Reklama byudjeti samaradorligini baholash uchun mutaxassislar T.Pauersning
munosabatlarni baholash va parallel so’rovlar yordamida afzallik va kamchiliklarni
baholash qo’llanadi. Tasodifiy muloqot doirasining parallel so’rovlari telefon
yordamida amalga oshiriladi. Tovarga nisbatan munosabatlarni baholash tayyor
203
javoblarni tanlagan holda baholar shkalasi bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri savollar,
shuningdek, tejamkor-qimmat kabi turdagi javoblar sxemasi bo’yicha semantik
differensial asosida amalga oshiriladi.
Boshqa bir usul – joriy kuzatish bitta muloqot doirasidan intervyular seriyasi,
iste’molchi kundaliklarini yuritish va xaridlarni taftish qilish (iste’molchilar guruh
vakillari vaqti-vaqti bilan tashrif buyurishi va oxirgi payt uchun ularning xaridlar
tarkibini aniqlash) yordamida reklama natijalarini oraliq baholashni nazarda tutadi.
Reklama e’lonlari samaradorligini baholashda quyidagilar hisobga olinadi:
Reklama qilishda foydalaniladigan vosita tarqalganligi: reklama tarqatishda
foydalanish mumkin bo’lgan nashrlar tiraji hamda televizor va radiopriemniklar.
Muloqot doirasi: muayyan nashr soni o’quvchilari, ko’rsatuv tomoshabinlari
soni.
Reklama xabari muloqotlari oni: muayyan reklama murojaati bilan muloqotdan
bo’lgan kishilar soni.
Eslatish. So’rov davomida reklama murojaatini e’lon rangi va hajmi hamda
mahsulot turi bo’yicha eslab qolganlar ulushi odatda umuman muloqotda
bo’lmaganlar sonidan kam bo’ladi.
Reklamani idrok qilish. Reklama mazmuni va detallarini anglab yetgan kishilar
soni odatda e’lonni eslab qolganlar sonidan kam bo’ladi.
Sotuv javobi. Muayyan reklamani joylashtirish natijasida xaridorlar
harakatlarini amalga oshiradigan kishilar soni oddatda eng kam bo’ladi.
Maxsus baholash usullari murojaatni almashtirish yoki uni yangi kuch bilan
yangilash zaruratini aniqlash maqsadida reklamani tarqatish rejalashtirilgan yiklini
tugallash uchun foydalaniladi. Eslab olish, eslatish va munosabatni o’zgartirish
darajachini tahlil qilish usullari qo’llanadi. Sotishni rag’batlantirish va reklama ta’siri
solishtiriladi. Masalan, tadqiqotchilar kir yuvish kukunlari narxining o’zgarishi
reklama ta’siri harakatlarini farqlashdan muhimroq ekanligini aniqlashga erishdilar.
Tovarni bozorga olib kirish galma-galligida ma’lum bir qonuniyat mavjud.
Bitta tovarni boshqa tovar tomonidan siqib chiqarish ma’lum miqdorda qo’shimcha
marketing harakatlarini talab qiladi. Yangi tovarni chiqarishda marketologlar
204
tovarlarni bozorga kiritish galma-galligida bozorda tovarlar ulushni siqib chiqarish
jadvalini tuzish taklif etiladi (10.11-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: