245
13.2. Marketing kommunikatsiyalari tizimida reklama
Reklama – marketingning eng muhim elementi ekanligi borasidagi asosiy fikrlar
shunga asoslanadiki, marketing sohasi rivojlangan mamlakatlar zamonaviy
iqtisodiyotining barcha jabhalarini qamrab oladi va bunda firmalar marketing
faoliyatining har qanday bosqichi ularning reklama faoliyati bilan bevosita yoki
bilvosita aloqaga ega bo‘ladi.
Masalan, AQSHda marketing xarajatlari tovar yakuniy narxining 55-60%ini
tashkil qiladi, ya’ni milliy mahsulotning yarmidan ortig‘i bu – reklama, ilgari surish,
transport vositasida tashish, o‘rab-qadoqlash va savdo xarajatlari hisoblanadi.
Marketing to‘plamining elementi sifatida reklamaning muvaffaqiyati hozirgi
paytda ikkita holat – maqsadli yo‘naltirilganlik va sistematik xarakter bilan,
shuningdek, tovarni rejalashtirish, ishlab chiqish va ishlab chiqarish jarayoni, unga
talab, narx shakllanishi va sotuv bilan qalin aloqalar bilan asoslanadi.
Marketing umumiy strategiyasi doirasida reklama shubhasiz sotiladigan narsalar
ishlab chiqaradigan va sotadigan ishlab chiqarish korxonalariga faol ta’sir ko‘rsatadi.
Bozorga chiqishda esa talabni hisobga olgan holda tijorat natijalariga erishishga olib
keladi.
Yuzaga kelgan bozor sharoitlarida reklama, yuqorida aytib o‘tilganidek, axborot
funksiyasidan tashqari, reklama qilinishi lozim bo‘lgan tovarlar harakati jarayonini
maksimal boshqarish yo‘li bilan xaridor va bozor bilan ishlab chiqarishing
«qaytuvchan aloqa»sini ta’minlagan holda kommunikativ funksiyani ham bajara
boshladi.
Reklamani tovar va xizmatlar sifatini, shuningdek, g‘oyalarni iste’molchilarning
ehtiyoj va so‘rovlari tiliga o‘tkazishga harakat qiladigan kommunikatsiyalar shakli
sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
Marketing tizimining mantiqiy elementi sifatida zamonaviy reklamani ajratib
turadigan o‘ziga xos belgi oddiygina talabni shakllantirish emas, balki tanlab olingan
iste’molchilar guruhi ichida uni boshqarish hisoblanadi. Bu birinchidan bozor
iste’molchilarning didi va so‘rovlari o‘ziga xosliklarini aks ettiradigan segmentlar
246
yig‘indisi ekanligi tufayli o‘ringa ega bo‘lishi mumkin. Firmalar uchun maqsad sa’y-
harakatlarni butun bozor bo‘ylab yoyib yubormasdan, tanlangan segmentlarga
maksimal darajada kirib borishdan iborat. Ikkinchidan, mahsulotni va shunga
muvofiq reklamani differensiatsiya qilishga asos qilib olinishi mumkin bo‘lgan talab
variatsiyalarini etarli darajada aniqlik bilan aniqlash
mumkin. Tovarlar
differensiatsiyasi reklama faoliyatini ta’minlaydi va uning samaradorligini oshiradi.
Reklama uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar miqdori va foyda hajmi odatda
differensiatsiya darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Talabni o‘rganish o‘rniga ehtiyojlarni, xaridolar motivlarini, iste’molchilar
daromadlaridan foydalanishni o‘rganish keldi. R.Rivz ta’kidlab o‘tganidek, reklama
bu - eng kam xarajatlar bilan eng ko‘p sonli odamlar ongiga o‘z turida yagona
bo‘lgan iste’mol motivini o‘rnatish san’atidir.
Reklama sohasidagi mashhur olim D.Ogilvi har qanday reklama tovarlar imidji
shunday hisoblangan simvollar majmuini yaratishi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilishi
lozim degan nazariyani ifodalab berdi. Obraz loyihasini ishlash (imidj-bilding) –
zaonaviy reklamaning eng samarali usullaridan biridir. Agar sanoatchilar o‘z
reklamasini o‘z tovarlari uchun eng aniq belgilangan individuallik bilan eng ijobiy
imidj yaratishga qaratadigan bo‘lsa, pirovardida bozorning kattaroq qismini va eng
katta foydani qo‘lga kiritadi. Masalan, butun dunyoda mashhur «Adidas» firmasining
mahsulotlari sog‘lom turmush tarzi va sportdagi muvaffaqiyatlar bilan bog‘lanadi;
«Roleks» soatlari va «Kross» avtoruchkalari esa – muvaffaqiyatga erishgan
ishbilarmonlarning atributlari hisoblanadi.
Hozirgi paytda, ko‘plab g‘arb mamlakatlari mutaxassislarining fikriga ko‘ra,
tovarlar raqobati «brendlar» raqobatiga aylandi. Rossiyalik reklama sohasi
mutaxassislaridan biri sanalgan I.Rojkov brendingni tovarga nisbatan iste’molchiga
tovar belgisi, o‘rovi, reklama murojaatlari, seylz-promoushn materiallari va boshqa
reklama elementlarining birgalikdagi kuchli ta’siriga asoslangan uzoq muddatli afzal
ko‘rishni yuzaga keltirish bo‘yicha faoliyat sifatida ta’riflaydi.
Brending reklama beruvchi, sotuvchi tashkilot va reklama agentligining
personallashtirilgan brend-imidj – jiddiy marketing tadqiqotlari asosida tovar yoki
247
tovarlar oilasining belgilangan tovar belgisi bilan markalangan obrazini yaratish va
keng miqyosda iste’molchi ongiga o‘rnatish bo‘yicha birgalikdagi ijodiy
harakatlarini ifodalaydi. D.Ogilvi aytganidek: «O‘z reklamasini eng qulay obraz
yaratishga bag‘ishlaydigan, o‘z brendini raqobatchi brendlardan farqli ravishda
yaqqolroq ifodalydigan ishlab chiqaruvchi eng katta bozor ulushini egallab oladi va
uzoq vaqt davomida maksimal foyda oladi». AQSH bozorida etakchilik qiladigan
brendlarga misollar: kiyim-kechaklar — «Livane», sport tovarlari — «Nayk»,
mayishiy elektronika — «Djeneral Elektrik», avtomobillar — «Ford», alkogolsiz
ichimliklar — «Koka-Kola».
Hozirgi paytda ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari doimiy ravishda
murakkablashib, talab omillari sifatida tovarning iste’mol xususiyatlaridan ko‘ra
ko‘proq uning imidj-bilding, sifat, etkazib berish va xizmat ko‘rsatish qulayligi,
kafolatli ta’mirlash shartlari kabi tavsifnomalari birinchi o‘ringa chiqmoqda. Bugungi
kunda xorijiy bozorlarda tovarlar jalb etuvchanligining eng muhim elementi
tovarlarga sotudvan keyingi xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlar darajasi
hisoblanadi.
Shunday qilib, bir tomondan, reklama moliyalashtirish sotuvini narx bilan
bog‘liq bo‘lmagan holda rag‘batlantirish tizimida tobora moslashuvchan vositaga
aylanmoqda,
boshqa
tomondan
esa
-
integratsiyalangan
reklama-axborot
kommunikatsiyalarining yangi turiga aylanmoqda.
Muayyan bozor vaziyati bilan belgilanadigan maqsadlarga qarab, reklama
quyidagi vazifalarni samarali hal etishi mumkin:
➢ xabardor qilish (yangi tovar, muayyan hodisa, firma va h.k. haqida bilimlar va
xabardorlikni shakllantirish);
➢ nasihat qilish (iste’molchining firma va uning tovarlarini mos keluvchi qabul
qilishi, afzal ko‘rishni asta-sekinlik bilan, bosqichma-bosqich shakllantirish;
xaridorni xaridni amalga oshirishga ko‘ndirish; xaridlarni rag‘batlantirish va h.k.);
➢ eslatish (xabardorlikni qo‘llab-quvvatlash, xaridlar oralig‘ida iste’molchilar
xotirasida tovar haqida axborotni ushlab turish; ushbu tovarni qaerdan xarid qilish
mumkinligini yodga solib turish) va boshqa vazifalar.
248
Yakuniy hisobda, marketing kompleksining boshqa elementlari kabi, barcha
reklama funksiyalari marketing kommunikatsiyalar tizimining asosiy maqsadlariga
erishish – talabni shakllantirish va sotuvni rag‘batlantirishga borib taqaladi. Mashhur
amerikalik reklamachi Alfred Dj.Simenga ko‘ra: «Reklama bu – iste’molchilar uchun
mo‘l-ko‘llik yaratadigan iqtisodiyot mexanizmidagi yog‘lash uchun ishlatiladgian
moy ham, o‘t oldirish tizimi hamdir. Bu tariqada uning vazifasi xabardor qilishdan
iborat... Biroq bu vazifa – oddiygina xabardor qlish emas. Reklama funksiyasi -
sotish. Tovarlar sotish. G‘oyalar sotish. Turmush tarzini sotish».
Insonning doimiy yo‘ldoshi bo‘lib, unga har kuni va yopirilma ta’sir ko‘rsatar
ekan, reklama insoniyat jamiyati hayotida muhim rol o‘ynaydi. Reklamaning
ahamiyati ayniqsa, iqtisodiyot va jamiyat hayotida muhimdir.
Reklamaning iqtisodiy roli shunda amalga oshiriladiki, u kapital qo‘yilmalar
hajmi va ish o‘rinlari sonining o‘sishiga xizmat qiladi, raqobatni qo‘llab-quvvatlaydi,
sotuv
bozorlarini
kengaytiradi,
mablag‘lar
aylanuvchanligi
tezlashishiga
ko‘maklashadi va bu bilan ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi.
Reklamaning ijtimoiy roli ham juda muhimdir. Reklamaning milliardlab
potensial xaridorlarga kundalik ta’siri butun dunyoda va har bir mamlakatda
aholining turli qatlamlari xulq-atvori va belgilangan fikrlash standartlari
shakllanishiga xizmat qiladi. Uinston CHerchill bu borada quyidagicha fikr bildirgan:
«Reklama... yuqoriroq turmush darajasiga ehtiyoj yuzaga keltiradi. U inson oldiga
o‘zini va oilasini yaxshiroq uy-joy, yaxshiroq kiyim-bosh, yaxshiroq oziq-ovqat bilan
ta’minlash maqsadini qo‘yadi. U qunt bilan ishlash va unumdorlikni rag‘batlantiradi.
U boshqa holatlarda bir-biri bilan chiqisha olmaydigan narsalarni mahsuldor va
samarali ittifoqqa birashtiradi».
Reklamaning ta’lim borasidagi roli yuqori ekanligini qayd etib o‘tmasa
bo‘lmaydi. YAngi ilg‘or tovar va texnologiyalarni joriy qilish jarayonida u inson
faoliyatining turli sohalaridan bilimlar tarqatilishiga xizmat qiladi, iste’molchilarga
ma’lum bir amaliy ko‘nikmalarni singdiradi.
Reklamaning ahamiyatini baholash uning estetik roli katta ekanligini yodga olib
o‘tmasak to‘liq bo‘lmasdi. Qadim zamonlardan bizning kunlargacha reklama
249
murojaatlarining eng yaxshi namunalari haqli suratda amaliy san’at asarlari deb
hisoblanishi mumkin. Misol tariqasida fransuz rassomi A.Tuluz-Lotrek tomonidan
tayyorlangan reklama taxtalari; gruzin ustasi N.Pirosmanashvili mo‘yqalamiga
mansub bo‘lgan mayxonalar viveskasi; V.Mayakovskiyning reklama plakatlari va
matnlari; mashhur kinorejisserlar K.Lelyush, D.Linch, A.Konchalovskiy, N.Mixalkov
va boshqalarning reklama videoroliklarini keltirib o‘tish mumkin.
Yuqori professional va badiiy darajada bajarilgan reklama murojaatlari
odamlarda yaxshi did va go‘zallikni his etishni shakllantiradi. SHu asnoda reklamada
mashhur firmalarni ifodalaydigan fotomodellar (firma «sanam»lari) belgilangan
davrlarda ayollar go‘zalligining umum e’tirof etilgan etalonlariga aylanganligini
eslab o‘tish o‘rinlidir. «Shanel» firmasi vakili bo‘lgan va Marianna tituliga
Fransiyaning har yillik ko‘rigi g‘olibasi bo‘lgan Izabel de lya Fressanj, Paulina
Parijkova («Este Lauder»); Izabella Rosselini («Lankom»); Sindi Krouford va Klau-
dia Shiffer («Revlon») va boshqalar bunga yorqin misol tariqasida keltirib o‘tilishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |