Oqsillarning umumiy xossalari. Oqsillarning biologik faolligi ularning molekulasi fazoviy tuzilishi va kimyoviy tuzilishiga bog'liq bo'ladi. Oqsillar turli fizik xossalarga ega: ba'zilari suvda kolloid eritma hosil qilib eriydi (tuxum oqsili), ba'zilari tuzlarning suyultirilgan eritmalarida eriydi, uchinchilari umuman
(teri to'qimalarining oqsillari). Ba'zi oqsillar (qon gemoglobini, tovuq tuxumi oqsili) kristall holda ajratib olinishi mumkin.
Kimyoviy xossalari. Fermentlar ta'sirida yoki kislota va ishqor eritmalari bilan qizdirilganda oqsillar gidrolizlanadi. Gidrolizning oxirgi mahsuloti aminokislotalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |