243
13-BOB. REKLAMA-MARKETING KOMMUNIKATSIYASI TIZIMIDA
13.1. Marketing kommunikatsiyalari tushunchasi va uning marketing
majmuidagi roli
Yigirmanchchi asrning elliginchi yillari iqtisodiy amaliyotga marketing
konsepsiyasi – tadbirkorlikning yangi «falsafasi» keng va chuqur kirib borishi bilan
tavsiflanadi. Uning shioriga ishlab chiqariladigan narsani sotish emas, balki
sotiladigan narsani ishlab chiqarish aylandi.
Marketing keng qo‘llanguniga qadar bozor faoliyatining asosiy maqsadi –
maksimum foyda olish – turli yo‘llar bilan ta’minlangan. Ularning asosiylari
quyidagilar hisoblanadi: ishlab chiqarishning ekstensiv rivojlanishi, ishlab
chiqarilayotgan
mahsulot
hajmining
oddiy
o‘sishi
(ishlab
chiqarishni
takomillashtirish
konsepsiyasi);
ishlab
chiqarilayotgan
mahsulotning
sifat
tavsifnomalari yaxshilanishi (tovarni takomillashtirish konsepsiyasi); tovarni
xaridorga majburlar o‘tkazish (tijorat harakatlarini qizg‘inlashtirish konsepsiyasi).
Marketing esa butun bozor faoliyatida asosiy e’tiborni ehtiyojlarning samarali
qondirilishiga qaratadi. marketing majmuining asosiy elementlaridan biri marketing
kommunikatsiyalari tizimi hisoblanadi.
Marketing kommunikatsiyalari tizimini (ingl. communication — aloqa, xabar)
umumiy ko‘rinishda kommunikatsiya usullari, kanallari va qatnashchilarini
birlashtiradigan umumiy kompleks sifatida tavsiflash mumkin. Bunda shuni ham
ta’kidlash joizki, marketing kommunikatsiyalari tizimining roli muntazam o‘sib
bormoqda. Ko‘rinib turibdiki, to‘yingan bozor sharoitlarida ajoyib tovar yaratishning
o‘zi kifoya qilmaydi. Masalan, o‘rtacha supermarketda tovar nomenklaturasi yigirma
mingdan ortiq assortiment pozitsiyasini qamrab oladi. Deyarli barcha tovarlar yuqori
sifatga ega bo‘lib, shu sababdan sotuvchi tovarga maqbul keladigan narx belgilashi,
uning ochiqligi va xaridor uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratishi etarli emas.
Muvaffaqiyatga faqat sotuvchi u bilan o‘zaro aloqalar, o‘zaro tushunishni o‘ringa
qo‘yadigan, ochiqlik va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘ydigan hollardagina
244
erishishi mumkin. U o‘z hamkorlari va iste’molchilarning ehtiyojlari haqida
to‘xtovsiz qayg‘urish taassurotini shakllantirishi lozim.
Marketing kommunikatsiyalari o‘z faoliyati bilan tovarni iste’molchi tomon
harakatlantirishga ta’sir ko‘rsatadigan turli firmalarga va muayyan kishilarga
yo‘naltiriladi.
Marketing kompleksining eng muhim elementlaridan biri hisoblangan holda
marketing kommunikatsiyalar tizimi pirovardida firmaning umumiy marketing
maqsadlariga erishishga xizmat qiladi.
Unga nisbatan bo‘ysunadigan, rivojlantiruvchi maqsadlar sifatida quyidagilarni
ko‘rsatish mumkin:
- iste’molchini motivatsiyalash;
- xaridorning ehtiyojlarini yuzaga keltirish, shakllantirish va dolzarblashtirish;
- tashkilot va jamoatchilik, marketing faoliyati bo‘yicha hamkorlar o‘rtasida
xayrixoh munosabatlar va o‘zaro tushunishni qo‘llab-quvvatlash;
- tashkilotning ijobiy qiyofasini (imidjini) shakllantirish;
- jamoatchilikni tashkilot faoliyati haqida xabardor qilish;
- maqsadli doiralar e’tiborini tashkilot faoliyatiga jalb qilish;
- firma tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar haqida axborot taqdim etish;
- firma markasiga nisbatan xaridorda moyillik shakllantirish;
- nasihat qilish;
- xaridorda markani afzal ko‘rish va xaridni amalga oshirish zaruratiga ishonch
shakllantirish;
- xarid holatini rag‘batlantirish;
- firma, uning tovarlari va h.k. haqida eslatish.
O‘z navbitda, marketing kommunikatsiyalari maqsadlarini tanlash ko‘p jihatdan
ularga erishish uchun foydalaniladigan vositalarni belgilab beradi.
Marketing kommunikatsiyalarining asosiy vositalari reklama, tijorat targ‘iboti,
sotuvni rag‘batlantirish, shaxsiy sotuvlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: