11.2. G‘arbiy Evropa davlatlari va AQSHda reklamaning rivojlanishi
Amerika qit’asida reklama e’lonlarini chop etishga ixtisoslashgan dastlabki
nashr “Boston Nyus-letter” gazetasi (1704 yil) bo‘ldi. 1729 yilda Benjamin
Franklin tomonidan ta’sis etilgan “Gazett” ko‘plab reklamalarni nashr qilardi.
Umuman, AQSHda reklamaning ravnaq topishi Benjamin Franklin nomi bilan
bog‘liq. “Gazett” adadining ko‘pligi bilan bir qatorda, mustamlaka Amerikasidagi
barcha nashrlar orasida eng ko‘p reklama e’lonlari chop etiladigan ommaviy
axborot vositasi hisoblangan.
1844 yilning iyul oyida mashhur yozuvchi Edgar Po muharrirlik qilgan “Sajeri
Messenjer” jurnalida ilk jurnal reklamasi paydo bo‘ldi. Ma’lumki, gazetalar
o‘sha vaqtda muayyan hudud asosan shaharlarda tarqatilgan. Jurnallarning butun
mamlakatda tarqatilishi uchun ularda reklama e’lonlarining berila borilishi
umummilliy reklamani yo‘lga qo‘yishga imkon bergan.
1839 yilda fotografiyaning paydo bo‘lishi reklama matnlarining ishonchli va
haqqoniy suratlar bilan to‘ldirilishini ta’minladi. 1844 yilda telegraf ixtiro
qilinishi eng olis hududlarning ham markaz bilan aloqa bog‘lashini yo‘lga
qo‘yishga xizmat qilgan. Natijada reklama bebaho raqobat usullari, marketing
funksiyalaridan biriga aylandi.
Reklama bilan bo‘lim va vakolatxonalarning keng tarmog‘iga ega bo‘lgan
maxsus firma hamda agnetliklar, shuningdek, sanoat va savdo kompaniyalarining
yirik korxona, nashriyot va hokozolarning reklama bo‘limlari shuug‘ullana
boshladilar. Reklama agentliklari o‘z faoliyatlarida dastavval gazeta sahifalarini
sotib olish va ularni reklama beruvchilarga katta foyda olish hisobiga qayta
sotish bilan shug‘ullanganlar.Masalan, 1841 yilda Filadelfiyada noshirlar bilan
gazeta va jurnallar sahifalarini sotib olishga shartnoma tuzib, keyin bu sahifa
maydonlarini reklama beruvchilarga sotgan. O‘sha vaqtlarda reklama matnlarini
reklama beruvchilar tayyorlashgan. Keyinchalik esa reklama agentliklari e’lonlar
matnlarini o‘zlari tayyorlay boshlaganlar. Reklama e’lonlarini rejalashtirish,
matnlarni tayyorlash va reklama kampaniyalari o‘tkazish bilan shug‘ullana
214
boshlagan ilk agentlik “Ayyor va uning o‘g‘li” nomi bilan 1890 yilda tashkil
etilgan.
1920 yilning 2 noyabrida AQSHning Pensilvaniya shtati Ritsburg shahrida
reklama tarqatishning yangi, qudratli vositasi – radio paydo bo‘ldi. Bu bilan
mamlakat va jahondagi yangiliklarni bevosita sodir bo‘lgan joydan tarqatish
imkoni
tug‘ildi,
insonlar
barcha
ko‘ngilochar
tadbirlar:
adabiyot,musiqa,teatr,sportdan bahramand bo‘la boshladilar.
Kommunikatsiya vositalarini rivojlantirishda eng muhim voqea 1941 yilda - ilk
televidenie eshittirishi boshlanganida ro‘y bardi. Ikkinchi jahon urushidan keyin
televidenie reklamasidan foydalanish jadal sur’atlar bilan kechdi. 1955 yilda
rangli televideniening paydo bo‘lishi esa, reklama ta’sirchanligini oshirishda
yangi ufqlarni ochdi.
XX asrning 70-yillarida reklama strategiyasiga yangicha yondashila boshlandi.
Bu “mavqeli” (“pozitsion”) reklama nomini oldi. YAngi strategiyaga ko‘ra,
reklamada tovarning iste’mol xususiyatlari va nufuzining ahamiyati e’tirof
etilishi bilan birga, bu tovarning iste’molchi tasavvurida raqobatchilarning
mahsulotlariga e’tibor bilan qaralishi kerakligi ta’kidlanadi.Ushbu davr
strategiyasiga xos reklama kampaniyasi sifatida “Folksvagen ”ning “Mo‘‘jazlik
haqida o‘yla!” murojaatini keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |