2. Bosma mahsulot vositasida pablisiti quyidagi shakllarga ega bo‘ldi:
2.1.Firma faoliyati haqida yillik rasmiy hisobotlar chop etish. Ko‘plab
mamlakatlarda ayrim korxona turlari (masalan, aksiyadorlik jamiyatlari) uchun
moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari haqida ma’lumotlar chop etish majburiy bo‘lib,
bu qonunchilik tomonidan belgilab qo‘yilgan.
2.2.Firmaning targ‘ibot taqdimotini nashr etish. Odatda nufuzli prospektda firma
tarixi, uning erishgan eng muhim yutuqlari aks ettiriladi. Ayrim holatlarda u
o‘quvchini firmaning tashkiliy strukturasi, uning rahbarlari bilan tanishtiradi.
SHunday qilib, prospekt firma va jamoatchilik o‘rtasida ishonch va ochiqlik muhiti
shakllanishiga xizmat qiladi. Odatda ommaviy axborot vositalari tahririyatlari,
hukumat muassasalari, ishbilarmon hamkorlar, ta’lim muassasalari va h.k.
jo‘natmalarni oluvchilar hisoblanadi.
2.3.Firma jurnalini nashr etish (boshqa ommaviy axborot vositalari tashkil
etish). Bu eng qimmatga tushadigan targ‘ibot vositalaridan biri hisoblanib, jurnalni
rasmiylashtirish (bezash) nuqtai nazaridan ham, uning mazmuni nuqtai nazaridan
ham yuqori darajani ta’minlash zarurati bilan izohlanadi. SHu sababli firma jurnali
nashr etilishining o‘zi firmaning ahamiyati yuqori ekanligi, uning moliyaviy holati
barqarorligidan dalolat beradi.
251
Irlandiya aviakompaniyasi tomonidan nashr etiladigan «Geytvey» («Gateway» -
ingl. «darvoza») firma jurnali nomerlaridan birini varaqlab ko‘ramiz.
Birinchi navbatda poligrafiya sifatining yuqori ekanligi o‘ziga e’tibor qaratadi.
Jurnal muqovasida kompaniyaning firma uslubi elementlari (tovar belgisi va logotipi)
mavjud. Birinchi sahifa o‘quvchilar firma rahbariyati tomonidan uning yubileyi
munosabati bilan tabriklashga bag‘ishlanadi. Kompaniya boshqaruvchisining rasmi
ham shu erda joylashgan – savlatli, xayrixoh kishi kulib turibdi. YAna uch sahifa
yubiley munosabati bilan bayram tantanalari haqidagi hisobotga ajratilgan. Rangli
fotosuratlar ijrosining yuqori darajada ekanligini qayd etib o‘tish zarur. Jurnalning
qolgan barcha qismi (80 sahifa atrofida) bevosita aviakompaniya bilan bog‘liq emas.
Bu erda turli ocherklar, hikoyalar, reportajlar, tovar ishlab chiqaruvchi firmalar
reklamasi keltirilgan. SHu tariqa jurnalning o‘quvchilar orasida ommaviyligiga
erishiladi.
3.Firma vakillarining kasbiy yoki jamoat tashkilotlari qurultoylari va
anjumanlarida ishtirok etishi. Firma o‘zi ishlayotgan faoliyat sohasi muammolari
bilan bog‘liq ilmiy simpozium yoki seminar o‘tkazish tashabbusi bilan o‘zi ham
chiqishi mumkin.
4.Firma tomonidan voqea-hodisalarga oid turli tadbirlar tashkil etilishi: tashkilot
yubileyi yoki muayyan bozorda faoliyat boshlaganining yillik marosimlari. Bularning
keyingisi firma ular bilan ishlayotgan mamlakat ishbilarmon doiralari va keng
jamoatchilik bilan o‘zaro aloqalar yo‘lga qo‘yayotgan tashqi savdo firmasi pablisitisi
uchun juda muhimdir.
Targ‘ibot tadbirlari uchun firma tomonidan ishlab chiqarilgan milloninchi tovar,
umumiy ovqatlanish tarmog‘iga tashrif bergan yuz millioninchi mijoz va h.k. ham
bahona bo‘lishi mumkin.
5.Firmalarning davlat boshqaruvi organlariga yo‘naltirilgan faoliyati:
5.1.Firmaning davlat boshqaruv organlariga «o‘z» odamlarini ilgari surishi
(lobbi shakllantirish).
252
5.2.Oliy sifatibilan ajralib turadigan yangilik-tovarlarning davlat rahbarlariga
taqdim etilishi. Masalan, 1993 yil Rossiya Federatsiyasi Prezidenti B. Elsinga VAZ-
2110 avtomobili taqdim etilgan.
5.3.Davlatning birinchi shaxslarining tashkilot tomonidan tashkil qilinayotgan
bayram marosimlarida ishtirok etishga jalb qilinishi. Masalan, 1994 yil AQSH
Prezidenti B.Klintonning «Ford motor» kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan,
mashhur «Mustang» avtomobil markasi bozorga chiqarilganining 30 yilligiga
bag‘ishlangan tadbilarda ishtirok etishi.
6.Boshqa pablisiti vositalari. Masalan, fotoko‘rgazmalar, ochiq eshiklar kunlari,
ommaviy chiqishlar, firmaning badiiy asarlarda ijobiy nuqtai nazardan ifodalanishi va
h.k.
Marketing kommunikatsiyalari turi sifatida tijorat targ‘ibotining asosiy jihatlari
quyidagilar hisoblanadi:
➢ iste’molchilar doirasining keng qamrab olinishi;
➢ ishonchlilik;
➢ qo‘llanayotgan shakllar xilma-xilligi;
➢ ta’sir samarasini o‘lchashda reklamadan ham ko‘ra ko‘proq noaniqlik;
➢ keng miqyosli vazifalarni bajarishga, uzoq muddatli istiqbolga
yo‘naltirilganlik;
➢ ko‘zga yaqqib turish, firma yoki tovarni samarali taqdim etish imkoniyati;
➢ maqsadli doira bilan bitta muloqotning o‘rtacha qiymati nisbatan yuqori
emasligi;
➢ ob’ektivlikka davogarlik qiladigan axborotni bayon qilishning hikoya shakli.
Ayrim belgilangan xislatlarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Iste’molchilarning tijorat targ‘iboti vositalari bilan keng qamrab olinishi
quyidagi sabablar bilan izohlanadi. Birinchidan, axborot xarakteridagi (masalan,
press-relizlarda ifodalangan) materiallar bir vaqtning o‘zida ko‘plab ommaviy
axborot vositalari tomonidan foydalanilishi mumkin. Ikkinchidan, tijorat targ‘ibotiga
murojaat yangilik, dalil, ob’ektiv axborot shakliga ega bo‘lib, bu o‘quvchilarga
reklama bilan taqqoslaganda ishonchliroq va haqqoniyroq bo‘lib ko‘rinadi. Reklama
253
bilan muloqotlardan qochadigan auditoriya xuddi shu axborot bilan ilmiy-ommabop
maqola, videorolik va h.k. ko‘rinishida qiziqib qolishi mumkin. ko‘plab holatlarda
tahririyat maydoni uchun targ‘ibot materiali taqdim etayotgan firma tomonidan pul
to‘lanishiga qaramay, muloqotning o‘rtacha qiymati nisbatan yuqori bo‘lmaydi.
Bularning barchasi tiorat targ‘ibotini marketing kommunikatsiyalari etarli
darajada samarali vositasiga aylantiradi.
Maqsadlar va ularga erishish vositalarida ma’lum bir o‘xshashliklardan kelib
chiqib, tijorat targ‘iboti tashkilotlar faoliyat sohasining «pablik rileyshnz» (ingl.
public – jamoatchilik; relations – munosabatlar, aloqalar) nomini olgan tarkibiy qismi
sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin.
Pablik rileyshnzning asosiy vazifasi firma imidjini yaratish va saqlash
hisoblanadi.
Bu vazifani hal etish uchun quyidagilardan foydalaniladi: targ‘ibot, matubotdagi
javob tariqasida chiqishlar, barcha axborot tarqatish vositalarida pullik emas, balki
tahririyat o‘rni va (yoki) vaqti, homiylik, ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish,
firma uslubini ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash.
Hozirgi paytda «marketing to‘plami» elementi sifatida pablik rileyshnzning
ko‘plab ta’riflari mavjud. Buyuk Britaniya jamoatchilik munosabatlari instituti
quyidagicha ta’rif beradi: «Pablik rileyshnz bu – tashkilot va jamoatchilik o‘rtasida
do‘stona munosabatlar va bir-birini tushunish, hamjihatlik yaratish va qo‘llab-
quvvatlashga qaratilgan rejalashtiriladigan uzoq muddatli harakatlardir».
Pablik rileyshnz «tendensiyalarni tahlil qilish, ularning oqibatlarini oldindan
aytish, tashkilotlar rahbariyatiga tavsiyalar berish hamda tashkilotlar va jamoatchilik
manfaatlarida harakatlar dasturini amalga oshirish fani va san’ati» sifatida ham
ta’riflanadi.
Hozirgi paytda pablik rileyshnz shiddat bilan rivojlanmoqda va «marketing
to‘plami»da yirik va nufuzli firmalarning murakkab, mustaqil, samarali va juda
amaliy vositasi sifatida baholanmoqda. U iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi
firmalar va sanoat kompaniyalari tomonidan potensial xaridorlar doirasini
254
kengaytirish,
ularning
tovar
haqida
keng
axborotlar
olishi
maqsadida
foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |