Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/272
Sana31.12.2021
Hajmi3,26 Mb.
#207540
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   272
Bog'liq
1502-Текст статьи-4094-1-10-20200627

Bozorni  tashkil  qilish:  iqtisodiy  sektorning  samaradorlik  darajasiga 

qonunchilikda ruxsat berilgan darajada ta’sir ko‘rsatish. Masalan: 

-boshqaruv  organlarining  yordamidan  foydalangan  holda  tegishli  tarmoqdagi 

raqobatchilik kurashi qoidalarini o‘rnatish; 

-professional  tashkilotlar  tashkil  qilish  (masalan  bozor  haqidagi  ma’lumotlarni 

yig‘ish uchun); 

-ishlab chiqarishni qisqartirish yoki barqarorlashtirish to‘g‘risida bitim tuzish. 

Bu  so‘nggi  uch  strategiya  ko‘proq  mudofaa  xarakteriga  ega  bo‘lib,  ularning 

maqsadi bozorga kirib borish darajasini qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. 

Integratsion  o‘sish  tegishli  firmaning  faoliyat  doirasi  egallab  turgan  tarmoqda 

etarlicha mustahkam bo‘lganda, aynan o‘sha tarmoq miqyosida rivojlanish yo‘llarini 

nazarda tutadi. 

Xususan, regressiv  integratsiya  -  firmaning ta’minotchilarini turli  uslublar bilan 

nazoratga  olishi  yoki  ularga  nisbatan  mustahkamroq  mavqe’ga  ega  bo‘lishi  uchun 

qiladigan  urinishlar  tushuniladi.  Masalan,  poligrafiya  kompaniyasining  sellyuloza 

ishlab chiqaruvchi ta’minotchi kompaniyaning 50 % aksiyalarini sotib olishi va uning 

ustidan moliyaviy nazoratni o‘natishi. 

Progressiv integratsiya esa tegishli firmaning taqsimot tizimi ustidan mustahkam 

mavqega  ega  bo‘lishi,  nazorat  etishi  tushuniladi.  Masalan,  qandolatlar  ishlab 

chiqaruvchi  kompaniyaning  barcha  mintaqalarda  o‘zining  ulgurji  kompaniyalarini 

barpo  etishi  yoki  qandolatlar  bilan  savdo  qiluvchi  maxsus  chakana  savdo 

shahobchalarini ochishi. 

 Gorizontal  integratsiya  -  tegishli  firmani  raqobatchi  korxonalar  ustidan  yuqori 

mavqega  ega  bo‘lishi,  nazorat  etishi  borasidagi  urinishlari  tushuniladi.  Masalan,  bir 

bozorda  tayinli  tovar  guruhi  bo‘yicha  raqobatlashayotgan  A  firmaning  tur 

raqobatchisi bo‘lgan V firmaning sotuvga qo‘yilgan ortiqcha quvvatlarini sotib olishi 

va unga nisbatan o‘z mavqeini mustahkamlashi. 



 

359 


Diversifikatsion  o‘sish  -  tegishli  firmani  o‘zi  faoliyat  ko‘rsatayotgan  tarmoq 

imkoniyatlariga  nisbatan  boshqa  tarmoq  yo‘nalishida  rivojlanishi  samarali  yoki 

maqsadga  muvofiq  bo‘lgan  holda  belgilanadi.  Lekin,  buning  uchun  tegishli  firma 

o‘zga tarmoqda rivojlanishi uchun to‘plagan tajribasi, ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar 

asosida  mavjud  kamchiliklarni  bartaraf  etish,  dastlabki  tarmoq  bo‘yicha 

ixtisoslashuvini o‘zgartirish yo‘llari va imkoniyatlarini baholagan bo‘lishi shart. O‘z 

navbatida diversifikatsion o‘sish quyidagi yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi: 

a)  konsentrik  diversifikatsiya  -  firmaning  o‘z  mahsulotlari  ko‘lamini  marketing 

nuqtai  nazaridan  safdosh,  to‘ldiruvchi  mahsulolar  bilan  boyitishi  borasidagi 

urinishlarini  anglatadi:  masalan,  faqat  kitoblarni  chop  etish  bilan  shug‘ullanuvchi 

kompaniyaning jurnallarini chop etishni ham yo‘lga qo‘yishdi. 

b)  gorizontal  diversifikatsiya  -  tegishli  firma  mahsulotlari  assortimentini 

iste’mol  nuqtai  nazaridan  o‘xshash  bo‘lmagan,  ammo  o‘zaro  bog‘liq  bo‘lgan 

mahsulotlar  bilan  boyitish  borasidagi  urinishlari  tushuniladi;  masalan:  musiqa 

asboblari  ishlab  chiqaruvchi  kompaniyaning  bolalar  uchun  musiqa  maktabini  tashkil 

etishi. 


v)  konglomerat  diversifikatsiya  -  firmaning  mahsulot  ko‘lamini  texnologik, 

iste’mol,  jihatdan  umuman  bog‘liq  bo‘lmagan  mahsulotlar  ishlab  chiqarishga, 

sotishiga  taalluqli  bo‘lgan  urinishlar  tushuniladi.  masalan,  farmatsevtik 

kompaniyaning  kompyuter  dasturlari  ishlab  chiqish  yo‘nalishi  bo‘yicha  rivojlanish 

hatti-harakatlari. 

Firmalar  o‘sish  yo‘nalishlari  aynan  bir  yo‘nalishda  amaliyotda  namoyon 

bo‘lmaydi,  ayrim  SXZ  uchun  turlicha  tarzda  va  ko‘lamda  belgilanadi.  Masalan, 

Germaniyaning  BASF  kompaniyasi  nafaqat  kino  va  fotografiya  uchun  maxsulotlar 

ishlab chiqaradi, balki qishloq xo‘jaligi uchun mineral moddalar xam ishlab chiqaradi 

va  ularning  tarkibini  takomillashtirish  bo‘yicha  izlanishlarni  tashkil  etadi.  Bunga 

yana  yorqin  misol  bo‘lib  yirik  yapon  firmalarini  keltirish  mumkin.  Jumladan, 

Mitsubisi,  Toyota,  Nissan  firmalari  bir-biriga  texnologik  va  iste’mol  jihatidan  xam 

umuman  bog‘liq  bo‘lmagan  mahsulotlarni  ishlab  chiqarish,  sotish  va  ilmiy  izlanish 

ishlarini  amalga  oshiradilar.  Bunga  asosiy  sabablardan  biri  ushbu  firmalarning 




 

360 


tegishli  sohalar  va  yo‘nalishlar  bo‘yicha  etarli  tajriba  to‘plaganligi,  firma 

salohiyatining  barcha  yo‘nalishlari  bo‘yicha  yuksak  ahamiyat  berganidir.  Demak, 

istiqbolni  yanada  keng  imkoniyatli  faoliyat  masshtabiga  aylantirish  uchun  mumkin 

qadar  diversifikatsiya  yo‘nalishida  rivojlanishni  tashkil  etish  muhim  ahamiyat  kasb 

etadi. 

 


Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish