmushda ishlatiladi.

Natriy gidrokarbonat NaHCO3 - ichimlik sodasi tibbiyotda, non mahsulotlari tayyorlashda, o't o'chirish ballonlarini zaryadlashda ishlatiladi.




Download 48,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish