Bozordagi o‘z ulushini oshirish: tovarlarni o‘tkazish bo‘yicha faol hatti-
harakatlar orqali raqobatchi firmalarning sobiq mijozlarini jalb qilish, masalan:
-sotilayotgan tovar yoki ko‘rsatilayotgan xizmatlarni yaxshilash;
-markani pozitsiyasini o‘zgartirish;
-narxni sezilarli kamaytirishga jur’at etish;
-sotish tarmog‘ini mustahkamlash;
-sotishni rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Bunday hatti-harakatlar birlamchi talab kengaymadigan bo‘lib qolgan, ya’ni
tovar hayot siklining etuklik bosqichida bo‘lgan bozorlarga xosdir.
Bozorlarni quyidagi yo‘llar bilan sotib olish:
-raqobatchi firmani uning bozordagi ulushini qo‘lga kiritish maqsadida sotib
olish;
-bozordagi katta ulushni nazorat qilish maqsadida qo‘shma korxona tashkil
qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |