Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B


-MODUL. REKLAMA FAOLIYATINI TASHKIL ETISH



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/272
Sana31.12.2021
Hajmi3,26 Mb.
#207540
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   272
Bog'liq
1502-Текст статьи-4094-1-10-20200627

2-MODUL. REKLAMA FAOLIYATINI TASHKIL ETISH 

   

11-BOB. REKLAMANING RIVOJLANISH TARIXI VA HUQUQIY 

TARTIBGA SOLISHI 

 

11.1. Qadimgi dunyo davlatlarida reklamaning paydo bo‘lishi 

 

Reklamaning dastlabki shakllari milodgacha bo‘lgan qadimiy davrlarda   ham mavjud 



bo‘lgan. Bizgacha etib kelgan, hozirda Buyuk  Britaniya muzeyida saqlanayotgan ilk 

reklama murojati Misrda papirusga bitilgan kulni sotish haqidagi yozuv hisoblanadi . 

Matnda:  “Uning  ikki  qulog‘i    ham  yaxshi  eshitadi,  ikkala  ko‘zi  ko‘radi.  Uning  oz 

taomga qanoatliligi, halolligi, itoatkorligini kafolatlayman ”, deyilgan edi. 

Ammo qadimda  tosh yoki metallga emas, balki devorlarga tirnab yoki bo‘yoq bilan 

yozilgan  reklama  yozuvlari  ko‘proq  ommalashgan.  O‘tmish  tadqiqotchilari    ularni 

graffiti  (italyancha  “graffito”-“tirnalgan”  so‘zidan)  matnlari  deb  atashadi.Ko‘hna 

YUnoniston  va  Rimda  reklama  e’lonlari  yog‘och  taxtachalar,mis  parchalari,suyakka 

o‘yib yozilib, maydonlar,odamlar to‘planadigan boshqa joylarda baland ovozda o‘qib 

berilgan.  Reklama  o‘tmishda  ham  jamiyat hayotida  katta  o‘rin  egallay  boshlaganida 

turli  e’lon  hamda  bildirishlarni  uy-joylarning  devorlarida    betartib  yozmaslik  uchun 

ularga mo‘ljallab maxsus devorlar-“ambuslar”qurilgan.      

Miloddan  avvalgi  73  yilda  vulqondan    otilgan  suyuqlikka  botib  qolganligi  sababli  

o‘zining  asl  qiyofasini    saqlab  qolgan    eng    ko‘hna  Pompey  shahri  ,biz  uchun  bir 

yarim  mingtadan  ko‘proq  reklama  murojaatlarini  saqlab  qolgan.Ularda  jamiyat 

hayotining  va  inson  turmushining    deyarli    barcha  sohalari-siyosiy,iqtisodiy,ijtimoiy  

masalalar ,tomoshalar,turli xizmat turlari haqidagi reklamalar aks etgan. 

Evropa  mamlakatlarida qirolning  farmonlarini.shaharlarda  mahalliy   ma’murlarning  

bo‘yruqlarini  e’lon  qiladigan  maxsus   jarchilar bo‘lgan.Bundan tashqari,  jarchilar 

savdo  uyushmalari  (gildiyalari)  tomonidan  ham  maxsus  yollangan.  XIII    asrda  

Fransiyada    jrachilar    e’lon    qilgan    xabarlar,  reklama    materiallarining  to‘plami    -  

“Parij    jarchilari”  Gilom    de    Vilnev    tomonidan    tayyorlangan.  Umuman,  bu 




 

212 


jarchilarning  Parij  shahri  maydon  va  ko‘chalari    hayotidagi  o‘rni  katta  bo‘lgan. 

Jarchilar    ovoza    qilayotgan    har  bir  taom,    meva  yoki    buyumlar    uchun    alohida  

so‘zlar,ohanglar ishlatishgan.ya’ni o‘ziga xos nutq va musiqa obrazlarini yaratishgan.     

1608  yilda esa Angliya ham “London jarlari” kitobi  nashr etilgan. Unda keltirilgan 

misollardan    birida    shunday    deyilgan:  “Diqqat!    24  yoshli  qiz  haqida  biron  narsa  

xabar qilish  mumkin bo‘lgan  har bir  erkak  yoki ayol jarchiga  buni ma’lum  qiling  

va bu  xizmatingiz  mukofotlanadi”. 

Reklama tarixi dastlab qaerda  paydo  bo‘lganligi: G‘arbdami yoki SHarqdami, bunga  

aniq    javob    berish    mushkul.  Ammo  biz    mavjud    tarixiy    manbaalarga    va  

tadqiqotlarga      asoslngan    holda,  reklama,  savdo-sotiq    maqsadlarini    ko‘zlagan  

axborot    tarqatish    vositasi    sifatida  SHarqda    paydo    bo‘lgan,  deb    hisoblaymiz. 

Ammo reklama  fan  sifatida,  aynan  Evropada  rivojlandi.       

1450  yilda  Gutenberg  tomonidan  matbaa  dastgohining  ixtiro  qilinishi  ommaviy  

kommunikatsiya 

 

vositalarining 



 

tizimini, 

shuningdek, 

reklamani 

ham  

rivojlantirishda  yangi  davrni  boshlab  berdi. Ilgari bir necha  kun  va  mashaqqatli  



mehnatni    talab    qiluvchi    matnlarni    tayyorlashni    matbaa    dastgohlari    yordamida  

tez    bajarish    imkoniyati    tug‘ildi.  1465    yilda    Italiyada    ilk    bosmaxonada    paydo  

bo‘lgan  bo‘lsa,  1468    yilda    SHveysariyada,1470    yilda    Fransiyada,  1473    yilda  

Belgiya,    Vengriya    va  Polshada,  1476    yilda    Angliya,    CHexiya  va    Evropaning  

boshqa mamlakatlarida  ham  matbaa  dastgohlari  ishga  tushdi.          

1472  yilda  ilk marta  reklama  e’loni  chop  etildi. Diniy  kitob  sotuvga  chiqarilgani  

haqidagi  ushbu  matn  Angliya  cherkovlaridan  biriga  osib  qo‘yilgan  edi. 

SHifokor  Teofrast  Renotno  Evropada  bosma  reklamaning  asoschisi  hisoblanadi. 

U  1630  yilda  parijda  “Fransuz  gazetasi”da  reklama  e’lonlarini  chop  etadigan  

idora    tashkil    etgan.  Bu    gazetada    e’lon    qilingan    ilk    reklama    materialida  

o‘g‘irlangan    12    ot    qaerga    yashirilganligini    ma’lum    qilganlar    uchun  mukofot  

berilishi  ko‘rsatilgan  edi. Matbaachilik  rivojlanib  borgani  sari gazetalarda  asosan  

savdo-sotiqqa  doir  e’lonlar  ko‘plab   chop  etilishi  bilan  bir  qatorda,  shahardagi  

bino  devorlarida  qo‘lda  yozilgan  e’lonlar  hamda  bosmaxonalarda  tayyorlangan  

varaqalar  ham  yopishtirila  boshlandi.  



 

213 



Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish