364
19-BOB. REKLAMA FAOLIYATI SAMARADORLIGINI BAHOLASH.
XALQARO REKLAMA
19.1. Reklama tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi
Reklama beruvchi reklama qilish samaradorligini hisobga olishni yo‘lga
qo‘yishi to‘g‘riroq bo‘ladi. Bu reklamaning maqsadga muvofiqligi va uning alohida
vositalari unumdorligi haqida axborot olishga, potensial xaridorlarga reklama optimal
ta’siri shartlarini aniqlashga imkon beradi.
Reklama kampaniyasining, alohida reklama vositalarining samaradorligini
ko‘pchilik holatlarda mutlaq aniq belgilab bo‘lmaydi. Biroq taxminiy hisob-kitoblar
ham o‘zini oqlaydi.
Reklamaning iqtisodiy samaradorligi va alohida reklama vositalarining inson
ongiga psixologik ta’siri samaradorligi (reklamaga e’tibor jalb qilish, xotirada saqlab
qolish va h.k.) farqlanadi. Bunda psixologik ta’sir potensial iste’molchilarni xaridni
amalga oshirishga olib keladigan hollarda unumli bo‘ladi. Shunday qilib,
reklamaning iqtisodiy samaradorligi uning insonga psixologik ta’sir darajasiga
bog‘liq bo‘ladi.
Reklamaning iqtisodiy samaradorligi ko‘pincha uning tovaraylanma
rivojlanishiga ta’sirini o‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi. reklama qanday samara
berganini tovar sotuvining o‘sishi reklama ta’siri ostida darhol o‘sgan hollarda eng
aniq belgilash mumkin. Bu yangi kundalik talab tovarlari reklama qilingan holatlarda
ro‘y berishi ehtimoli eng yuqoridir.
Shu bilan bir paytda, uzoq muddat foydalaniladigan qimmatbaho tovarni xarid
qilishdan oldin albatta o‘ylab ko‘rish shart. Bu holatda reklama samarasi birdaniga
ko‘zga ko‘rinmasligi mumkin. Birinchi navbatda, xaridor tovar chiqarilgani haqida
bilib oladi, so‘ngra u tovar sifati va xususiyatlari haqida batafsil axborot bilan
qiziqadi. SHundan so‘ng u reklama qilinayotgan tovarni afzal ko‘rishi va uni xarid
qilish istagi paydo bo‘lishi, oqibatda bu tovarni sotib olishi mumkin.
Reklama tovaraylanmaning o‘sishiga qanchalik ta’sir ko‘rsatganini aniqlash
365
uchun tezkor va buxgalteriya ma’lumotlari tahlil qilinadi. Bunda shuni e’tiborga olish
kerakki, reklamadan tashqari tovarni sotishga tovarning sifati va iste’mol
xususiyatlari, narxi, tashqi ko‘rinishi, shuningdek, savdo korxonasi joylashgan joy,
xaridorlarga xizmat ko‘rsatish madaniyati, xuddi shunga o‘xshash mahsulot yoki
xizmatlar sotuvda borligi ham ta’sir ko‘rsatadi.
Reklama ta’siri ostida qo‘shimcha tovaraylanma quyidagi formula bo‘yicha
aniqlanadi:
bu erda T
d
– reklama ta’siri ostida qo‘shimcha tovaraylanma, rub.;
T
s
– reklama davrigacha o‘rtacha kundalik tovaraylanma, rub.;
P – reklama davrida va reklamadan keyingi davrda o‘rtacha kundalik
tovaraylanmaning o‘sishi, %;
D – reklama davrida va reklamadan keyingi davrda tovaraylanmani hisobga
olish kunlari soni.
Reklamaning iqtisodiy samaradorligi haqida reklama vositasini qo‘llash yoki
reklama kampaniyasi o‘tkazishda erishilgan iqtisodiy natija bo‘yicha mulohaza
yuritish mumkin. Iqtisodiy natija reklama ta’siri ostida olingan qo‘shimcha
tovaraylanmadan foyda va uning xarajatlari o‘rtasidagi nisbat bilan belgilanadi.
Iqtisodiy samarani hisob-kitob qilish uchun quyidagi formuladan foydalanish
mumkin:
bu erda E – reklama qilishdan iqtisodiy samara, rub.;
T
d
– reklama ta’siri ostida qo‘shimcha tovaraylanma, rub.;
N
t
– tovar uchun savdo ustamasi, sotuv narxi %ida;
U
p
– reklama xarajatlari, rub.;
U
d
– tovaraylanma o‘sishi bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlar, rub.
Ushbu holatda biz reklama tadbiri o‘tkazishdan olingan samarani uni amalga
oshirish xarajatlari bilan taqqoslaymiz. Bunday taqqoslash natijalari uch xil variantda
366
bo‘lishi mumkin:
1. Reklama tadbiri samarasi uni o‘tkazish xarajatlariga teng.
2. Reklama tadbiri samarasi uni o‘tkazish xarajatlaridan katta (foydali).
3. Reklama tadbiri samarasi uni o‘tkazish xarajatlaridan kam.
Biroq olingan ma’lumotlar turli reklama tadbirlari o‘tkazish xarajatlari maqsad
samaradorligini taqqoslash uchun hali etarli emas. Reklama xarajatlari
samaradorligini uning rentabelligi aniqroq tavsiflaydi.
Reklama rentabelligi bu – olingan foydaning xarajatlarga nisbatidir. U quyidagi
formula bo‘yicha aniqlanadi:
bu erda R – tovarni reklama qilish rentabelligi, %;
P – tovarni reklama qilishdan olingan foyda, rub.;
U – ushbu tovarni reklama qilish xarajatlari, rub.
Do'stlaringiz bilan baham: