Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B


Nazorat va muhokama uchun savollar



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/272
Sana31.12.2021
Hajmi3,26 Mb.
#207540
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   272
Bog'liq
1502-Текст статьи-4094-1-10-20200627

 

Nazorat va muhokama uchun savollar  

1. Marketingningda reklamaning o`rni va roli qanday?  

2. Reklamaning maqsad va vazifalarini ta’riflab bering?  

3. Reklamaning iqtisodiy maqsadi qanday yechimlarni ko’zda tutadi? 

4. Bozor  rivojlanishining  turli  bosqichlarida  reklama  hal  etadigan  vazifalar 

qanday? 


5. Reklama vositalari va ularning turlari? 

6. Reklama agentliklari va ularning funksiyalarini sanab bering? 




 

117 


7-BOB. TO’G’RIDAN-TO’G’RI MARKETING VA KOMPYUTER 

TARMOQLARIDAGI MARKETING 

 

7.1. To’g’ridan-to’g’ri marketing tushunchasi 



 

To’g’ridan-to’g’ri  yoki  aniq  yo’naltirilgan  marketing  (direct  marketing)  – 

tovar haqida axborot tarqatish va kommunikatsiyalar interaktiv vositasi bo’lib, uning 

yordamida  har  bir  potensial  iste’molchiga  sotish  yakka  tartibda  amalga  oshiriladi. 

Interaktivlik  sotuv  bo’yicha  menejer,  diler  va  firmaning  tovarni  tarqatish  bilan 

shug’ullanuvchi  va  xaridorlar  takliflariga  javob  qaytaruvchi  boshqa  vakillarida  ikki 

taraflama aloqani nazarda tutadi. 

To’g’ridan-to’g’ri marketing – sotishni tashkil qilishning samarali vositalaridan 

biridir.  To’g’ridan-to’g’ri  marketingning  roli  shu  qadar  yuqoriki,  ko’pincha 

korxonaning  imkoniyatlari  qanday  ekanligi  muhim  bo’lmaydi,  asosiysi  –  bevosita 

sotuv  bilan  shug’ullanuvchi  menejerning  imkoniyatlari  qanday  ekanligi  hisoblanadi. 

To’g’ridan-to’g’ri muloqotda doimo mijoz uchun asosiy savol «Siz kimsiz, nima qila 

olasiz?»  hisoblanadi  va  faqat shundan  keyingina  reklama  qilinayotgan  narsa  nimani 

ifodalashi qiziqtiradi. 

Sotuvlar  amaliyoti  to’g’ridan-to’g’ri  marketing  katta  istiqbolga  ega  ekanligini 

ko’rsatadi. AQShda katta yoshdagi aholining 50%i xaridlar yoki xizmatlarni telefon, 

pochta,  Internet  orqali  buyurtma  qiladi.  Ularning  orasida  18-24  yoshdagi  ayollar 

ko’pchilikni tashkil qiladi. keyingi o’rinda esa 45-54 yoshdagi iste’molchilar turadi

1



To’g’ridan-to’g’ri  marketing  notijorat  tadbirlarining,  masalan,  xayriya  to’plashning 

asosiy  vositasi  hisoblanadi,  chunki  u  yuz  minglab  odamga  murojaat  qilishga  imkon 

beradi. 

To’g’ridan-to’g’ri  muloqotning  maqsadi  –  iste’molchida  suhbatga  kirishish, 

tovar  (xizmat)  xarid  qilish  haqidagi  taklifga  javob  qaytarish  istagini  uyg’otish 

hisoblanadi. To’g’ridan-to’g’ri marketingning asosiy ustunligi shaxsiy muloqotdadir. 

Odamlarga boshqalarning e’tibori qaratishi yoqadi. 

"Sotish  bu  –  odamlarning  fikrlarini  o’zgartirish  san’ati"  (M.  Beng).  Sotish 

bo’yicha  menejerning  roli  maqsadli  bozor,  segment,  joylashtirish  darajasi,  korxona 



 

118 


marketingi,  shuningdek,  tovarni  taklif  qilish  usullariga  egalik  qilish  mahorati  bilan 

belgilanadi. Odamlar o’zini aldangan deb his qiladigan, ularga bosim ko’rsatilgan va 

ular  bitimda  yutqazgan,  nimanidir  ularning  asl  istaklariga  mos  qilmagan  deb 

hisoblagan paytda sotish imkoniyatini istisno qilish zarur. 

Tadqiqotchilarning materiallariga ko’ra, sotish bo’yicha menejerlar uchun ayol 

mijozlar  o’z  ishidan  qoniqishning  asosiy  manbasi  hisoblanadi,  erkaklar  uchun  esa 

aksincha  –  ularning  ixlosi  qaytishi  manbasi  sanaladi.  O’z  mehnatidan  qoniqish  va 

quvonch  hissiga  turlicha  qarash  personalni  shakllantirishga  yondashuvlar  har  xil 

ekanligini belgilab berishi mumkin. 

An’anaviy,  bazaviy  marketing  xaridor  tayyorgarligini,  tovar  va  ishlab 

chiqaruvchining  imidjini  ta’minlaydi,  to’g’ridan-to’g’ri  marketing  esa,  an’anaviy 

marketingning bir qismi bo’lgani kabi, bevosita sotuvlarni ta’minlaydi (11.1-rasm). 

To’g’ridan-to’g’ri 

marketing 

an’anaviy 

ommaviy 


marketing 

bilan 


taqqoslaganda  iste’molchiga  ta’sir  ko’rsatish  borasida  qator  ustunliklar  va 

xususiyatlar  bilan  tavsiflanadi.  Bu  mijozni  to’g’ri  javob  berishga  undaydigan, 

maxsus,  maqsadli  yo’naltirilgan  taklif,  ya’ni  an’anaviy  marketingda  mavjud 

bo’lmagan  qaytuvchan aloqani boshqarish  bo’lib,  uning asosida oddiygina  xaridorni 

xabardor qilish yotadi. 

To’g’ridan-to’g’ri  marketing  tijorat  taklifi  yo’naltirilgan  har  bir  shaxsga 

alohida  yondashuv  bilan  ajralib  turadi.  To’g’ridan-to’g’ri  marketingning  barcha 

elementlari  –  foydalanishda  moslashuvchan,  lekin  shu  bilan  bir  paytda 

samaradorlikni  baholash  va  nazorat  qilish  mumkin  bo’lgan  elementlar  sanaladi. 

To’g’ridan-to’g’ri  marketing  natijalari  sotish  hajmi  bilan  yetali  darajada  aniq 

o’lchanishi va mijozni jalb qilishga sarflangan harakatlar bilan bevosita taqqoslanishi 

mumkin. 


Odamlar oldin sizning o’zingizni «sotib olishi» lozim, shundan keyingina ular 

siz taklif etayotgan tovarga e’tibor qaratishiga umid qilsa bo’ladi. Shu sababdan agar 

u  oldini  oluvchi,  vaqtinchalik  chora  sifatida  qo’llanadigan  bo’sa,  to’g’ridan-to’g’ri 

marketing  samaradorligi  pasayadi.  Joriy  chora-tadbirlarni  bozordagi  marketing 

harakatlari uzoq muddatli strategiyasi bilan aniq muvofiqlashtirish zarur. 



 

119 


Yaxshi  ijro  etilmagan  to’g’ridan-to’g’ri  marketing  tovarni  ilgari  surish 

bo’yicha sa’y-harakatlarni puchga chiqarishi mumkin. 

Klassik marketing maqsadli guruhlar, ularning yig’indisi bilan ishlaydi, alohida 

iste’molchilar  bilan  emas.  To’g’ridan-to’g’ri  marketingning  asosida  muayyan 

mijozlar  haqida  ma’lumotlar  to’plami  shakllantirish,  bozorni  segmentlashni  hisobga 

olgan holda o’rtachalashtirilgan obraz emas, balki mijozlarning har biriga xos bo’lgan 

xususiyatlarni aniqroq hisobga olish yotadi. 

To’g’ridan-to’g’ri  marketingning  boshlang’ich  bosqichi  xaridorning  sotuvdan 

oldingi  harakatlarga zaruriy reaksiyasini ta’minlash  hisoblanadi, chunonchi: birinchi 

xaridni  amalga  oshirish,  takroriy  xaridni  amalga  oshirish,  ko’proq  va  tez-tez  xarid 

qilish, korxona imkoniyatlari haqida qo’shimcha ma’lumotlar bilib olish (11.2-rasm). 

Iste’molchining  har  qanday  ijobiy  reaksiyasi  muhim,  chunki  bu  mijoz  bilan  suhbat 

o’rnatish  imkoniyatidir,  lekin  xaridning  takrorlanishi  yanada  muhimroq  ahamiyat 

kasb  etadi.  Doimiy  mijozlar  ulushi,  ularning  xaridlari  hajmi  muvaffaqiyat  mezoni 

hisoblanadi. 

Iste’molchilar  ommaviyligi,  o’n  minglab  alohida  shaxslar  va  oilalar  mahsulot 

bozoriga  xos  bo’lgan  xususiyat  hisoblanadi.  Qayta  ishlash  korxonasi  uchun  faqat 

firma  savdosi  orqaligina  har  bir  yakka  tartibdagi  xaridor  bilan  ishlash  imkoni  paydo 

bo’ladi.  Shu  sababli  to’g’ridan-to’g’ri  marketing  uchun  asosiy  ob’ekt  chakana  va 

ulgurji savdo hisoblanadi. 

Mijozlarni  jalb  qilish  va  kommunikatsiya  bosqichida  quyidagilarni  aniqlab 

olish  lozim:  kim  kerak,  ular  haqida  axborotni  qanday  olish  mumkin,  motivasiya 

nimada,  qanday  qilib  aloqa  o’rnatish  va  bevosita  sotuv  usullarini  tanlash.  Axborot 

ortiqcha bo’lmaydi, odamlar ayniqsa, qaror qabul qilish kerak bo’lgan paytda ko’proq 

axborot  izlaydi.  Garchi  aksariyat  sotuvlar,  mohiyatan,  odatiy  bo’lsada,  tanlov 

avtomatik  ravishda,  ko’pincha  markasi  ishonchliroq  bo’lgan  ta’minotchi  foydasiga 

qilinadi. 

Sotish  kanallari  bilan  ishlash  shuni ko’rsatadiki,  tovarlar  xarid  qilish  o’zining 

ma’lum  bir  rolini  o’ynaydigan  shaxslar:  saralovchilar,  qaror  qabul  qiluvchi  va 

xaridlarni amalga oshiruvchi tashabbuskorlarga bog’liq bo’ladi. 




 

120 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish