7.2. To’g’ridan-to’g’ri marketingda kommunikatsiya vositalari
To’g’ridan-to’g’ri marketingda asosiy e’tibor ishonchli kommunikatsiya
aloqalari o’rnatishga qaratiladi va tijorat takliflariga javob olinadi. Buning uchun
vosita bo’lib doimiy mijozlarga va hali o’z munosabatini bildirmagan shaxslarga,
ommaviy axborot vositalari va seminarlarga pochta orqali jo’natmalar va telefon
qo’ng’iroqlari xizmat qilishi mumkin.
To’g’ridan-to’g’ri marketingda mablag’larning 50%gachasi pochta orqali
jo’natmalarga (direct-mail advertising) to’g’ri keladi. Tijorat takliflaridan tashqari
tadbirkorlar muntazam ravishda o’z mijozlariga minnatdorchilik nomalari bitadilar.
Bunday yozma xabarlar uchun quyidagilar sabab bo’ladi:
133
- to’g’ridan-to’g’ri muloqot yoki telefon orqali suhbat natijalarini, so’zga
chiqishga javoblarni mustahkamlash;
- tug’ilgan kunlar, tantanali sanalar, birgalikdagi faoliyatning yillik marosimi
bo’yicha mukofotlash. Bunda umume’tirof etilgan bayramlarga tabriknomalar
yuborish siyqasi chiqqan va samaradorligi past hisoblanadi. Agarda bu Mustaqil
bayrami yoki Konstitusiya kuniga qilinadigan bo’lsa, samara ancha yuqori bo’ladi;
- hamkorlikning boshlanishi va o’zgarishlar haqida xabardor qilish;
- tavsiya uchun minnatdorlik va shartnoma imzolash.
Pochta orqali jo’natmalarning (asosan xatlarning) maqsadi – harakatga –
boshqalar orasida ajralib turishgga undash hisoblanadi, agar xat qiziqarli, buyurtma
blanki esa yarmiga to’ldirilgan bo’lsa. Xat yozilganda adresatni ko’z oldiga keltirish,
o’zini uning o’rniga qo’yib ko’rish zarur.
Boshlang’ich abzas e’tiborni jalb qilishi, ikkinchi abzas esa – taklifning
mohiyatini bayon qilishi kerak. Xating birinchi satri bilan xaridorni qiziqtirib qo’yish,
uni siz haqingizda ko’proq bilib olishga rag’batlantirish muhim. Shundan keyin
potensial mijozda bo’lishi taxmin qilingan muammoni hal qilish yo’li ochib beriladi
va siz boshqalarga xuddi shunday vaziyatda qanday yordam bera olganingizning
isbotlari keltiriladi. Xabarni qo’shimcha o’zaro manfaatli axborotni bilib olish uchun
kelgusida aloqalarni rivojlantirish taklifi yakunlaydi.
Xatni o’qishda adresat, qoidaga ko’ra, har 5-10 ta asosiy joylarda to’xtalib,
o’qishga o’rtacha 20 sekund sarflaydi. Shu sababli olinadigan foydani shunday bayon
qilish kerakki, uni 2-3 soniyada tushunib yetish mumkin bo’lsin, o’quvchining
e’tborini imkon qadar xatni to’liq o’qib chiqishga qaratish kerak.
O’quvchining nigohi sarlavha va ajratmalar bo’ylab siljib yuradi. Adres, tovar
belgisi, xat jo’natilgan sana, imzo qalin shrift bilan ajratiladi. Abzaslar 4-6 satrdan
iborat bo’lishi kerak. 2 satrdan iborat bo’lgan abzas sarlavha sifatida idrok qilinadi.
Pochta jo’natmalari onda-sonda emas, yil fasllari o’zgarishi muqarrarligi bilan
jo’natib turilishi lozim. Xatlar minimal davriyligi – yiliga 3-4 marta, eng yaxshisi har
oy xat jo’natib turgan ma’qul. Aks holda mijozlarning yarmigacha yo’qotilishi
mumkin.
134
Muloqotning asosiy qoidasi suhbat bo’lib, uning markazida mijoz va uning
ehtiyojlari bo’ladi. To’g’ridan-to’g’ri muloqotda ko’pincha uchrashuv haqida
oldindan kelishib olishga to’g’ri keladi, xat esa – taklifsiz tashrif bo’lib, u ham o’z
afzalliklariga ega. Muloqot o’rnatish va qo’llab-quvvatlash uchun xatni o’qish
davomida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan qator savollarga javoblar ko’zda tutilgan
bo’lishi kerak: "kimdan, kim, nima uchun menga va endi taklif qilinayotgan narsa
o’zi kerakmi?" Rag’batlantirish variantlari bilan eksperiment qilib ko’rish kerak (bitta
buyutrma bering va ikkinchi buyurtma sizga 10% arzonga tushadi, birdaniga ikki
baravar ko’p xarid qiling va 20% chegirma oling).
Adresatga murojaat payt muhimki, xat:
- nusxalar sonidan qat’i nazar aniq manzilga ega bo’lishi lozim. Axir potensial
iste’molchi uni bir nusxada oladi. Maxsus matnsiz reklama xabari samaradorligi ikki
baravar pasayadi. Javob uchun element mavjudligi xatni o’qishni rag’batlantiradi.
Otkritka yoki konvert ilova qilingan xat 5 baravar ko’proq javob keltiradi;
- oddiy xatlardan farq qilmasligi va konvertda reklama mazmuni ustida yotishi
lozim, vaholanki bu ko’p jihatdan kiruvchi korrespondensiyalar bilan kim
shug’ullanishiga bog’liq bo’ladi;
- qator elementlar – salomlashish, qog’oz formati, matnning bitta sahifaga
sigdirilishi bo’yicha odatiylikni aks ettirishi lozim. Hattoki qog’ozning vazni ham
taklifning muhimligiga mos kelishi kerak;
- qisqa muddatli bo’lishiga qaramay, uzoq muddatli muloqotni va’da qilishi
lozim. Uning uslubi hamkasbga (korxona menejeri yoki rahbariga) murojaatni aks
ettirishi lozim. Qisqa xatlar qoidaga ko’ra to’liq, uzun xatlar esa diagonal bo’yicha
o’qiladi. Biroq tijorat taklifi aynan qancha kerak bo’lsa, shuncha joyni egallashi
kerak;
- u haqida mos keluvchi tasavvurlarga to’liq javob beradigan firma blankasida
yozilgan bo’lishi yerak;
- sarlavhasi ijobiy dalda beradigan (foyda, foydali, qulay) va bir soniyada
o’qish mumkin bo’lgan 20-25 ta so’zdan iborat bo’lishi lozim. «Hech qanday»,
«muammo yo’q» kabi raddiyalarga yo’l qo’ymaslik kerak. Shaxsiy olmoshlar (men,
135
sen, u) xatga samimiylik xarakteri baxsh etadi. Buyruq maylidagi fe’llar harakatga
undaydi: "xarid qiling", "sotib oling", "iching". Tavsiyalarni «istamoq», «xohlamoq»,
«qila olmoq» kabi fe’llar susaytiradi;
- tavsiyalar («zudlik bilan» emas, «ikki kundan keyin») va taqqoslashda («juda
yengil» emas, «pardan yengil») aniqlashtirilgan bo’lishi lozim. Ajnabiy so’zlar va
maxsus atamalardan kamroq foydalangan ma’qul. Gaplar qisqa bo’lishi, iboralarga
to’ldirib tashlanmasligi lozim. Vergullarni suiiste’mol qilish matnni tushunishni
qiyinlashtiradi, tinish belgilari ichida nuqta eng yaxshi qabul qilinadi.
Xatda ustunliklarni tasvir va sarlavhalar shaklida ko’rsatgan ma’qul.
Iste’molchi kelgusi bevosita suhbatdan va izohlardan qo’shimcha axborot bilib oladi.
Rasmlar axborotni mantiqiy ketma-ketlikda mahkam bog’lshi lozim. Agar foyda
ustunlik hisoblanadigan bo’lsa, rasm bir pachka pul yoki bir siqim tangani tasvirlashi,
sifat ustunlik hisoblanadigan bo’lsa – odamlarning qoyil qolganligini aks ettirishi
lozim.
Tasviriy vositalarda o’z alohida jihatlari bor: rangli narsalar oq-qora
narsalardan tezroq seziladi, odamlar – tovarlar bilan taqqoslaganda. Dastlab vertikal,
so’ngra – gorizontal narsaga e’tibor qaratiladi. Oldin diagonal sezib qolinadi, vertikal
emas, doira seziladi, kvadrat emas.
Xatni «qishloqqa, bobomga» qabilida, adresatning familiyasini buzib jo’natib
bo’lmaydi. Adresat sifatida boshqa respondent ko’rsatilishi bundan ham yomon.
Barcha olingan ishbilarmonlik korrespondensiyasi ichida xatlarning yarmi
dastlabki 15-20 soniya davomida tashlab yuboriladi. Atigi 10% va undan kam
xatlargina muloqot ko’rinishida o’z davomini topadi. Marketologning vazifasi
adresatni bu soniyalarda rasmlar, grafiklar, «yangi», «foydali», «qanchalik ajablanarli
bo’lmasin» kabi alohida so’zlar bilan qiziqtirib qo’yish hisoblanadi, «samarali»
so’zidan foydalanish maqsadga muvofiq emas (o’tmishdagi chaqiriqlar va
darsliklardan odatiy bo’lib qolgan bo’lsada, bu so’z idrok qilish uchun ancha qiyin
hisoblanadi). Salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lga so’zlar mavjud bo’lib, ulardan
qochish kerak ("schet", "risk", "muammo"). Telefon orqali va to’g’ridan-to’g’ri
muloqotda ham shunga o’xshash tavsiyalarga amal qilish kerak.
136
Xatni rasmiylashtirish adresatning didiga moslashtirilgan bo’lishi lozim.
Ayrimlar xatni o’qib chiqadigan bo’lsa, boshqalar faqat ko’rib chiqadi, xolos. Buni
tushunish uchun bizga kelib tushadigan xatlarni ko’rib chiqish, qanday xatlar yoqishi
va qanday xatlar yoqmasligini aniqlash kifoya. Konvert osonlik bilan ochiladigan
bo’lishi kerak, agar undan biron narsa qappayib chiqib qoladigan bo’lsa, u albatta
ochiladi. Marka jevatelnoe rezinki "Wrigley" saqich markasi Chikagoda ularning
manzili telefon kitobchasidan olingan butun shahar aholisiga bepul o’rovlarni pochta
orqali tarqatish yordamida harakatga keltirildi.
Xatning ichiga adresat uchun uni olish yoqimli bo’lgan predmet (masalan,
kalendar) solishga harakat qilish kerak.
Xat mazmuni bilan unga qiziqish uyg’otish uchun xatning jalb etuvchanligini
oshirish usullari bir talay. Bir tadbirkor ayol xatlarga alvon rangli lab izi
ko’rinishidagi, boshqa ayol esa – oziq-ovqat mahsulotlari ko’rinib turgan savatcha
tasviri ko’rinishidagi shtamp qo’ygan. Boshqalar xatda oddiy krossvordlar seriyasini
yuborgan.
Mutaxassislarning aniqlashicha, hatto xatni buklash shakli ham uning jalb
etuvchanligi va javob reaksiyasi olish uchun muhim ahamiyatga ega. Ayrim
marketologlar xatni buklet shaklida buklash afzal ekanligini aytadi, bunda adresat
konvertni ochishi bilan xatning sarlavha qismiga ko’zga tushadi. Tijorat takliflari
shoshilinch ekanligiga asosiy e’tiborni qaratish telegrammadan foydalanish mumkin.
Mahalliy kompaniyalar manzili bo’yicha ichida quyidagi kabi murojaat bilan
buyurtma blanki namunalari va o’z rekvizitlari ilova qilingan holda oziq-ovqat
mahsulotlari (masalan, pissa) solinadigan quti yorliqlari yoki tushlik kuponlari yoki
joylangan xatlar yuborish mumkin: "Siz o’z buyurtmangizni xuddi tushlik kabi tez,
ortiqcha kalroiyalarsiz va asab tolalarini asragan holda olasiz". Natijada
ta’minotchining o’z mijozlari haqida mukammal qayg’urishi taassuroti yuzaga keladi
va odatdagi 10% o’rniga 100%gacha javob olinishi mumkin.
Bir qator tarmoq magazinlari xaridorlar uchun maxsus gazetalar chop etadi va
tarqatadi. Ijro etish darajasidan qat’i nazar, uning afzalliklari – tovarlar haqida
axborot va o’zini o’zi reklama qilish hisoblanadi. Gazeta tahririyat maqolasi bilan
137
bolanishi va tugashi lozim, chunki gazeta yordamida mijoz bilan suhbatlashish
mumkin. Ko’pchilik, gazetani tashlab yuborishdan oldin, albatta unga ko’z yugurtirib
chiqadi.
Qo’shimcha varaqalardan foydalanish, shuningdek, tovarlar taklif qilish
funksiyasini bajaradigan va doimo sotuvchining yonida bo’ladigan katalog va
byulletenlar tarqatish ham samarali yurish hisoblanadi. Ular tezkor javob
qaytarilishini ta’minlamaydi, lekin ularni mijozga ayniqsa, agarda ular qaytuvchan
aloqani ko’zda tutadigan bo’limlardan iborat bo’lsa, bitimni o’z vaqtida
rasmiylashtirish zarurligini eslatib turish uchun vaqti-vaqti bilan jo’natish mumkin.
To’g’ridan-to’g’ri pochta orqali reklama natijalari ishonchli bo’lishi uchun
tanlanma tarqatishlar reprezentativ (salobatli) bo’lishi lozim. Ilk bosqichlarda pochta
adresatlari soni 30-40 ming kishini tashkil qilishi mumkin.
Telefon muhim marketing vositachisi sifatida ishtirok etadi. U alohida va
boshqa kommunikatsiya vositalari bilan birgalikda foydalanilishi mumkin.
Telefonning asosiy marketing funksiyalari qatoriga quyidagilar kiradi: bazani
shakllantirish, buyurtmalar qabul qilish, individual maslahatlar, javblar va so’rovlarni
tasniflash, hisob-kitoblarni boshqarish, mijozlarni, tovar va shikoyatlarni o’rganish,
axborot tarqatish, muloqot o’rnatish, nazorat.
Telefon orqali muloqotning afzalliklari xarajatlar pastligi, vaqt tejalishi, aholini
qamrab olish kengligi va boshqa sotish usullarining afzalliklari saqlanib qolishidan
iborat. Telefon orqali sotishni qo’llab-quvvatlash maqsadida savdo takliflari bilan,
uchrashuvni tasdiqlash, xizmat ko’rsatish materiallari taklif qilish uchun
qo’ng’iroqlar amalga oshiriladi. Telefon yordamida xaridga tayyorgarlik, uchrashuv
tayinlash, sotuv va taklif, jumladan, tasodifiy so’rovlar bo’yicha amalga oshiriladi.
Ijobiy
xislatlar
bilan
bir
qatorda
telefon
sotish
jarayonini
murakkablashtiradigan qator kamchiliklardan ham xoli emas: ko’z bilan ko’rish
mumkin bo’lgan taassurotlar yo’q, kayfiyatni va bevosita reaksiyani baholash
imkoniyati mavjud emas, rad javobini olish ancha oson.
Mijoz izlashda xaridor oldiga tashrif buyurishdan avval u bilan oldindan
kelishib olish maqsadga muvofiq.
138
Agar qo’ng’iroqdan oldin suhbatning umumiy rejasi ishlab chiqilsa, nur ustiga
a’lo nur bo’lardi. Buning uchun kun davomida ularga qo’ng’iroq qilish kerak bo’lgan
kishilar ro’yxatini tuzish zarur. Suhbatni qanday boshlashni oldindan belgilab olish,
xaridor uchun qulay vaqt (tovarni qabul qilish tugallanganda) va qo’ng’iroq qilish
vaqti bir soatdan kam bo’lmasligi uchun mos keladigan davr (agar adresat band
bo’lsa, boshqa kishi bilan bog’lanish, lekin unga keyinroq qayta qo’ng’iroq qilish
lozim) tanlash, har bir qo’ng’iroqning taxminiy natijalarini rejalashtirish zarur.
Bitim tuzish istagi haqidagi qo’ng’iroqlarning yarmidan ko’pi mijozlar
tomonidan
amalga
oshirilishiga
erishish
kerak:
mijozning o’zi sizning
xizmatlaringizga murojaat qilganda ortiqcha qat’iyat ko’rsatishga ehtiyoj qolmaydi.
Shu narsani qoida qilib olish kerak: barcha qo’ng’iroqlar ertalabdan amalga
oshirilishi, telefon aloqasi yangiliklari maksimal darajada qo’llanishi lozi. Birinchi
qo’ng’iroqdan so’ng doimo mijozlarning diqqat-e’tibori hududida bo’lish, ular bilan
ishlashga tayyorlikni eslatib turish kerak.
Telefon go’shagini qo’lga olishdan avval amalga oshirish lozim bo’lgan
qo’ng’iroqlarni oldindan tasniflash lozim: birinchi qo’ng’iroq, javob tariqasidagi
qo’ng’iroq, uchrashuv belgilash. Bu bilan har bir suhbat turiga nisbatan tegishli
kayfiyat tayyorlash mumkin. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, pochta jo’natmasidan
so’ng telefon orqali eslatish bitim tuzishga kuchli qo’shimcha stimul hisoblanadi.
Kotiba bilan qat’iy va xushmuomala so’zlashib, adresatning joylashgan
manzilini aniqlashtirib olish zarur. Kerakli shaxs ulanib berilgach, o’zini tanishtirish,
vaqtini olayotgani uchun oldindan uzr so’rash, «menga sizni tavsiya qilishgandi»,
«eshitishimcha…» kabi bir-birini tushunish vositalaridan foydalanish kerak. Shundan
keyin ehtimoliy e’tirozlarning oldini olish, asosiy e’tiborni taklif etilayotan foyda va
tashrif buyurish uchun minimal vaqt sarflanishiga qaratib, ishning mohiyati qisqacha
bayon qilinadi.
Ko’pchilik agarda alohida bir xonada emas, odamlar orasida, hamkasblari bilan
birgalikda o’tirganda telefon orqali yaxshiroq ishlaydi. Boshqacha vaziyatda ularning
ish unumdorligi keskin pasayib ketadi. Yolg’izlikda ishlash begonalashib ketishga
139
olib kelishi mumkin, unumsiz sarflangan vaqt ulushi o’sadi. Vaziyatning o’zi fikrni
bir yerga to’plashni, musobaqa ruhini namoyon etishni rag’batlantiradi.
Ommaviy axborot vositalari (televidenie, radio, matbuot, interaktiv
texnologiyalar) ham qaytuvchan reaksiya olishga mo’ljallangan to’g’ridan-to’g’ri
marketing shaklini ifodalaydi.
Ko’pchilik televizor oldida ko’p vaqt o’tkazadi. Sotuvchilar televizor
yordamida "divandagi magazin" tashkil qiladi, teletomoshabinlarni uydan turib
xaridni amalga oshirish uchun, tovarning mohiyati, narxi, buyurtma berish tartibini
ko’rsatgan holda telefon rakamlari bilan ta’minlaydi.
Uning to’g’ridan-to’g’ri reklama uchun kamchiligi – reklama vaqtining qimmat
ekanligidir, bir necha soniyada sotuvning mohiyatini ochib berish qiyin.
Axborotni jonli efirda berish tezkorligi va xarajatlar miqdori kichikligi tufayli
radio hatto televideniedan samaraliroq bo’ladi. Ko’z bilan ko’rish imkoni yo’qligi,
muloqot diorasining bandlik, qo’l ostida qalam va qog’oz yo’qligi tufayli foydali
axborotni yozib olishga tayyor emasligi o’ziga xos cheklovlar hisoblanadi. Bularning
barchasi ta’sir samarasini jiddiy ravishda pasaytiradi.
Bosma reklama e’lonlari tovar haqida axborot, buyurtma blankasi va
qo’ng’iroq qilish uchun telefon raqami taqdim etish shaklidagi xabardan iborat
bo’ladi. Matn qisqa, aniq va to’g’ri bo’lishi, hissiyotlarni uyg’otishi, e’lonni
o’qigandan so’ng ko’rsatilgan telefon yoki manzil bo’yicha murojaat qilishga
yo’natirishi lozim. Shu bilan birga esdan chiqarmaslik kerakki, o’qish paytida
xabarning taxmin qilingan mazmuni bilan taqqoslaganda qabul qilinayotgan xabarni
buzib ko’rsatishi mumkin.
Xabarning o’zi va u uzatiladigan vosita ahamiyatga ega. Mutaxassislarning
ta’kidlashicha, agar kostyum ommaviy tirajga ega bo’lgan gazetada emas, eksklyuziv
jurnalda reklama qilinadigan bo’lsa, uning qimmatroq bo’lishini kutishga haqlimiz.
Neon lampalar yorug’ligida yozilgan matn elektropoezddagi g’ira-shira yorug’likda,
begona kishilar bilan suhbatda, nazoratchining chipta ko’rsatish talabi ostida og’ir ish
kunidan keyin yo’lda qaytish sharoitlarida qiynalmasdan o’qilishi mumkin.
140
Kompyuter tarmoqlari va elektron pochtadan foydalanish kuchli salohiyatga
ega. Elektron pochta orqali jo’natilgan xabarning minglab kilometr masofa bosib
o’tishi, o’z muddatida yetkazib beriladigan buyurtmani rasmiylashtirishi uchun atigi
bir necha soniya kifoya qiladi.
Internetning afzalliklari ayniqsa, ssenariyga rioya qilish, strukturalangan suhbat
yuritish va zarur savollarni berish uchun monitorda mos keluvchi yo’riqnoma
(muzokaralar mantiqiy strukturasi) mavjud bo’lgan holda suhbat olib borishda kuchli
seziladi. Bu professional standartlash va maxsus marketing yondashuvlarini
ta’minlashga xizmat qiladi. Yo’riqnomalar ko’proq bitim tuzishga imkon beradi,
chunki muzokara olib borishga sarflanadigan vaqtni tejashga imkon beradi.
Kompyuter texnologiyalari kelgusida tahlil qilish uchun mijozlar haqida va ular bilan
muloqotlar haqida axborotni, muzokaralar va javoblar qaydini saqlashni ta’minlaydi.
To’g’ridan-to’g’ri marketing vositalarini, masalan, pochta orqali reklamani
potensial mijozga tovar (xizat) haqida axborotni bevosita topshirish bilan
uyg’unlashtirish ayniqsa samarali bo’ladi.
Suvenirlar, sovg’alar – kuchli moddiy stimul, lekin ularga tez ko’nikib qolinadi
va ularni doimiy qilishga to’g’ri keladi. bitimdan olinadigan o’zaro foyda sovg’adan
yaxshiroqdir, ulgurji va chakana savdo korxonalari uchun bu – qo’shicha foyda olish
imkoniyati hisoblanadi. Bepul suvenir qimmatbaho yoki g’ayriodatiy bo’lishi lozim.
Amaliyotda suvenirlarning ma’lum bir reytingi yuzaga kelgan:
1) kiyim-kechak va aksessuarlar (mayka, futbolka, ko’zoynaklar);
2) ruchka, marker, kalendarlar;
3) stakan va krujkalar;
4) kanselyariya va ofis anjomlari;
5) sport va dam olish atributlari.
To’g’ridan-to’g’ri marketing harakatlari turli vazifalarni bajaradigan va
turlicha ta’sir ko’rsatadigan bir talay kichik va yirik chora-tadbirlarni qamrab oladi.
Yirik chora-tadbirlar filtr kabi harakat qiladi, lekin iste’molchini yaqqol shaxsiy fikr
shakllantirishga «o’rgatish»ga imkon bermaydi. Bu maxsus chora-tadbirlar: biznes
bilan bog’liq seminarlar, doimiy mijozlar klublari bo’lib, bu yerda xonadagi
141
qo’shnidan boshlab hamma qatnashchilar sizning potensial mijozingiz sanaladi, erkin
va tabiiy ishonch asosidagi suhbat esa hamkorlikka aylanib ketishi mumkin.
Mutaxassislarning
ta’kidlashicha,
sotuvlarning
75%i
muvaffaqiyatli
o’tkazilgan seminardan so’ng 6 oy davomida tashabbus bilan chiqiladi. Oyiga bir
marta tonggi nonushta vaqtida butun dunyoda tadbirkorlar reklama bilan
shug’ulanadi, iste’molchilar esa axborot oladi, ularga nima kerakligini bilib oladi.
Kichik chora-tadbirlar ijobiy qarorga tayyorlaydigan kuchaytiruvchilar rolini
bajaradi. Agar mijozlar sizning xizmatlaringizdan foydalanmagan bo’lsa, ehtimol,
talab boshqalar tomonidan qondirilmoqda, lekin muhimi boshqa narsa – talab qanday
bo’lgan: to’laqonli yoki yashirin.
Muloqot qilishga samarali stimullar topish zarur. Dastlab ommaviy, hammabop
tovar taklif etiladi eksklyuziv tovar (tansiq ovqatlar) emas. Marketologlar qo’shimcha
tovarlar afzalliklarini qayd etadilar (masalan, kompyuterlar uchun – dasturiy ta’minot
va uzellar). So’ngra ijobiy reaksiya kuzatilgan hollarda qimmatroq namunalar taklif
etilishi mumkin.
Bevosita muzokaralar sizni yaxshi bilishgan, qo’shimcha axborotga zarurat
bo’lmagan hollarda, ayniqsa, mijozning ayni paytdagi ehtiyojlari taklif bilan mos
tushgan hollarda birdaniga muvaffaqiyatli bo’ladi.
Agar sizni bilmasliklari sababli muloqot rad qilinadigan bo’lsa, sotuvchini
birinchi bor ko’rib turganlarda tabiiy ehtiyotkorlik muzini eritishga to’g’ri keladi.
Yangi mijozning oldiga maxsus chora-tadbirlar bilan borgan ma’qul. Sizdan xarid
qilish yangilik sifatida ko’rib chiqiladi. Avvalgi ta’minotchi afzalroq holatda qoladi.
Iste’molchi xarid qilish bilan bir paytda taqqoslaydi ham. Vazifa shu bilan
murakkablashadiki, raqobatchining birinchi navbatda, namunali xizmat ko’rsatish va
mijozga e’tibor qaratishdagi shartlarini bilmagan holda undan o’zib ketish zarur.
Bu holatda xulq-atvorni o’zgartirish, o’rgatish, ishontirish, qiziqtirayotgan
savollarga javob berish, ishonch muhiti o’rnatish va mijoz haqida qo’shimcha axborot
olish, asosiy raqobatchining strategiyasiga ergashmaslik zarur.
Sermahsul
munosabatlarning asosini
hamkorlarning bir-birini
yaxshi
tushunishi, o’zaro manfaatlilik va bir-biriga nisbatan ongli ravishdagi muhtojlik
tashkil qiladi. Agar bugungi kunda hamkorda taklif etilayotgan tovar zarurati
bo’lmasa, u ertaga paydo bo’lishi mumkin. Shu sababli o’rnatish mumkin bo’lgan
142
muloqotlarga samimiy tayyorlik bildirish va doimo bir-birining nigohi doirasida
bo’lish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |