Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi


 Reklama byudjeti va uni rejalashtirish



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/193
Sana18.03.2023
Hajmi2,35 Mb.
#920270
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   193
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Shar

 
17.2. Reklama byudjeti va uni rejalashtirish 
Reklama kompaniyasi kampaniya maqsadlarini aks ettiradigan va har bir reklama 
xabarida bo‘ladigan tayanch mavzuga (g‘oyaga) asoslanishi lozim. Bu holatda har bir 
reklama xabari kutilayotgan yakuniy natijalarga erishishda qolgan reklama xabarlarini 
«qo‘llab-quvvatlagan» bo‘lardi. 
Maqsadga, kampaniyadan kampaniyaga qarab ularning mavzulari ham o‘zgaradi. 
Ma’lum bir tayanch mavzuni tanlash reklama kampaniyasini rejalashtirishning zaruriy 
elementidir. 
Tovarni xarid qilish foydasiga ishlaydigan dalillar, motivlarni, shuningdek, shior 
ko‘rinishida ifodalanadigan reklama kampaniyasining asosiy g‘oyasini aniqlash 
reklama kampaniyasini tayyorlashda eng muhim vazifa hisoblanadi. Har bir reklama 
vositasida faqat uning yordamida samarali etkazish mumkin bo‘lgan dalillar 
foydalanilishi lozim. 
Reklama kampaniyasi vaqtida foydalanish ko‘da tutilgan reklama vositalarini 
tanlashda shuningdek, ularning har birini tayyorlash va chiqarish vaqti ham hisobga 
olinadi. Reklama vositalari joylashtiriladigan mintaqa, u yoki bu tadbir o‘tkaziladigan 
joyni belgilash ham muhim ahamiyat kasb etadi. 


349 
Reklama kampaniyasi tayyorlashning yakuniy natijasi uni o‘tkazish rejasini va 
xarajatlar yakuniy smetasini tuzish hisoblanadi. Bunda olingan xarajatlar miqdorini 
reklama beruvchi reklama kampaniyasi o‘tkazishga ajratgan mablag‘lar miqdori bilan 
taqqoslash zarur. 
Reklama kampaniyasi o‘tkazish rejasida alohida reklama tadbirlarini amalga 
oshirish davriyligi ko‘zda tutiladi, ularning umumiy soni, ba’zida esa aniq 
o‘tkaziladigan sanasi belgilanadi, ya’ni reklama vositalaridan foydalanish jadvali 
tuziladi.
Reklama kampaniyasi tayyorlash va o‘tkazish bilan bog‘liq alohida tashkiliy 
chora-tadbirlarni rejalashtirishda bu tadbirlarni o‘tkazish aniq muddatlari ham zarur. 
Bunday tashkiliy chora-tadbirlar qatoriga turli kengashlar, seminarlar, taqdimotlar, 
kampaniya qatnashchilariga uni o‘tkazish tartibi haqida axborot xatlari tayyorlash va 
jo‘natish kiradi. 
Kengashlar, seminar va taqdimotlar reklama kampaniyasi boshlanishidan oldin 
ham, uni o‘tkazish davomida ham kampaniya qatnashchilarini alohida tadbirlar 
vazifalari, borishi va xususiyatlari bilan tanishtirish maqsadida tashkil qilinadi. 
Reklama kampaniyasi rejasi tuzilgandan so‘ng uning barcha elementlari ishlab 
chiqiladi, tanlangan maqsad va g‘oyaning ehtimoliy samaradorligi tekshiriladi. Bundan 
tashqari, reklama kampaniyasi elementlarini o‘gartirish, zaruriy aniqlashtirish amalga 
oshiriladi, shuningdek, kampaniyaga yakun yasaladi. 
Reklama kampaniyasiga yakun yasashda asosiy vazifa qanday hal etilganligi, 
qaysi reklama vositalari va tadbirlari iste’molchilarga ko‘proq ta’sir ko‘rsatganligi, u 
yoki bu tadbirni o‘tkazishga nimalar xalal bergani aniqlanadi.
Amaliyotda ularga amal qilish reklama kampaniyasi oldida turgan vazifani hal 
etishga imkon beradigan qator tamoyillar ishlab chiqilgan. Bu tamoyillar qatoriga 
quyidagilar kiradi: 
1. Yaxshi reklamaning asosida doimo yaxshi g‘oya yotadi. G‘oya bu – butun 
reklama kampaniyasi unga asosan tashkil qilinishi lozim bo‘lgan tayanchdir. G‘oyani 
ishlab chiqqach, u firma imidjiga, uning logotipiga, shioriga va h.k.ga qanchalik mos 
kelishini tekshiring. 


350 
2. O‘z reklamangizga dalillar keltiring: agar ular siz uchun ishonchli bo‘lmasa, 
boshqa hech kimni ham ishontira olmaydi. 
3. Agar sizning tovar mashhur bo‘lsa, uning ustunliklari va xaridor uchun zarur 
bo‘lgan xislatlari haqida gapirib bering, bunda bu tovar sizga qanchaga tushgani va 
uning siz uchun qanchalik qimmatli ekanligi haqida so‘z ochmang. Biroq iste’molchiga 
siz tovar (yoki xizmat ko‘rsatish) sifatiga qanday erishishingiz, bunga qancha kuch 
sarflashingiz haqida gapirish mumkin va lozim hamdir. 
4. Agar tovar mashhur bo‘lmasa, xaridorni u bilan tanishtirishni yoddan 
chiqarmang. YAxshi bilamagan narsani sotib olish mumkin emas. 
5. Tovaringizni maqtang, lekin o‘ta yuqori darajalar va favqulodda 
taqqoslashlardan qoching. Haqiqatni gapiring, lekin uni chiroyli so‘zlar bilan ayta 
oling. 
6. Tovar sifatini reklama sifati bilan muvofiqlashtiring. Beparvolik bilan qilingan 
reklama tovar sifatining etarli darajada emasligi haqida o‘ylashga majbur qiladi. 
Behuda zo‘r bermang, o‘rtacha tovarga juda qimmat reklama tayyorlash kerak emas. 
Bunday aldov tezda ochiladi, reklamaga sarflangan pul esa o‘zini oqlamasligi mumkin. 
Yaponlarda «maqbul keladigan sifat darajasi» iborasi mavjud. Bu erda tovarga 
kiritilgan sifat uning qiymatiga mos kelishi ko‘zda tutiladi. Reklama bilan ham 
shunday – uning qiymati tovar qiymatiga mos kelishi lozim. 
7. Reklamada ijobiy hissiyotlardan foydalaning. Bu hissiyotlar hozirgi kishilarda 
juda kam. 
8. O‘z reklama obrazingizni yarating (reklama e’lonlarini ma’lum bir tarzda 
tayyorlash, shrift, bezash elementlari, o‘zgaruvchan matnli namunaviy original-maket) 
va undan imkon qadar uzoqroq foydalaning. O‘z uslubingizni yarating, shunda sizning 
«reklama biznes»ingiz asta-sekinlik bilan kengayadi, mizning tovar yoki xizmatlar 
bilan tanish bo‘lgan odamlar umumiy soni orta boshlaydi. 
9. Sizning muloqot doirangiz uchun to‘g‘ri keladigan shakllar va usullarni 
qo‘llang. Urf bo‘lgan usullarning ortidan quvmang. Ularni albatta o‘z xaridoringizga 
o‘lsab ko‘ring, ularni tushunarmikan yoki yo‘qmi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish