Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B


Nazorat va muhokama uchun savollar



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/272
Sana31.12.2021
Hajmi3,26 Mb.
#207540
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   272
Bog'liq
1502-Текст статьи-4094-1-10-20200627

 

Nazorat va muhokama uchun savollar 

1. Pablik rileyshnz tushunchasi va uning mohiyati 

2. Pablik  rileyshnz  (PR)  faoliyat  ko’rsatayotgan  korxona  yoki  tashkilot 

menejmentining funksiyalarini tushuntirib bering?  

3. Korxonada pablik rileyshnz tashkil qilish qanday amalga oshiriladi?  

4. Mamlakatimizning 

bozor 

iqtisodiyotiga 



o’tish 

sharoitlarida 

PR 

imkoniyatlarini sanab o`tng?  



5. Pablik rileyshnz qanday maqsadlari, vazifalari va funksiyalari bor? 

6. PR xizmatining ish unumdorligi ko’rsatkichlarini baholang?  



 

 


 

100 


6-BOB. REKLAMA–MARKETING KOMMUNIKATSIYASINING  

ASOSIY ELEMENTI 

 

6.1. Marketingningda reklamaning o`rni va roli   

 

Reklama  –  marketingning  eng  muhim  elementi  ekanligi  borasidagi  asosiy 



fikrlar  shunga  asoslanadiki,  marketing  sohasi  rivojlangan  mamlakatlar  zamonaviy 

iqtisodiyotining  barcha  jabhalarini  qamrab  oladi  va  bunda  firmalar  marketing 

faoliyatining  har  qanday  bosqichi  ularning  reklama  faoliyati  bilan  bevosita  yoki 

bilvosita aloqaga ega bo’ladi. 

Marketing  to’plamining  elementi  sifatida  reklamaning  muvaffaqiyati  hozirgi 

paytda  ikkita  holat  –  maqsadli  yo’naltirilganlik  va  sistematik  xarakter  bilan, 

shuningdek,  tovarni  rejalashtirish,  ishlab  chiqish  va  ishlab  chiqarish  jarayoni,  unga 

talab, narx shakllanishi va sotuv bilan qalin aloqalar bilan asoslanadi. 

Reklamani 

tovar 


va 

xizmatlar 

sifatini, 

shuningdek, 

g’oyalarni 

iste’molchilarning  ehtiyoj  va  so’rovlari  tiliga  o’tkazishga  harakat  qiladigan 

kommunikatsiyalar shakli sifatida ko’rib chiqish mumkin. 

Reklama sohasidagi mashhur olim D.Ogilvi har qanday reklama tovarlar imidji 

shunday  hisoblangan  simvollar  majmuini  yaratishi  nuqtai  nazaridan  ko’rib  chiqilishi 

lozim  degan  nazariyani  ifodalab  berdi.  Obraz  loyihasini  ishlash  (imidj-bilding)  – 

zaonaviy  reklamaning  eng  samarali  usullaridan  biridir.  Agar  sanoatchilar  o’z 

reklamasini  o’z  tovarlari  uchun  eng  aniq  belgilangan  individuallik  bilan  eng  ijobiy 

imidj  yaratishga  qaratadigan  bo’lsa,  pirovardida  bozorning  kattaroq  qismini  va  eng 

katta foydani qo’lga kiritadi. Masalan, butun dunyoda mashhur «Adidas» firmasining 

mahsulotlari  sog’lom  turmush  tarzi  va  sportdagi  muvaffaqiyatlar  bilan  bog’lanadi; 

«Roleks»  soatlari  va  «Kross»  avtoruchkalari  esa  –  muvaffaqiyatga  erishgan 

ishbilarmonlarning atributlari hisoblanadi. 

D.Ogilvi  aytganidek:  «O’z  reklamasini  eng  qulay  obraz  yaratishga 

bag’ishlaydigan,  o’z  brendini  raqobatchi  brendlardan  farqli  ravishda  yaqqolroq 

ifodalydigan  ishlab  chiqaruvchi  eng  katta  bozor  ulushini  egallab  oladi  va  uzoq  vaqt 

davomida  maksimal  foyda  oladi».  AQSh  bozorida  yetakchilik  qiladigan  brendlarga 



 

101 


misollar: kiyim-kechaklar – «Livane», sport tovarlari – «Nayk», mayishiy elektronika 

– «Djeneral Elektrik», avtomobillar – «Ford», alkogolsiz ichimliklar – «Koka-Kola». 

Hozirgi  paytda  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulot  turlari  doimiy  ravishda 

murakkablashib,  talab  omillari  sifatida  tovarning  iste’mol  xususiyatlaridan  ko’ra 

ko’proq  uning  imidj-bilding,  sifat,  yetkazib  berish  va  xizmat  ko’rsatish  qulayligi, 

kafolatli ta’mirlash shartlari kabi tavsifnomalari birinchi o’ringa chiqmoqda. Bugungi 

kunda  xorijiy  bozorlarda  tovarlar  jalb  etuvchanligining  eng  muhim  elementi 

tovarlarga  sotudvan  keyingi  xizmat  ko’rsatish  bo’yicha  xizmatlar  darajasi 

hisoblanadi. 

Shunday  qilib,  bir  tomondan,  reklama  moliyalashtirish  sotuvini  narx  bilan 

bog’liq  bo’lmagan  holda  rag’batlantirish  tizimida  tobora  moslashuvchan  vositaga 

aylanmoqda, 

boshqa 

tomondan 

esa 



integrasiyalangan 



reklama-axborot 

kommunikatsiyalarining yangi turiga aylanmoqda. 

Reklamani  tarixan  ishlab  chiqaruvchining  (sotuvchining)  iste’molchiga 

tovarlarni  xarid  qilishi  uchun  ta’sir  ko’rsatishga  intilishida  maqsadli  yo’naltirilgan 

ta’sir ko’rsatish vositasi sifatida ta’riflash mumkin. Marketing bo’yicha adabiyotlarda 

reklamaga  berilgan  ko’plab  ta’riflar  mavjud.  Reklama  so’zining  kelib  chiqishi  latin 

tili  bilan  bog’liq:  italyan  tilidagi  «reclamare»  so’zi  qichqirish  ma’nosini  anglatadi. 

Reklama  ingliz  tilida  «advertising»  atamasi  bilan  belgilanadi,  bu  bildirish,  xabar 

qilish  ma’nosini  anglatadi  hamda  iste’molchining  e’tiborini  mahsulotga  (tovarga, 

xizmatga)  jalb  qilish  va  ushbu  tovar  yoki  xizmatni  xarid  qilish  borasida  tavsiyalar, 

takliflar, maslahat va chaqiriqlar tarqatish sifatida talqin etiladi. 

Reklama  bo’yicha  ko’p  sonli  nashrlarda  uning  turlicha  ta’riflari  keltiriladi: 

iste’molchini ushbu ishlab chiqarish korxonasi, savdo korxonasi yoki boshqa turdagi 

korxona  taklif  etayotgan  tovar  yoki  xizmat  bilan  tanishtirish;  ommaviy  axborot 

vositalari va boshqa aloqa turlari orqali biron-bir tovar yoki xizmat foydasiga amalga 

oshiriladigan pullik, bir yo’nalishli va shaxssiz murojaat; manbasi ko’rsatilgan holda 

axborot  tarqatishning  pullik  vositalari  orqali  amalga  oshiriladigan  gaxssiz 

kommunikatsiya  shakllari;  tovar  va  xizmatlarni  sotish,  ularga  talab  shakllantirish 

maqsadida turli  xildagi tovar va  xizmatlarning  iste’mol  xususiyatlari  haqida axborot 



 

102 


berish; ma’lum bir homiy tomonidan g’oyalar, tovarlar va xizmatlarni shaxssiz tarzda 

taqdim  etish  va  ilgari  surishning  har  qanday  puli  to’langan  shakli;  reklama 

beruvchidan  ochiq  kelib  chiqadigan  va  u  tomonidan  sotuvni  oshirish,  mijozlar 

doirasini  kengaytirish,  ovozlar  olish  yoki  shaxsan  ma’qullashni  qo’lga  kiritish 

maqsadida puli to’langan, shaxs, tovar, xizmatlar yoki jamoatchilik harakati haqidagi 

bosma,  qo’lyozma,  og’zaki  yoki  tasvir  shaklidagi  xabarlar  berish;  g’oyalar  yoki 

xizmatlarni ma’lum bir homiy nomidan shaxssiz taqdim etish va ilgari surishning har 

qanday pullik shakli (Amerika marketing assosiasiyasi ta’rifi) va b. 

O’zbekiston  Respublikasining  1998  yil  25  dekabrda  qabul  qilingan  723-I-son 

«Reklama to’g’risida»gi Qonunida quyidagi asosiy tushunchalar keltiriladi. 

Reklama  –  bevosita  yoki  bilvosita  foyda  (daromad)  olish  maqsadida  yuridik 

yoki  jismoniy  shaxslar,  mahsulot,  shu  jumladan  tovar  belgisi,  xizmat  ko’rsatish 

belgisi  va  texnologiyalar  to’g’risida  har  qanday  shaklda  va  har  qanday  vositalar 

yordamida qonun hujjatlariga muvofiq tarqatiladigan maxsus axborot. 

Noaniqligi,  ikki  xil  ma’noni  anglatishi,  bo’rttirib  yuborishi,  yashirib  ketishi 

oqibatida,  reklamani  tarqatish  vaqti,  joyi  va  usuliga  nisbatan  qo’yilgan  talablarni  va 

qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  boshqa  talablarni  buzishi  natijasida  reklamadan 

foydalanuvchilarni  chalg’ituvchi  yoki  chalg’itishi  mumkin  bo’lgan,  shaxslarga, 

shuningdek  davlatga  zarar  va  ma’naviy  zarar  yetkazishi  mumkin  bo’lgan  reklama 

noto’g’ri (insofsiz, bilaturib yolg’on) reklama hisoblanadi 

Mutaxassislar  tomonidan  berilgan  barcha  ta’riflarda  reklamaning  quyidagi 

tavsifnomalari alohida ajratib ko’rsatiladi. 

1.  Shaxssiz  xarakter.  Kommunikativ  signal  potensial  xaridorga  reklama 

qilinayotgan  tovar  sotuvchisidan  emas,  balki  har  xil  turdagi  vositachilardan  kelib 

tushadi (ommaviy axborot vositalari, turli xildagi reklama vositalari). 

2. 


Reklama 

murojaatining 

sotuvchidan 

xaridorga 

bir 

tomonlama 



yo’naltirilganligi.  Oluvchining  javob  tariqasidagi  reaksiyasi  sezilarli  vaqt  oralig’iga 

kechikishi mumkin. 

3. 

Reklama 


samarasini 

o’lchash 

nuqtai-nazaridan 

noaniqlik. 

Kommunikatsiyalarda  qaytuvchan  aloqa  ehtimoliy  va  noaniq  xarakterga  ega.  Xarid 



 

103 


fakti  (sotuvchi,  tabiiyki,  xaridordan  xarid  haqida  qaror  kutadi)  sub’ektiv  xarakterga 

ega bo’lgan ko’plab omillarga bog’liq bo’ladi. 

4. Jamoatchilik xarakteri. Reklama qilinayotgan tovar qonuniy va umum e’tirof 

etilgan ekanligi taxmin qilinadi. Reklama e’lonida homiy, reklama beruvchi, reklama 

uning  hisobidan  va  uning  nomidan  amalga  oshiriladigan  sub’ekt  aniq  belgilangan 

bo’ladi.  

5.  Ko’zga  yaqqol  tashlanib  turishlik  va  nasihat  qilishga  moyillik.  Reklama 

dalillarining ko’p marta takrorlanishi iste’molchiga psixologik ta’sir ko’rsatadi va uni 

xaridga undaydi. 


Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish