Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/193
Sana18.03.2023
Hajmi2,35 Mb.
#920270
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   193
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Shar

pog‘onama-pog‘ona
– asosan oziq-ovqat do‘konlari vitrinalarida foydalaniladi; 
piramidal
– aroq-vino mahsulotlarini, ayrim hollarda – to‘qimachilik 
mahsulotlari, oyoq kiyimi, parfyumeriya, elektr jihozlari namoyish qilish uchun 
qo‘llanadi; 
diagonal
– tovarlar diagonal bo‘yicha joylashtiriladi; 
gorizontal
– barcha predmetlar vitrina maydonida gorizontal chiziq bo‘yicha 
joylashtiriladi; 
qiya
– qiya tokchalar, tagliklar yoki ushlagichlar foydalaniladi; bunda tovarning 
o‘zigina emas, balki uning markasi, navi va h.k. yaxshi ko‘rinadi; 
yoysimon
– bunday kompozitsiya markazida ishlab chiqaruvchi korxonaning 
firma belgisi, uning atrofida esa – tovarlar namunalari joylashtirilishi mumkin; 
elpig‘ichsimon, yarim doira shaklidagi
– engil matolar raanglari va fakturasini 
ko‘rsatish uchun foydalaniladi. 


324 
Vitrinadagi tovar namunalarini notabiiy holatda joylashtirmaslik, ularni nooadtiy 
rakursda ko‘rsatmaslik va vitrinalarni bezatishda dekorativ element sifatida 
foydalanmaslik kerak. Misol uchun, kichik ro‘mol yoki paypoqlarni savat ko‘rinishida 
yoki murakkab naqsh hosil qiladigan pichoq va sanchqilar ko‘rsatish omadsi 
sanalmaydi. 
Kompozitsiya haqida to‘liqroq tushuncha berish uchun vitrina tuzilishida 
mutanosiblik tamoyili, ya’ni turli elementlar o‘lchamlarining nisbatlari haqida gapirish 
kerak. Dekorativ elementlar tovar shakli va o‘lchamini takrorlamasligi lozim. Ular 
tovardan kattaroq yoki kichikroq bo‘lishi, lekin bunda xaridorning tovarni idrok 
qilishiga xala bermasligi lozim. Kompozitsiyaning alohida qismlari mutanosibligi 
buzilmasligi uchun katta predmetlarni kichik predmetlar guruhlari bilan 
muvozanatlash kerak. 
Magazin ikkita yoki undan ortiq vitrinaga ega bo‘lgan hollarda ularni 
kompozitsion jihatdan bir-biri bilan bog‘lash tavsiya etiladi. Barcha vitrinalarda 
dekorativ 
elementlar, 
masalan, 
bahor-yoz 
mavsumida 
vitrinadagi 
gullar 
takrorlanadigan bo‘lishi mumkin. Kompozitsion jihatdan vitrinalar har biri alohida hal 
etiladi, biroq butun fasad bo‘ylab ular umumiy bir yaxlit bo‘lib ko‘rinishi lozim. 
Vitrinalarni bezatish bo‘yicha ishlarda rang katta ahamiyatga ega. Tovarni rangi 
bo‘yicha to‘g‘ri tanlash uchun dekorator ranglarni va ularning birikuvini yaxshi bilishi 
lozim. 
Barcha tovar va dekorativ elementlarni umumiy g‘oyaga ko‘ra juda puxtalik bilan
tanlash kerak. 
Vitrinaning rangga oid tuzilishi xilma-xil bo‘lishi, bironta rang, masalan, 
havorang ustunligiga, bir-biriga yaqin bo‘lgan ikki-uchta rangning tovlanishiga yoki 
kontrast birikuvlarga asoslanishi mumkin.
Kontrast birikuvlar doimo jalb etuvchan bo‘ladi. Vitrinalar bezatuvchi rang turi 
bo‘yicha, intensivlik bo‘yicha va teranlik bo‘yicha kontrastlarni hisobga olishi lozim
.
Vitrinada qizil rangli bir nechta predmetni namoyish etishda ularni bir joyga 
mujassam etish maqsadga muvofiq, chunki qizil rang boshqa rangdagi tovarlarni 
«bosib» qo‘yadi. Intensivlik bo‘yicha kontrastga misol – och rangli predmetlar to‘q 


325 
fonda joylagan bo‘lsa, yanada ochroq ko‘rinadi. Kumush buyumlar qora fonda qanday 
ajoyib ko‘rinishiga e’tibor qarating. 
Vitrinalar bezatuvchi ranglar uyg‘unlashuvining uch tamoyilini yodda saqlashi 
lozim. 
1. 
Ritm. 
Rang yordamida
 
belgilangan oraliqlar orqali vitrinada bir xil ranglar 
gammasini takrorlash vositasida aniq bir ritm yaratish mumkin. 
2. 
Muvozanat. 
Ochiq ranglar bo‘g‘iq ranglar bilan, to‘q ranglar och ranglar bilan, 
iliq ranglar esa – sovuq ranglar bilan muvozanatlanishi lozim. 
3. 
Mutanosiblik. 
Mutanosiblikka rioya qilishga misol bo‘lib ochiq tonda, uni 
ommaga «yaqinlashtiradigan», hajmi bo‘yicha xuddi shunday, lekin biroz 
«bo‘g‘ilgan» ranglardagi vitrina bilan uyg‘unlash lozim bo‘lgan kichik vitrina makoni 
xizmat qilishi mumkin. 
Ranglar uyg‘unligidan foydalaniladigan vitrinalar eng jalb etuvchan sanaladi. 
Odatda to‘rt xil koloristik sxema qo‘llanadi. 
1. 
Monoxromatik 
– vitrinani bezatishda turli intensivlik va teranlikdagi bitta 
rangdan foydalanish. 
2. 
Analogik(ayni shunday) 
– bo‘yoqlar shkalasida yonma-yon joylashgan bir 
nechta rangdan foydalanishga asoslanadi. Masalan, havorang, havorang-binafsha rang 
va binafsha rang tuslari. 
3. 
Kontrast 
– bu turli ranglar birligi natijasidir. Taqdim etilayotgan tovardan 
keskin farq qiladigan rang foydalaniladi. Boshqa rang fonida tovar e’tiborni darhol 
o‘ziga jalb qiladi. Masalan, vitrinada kul rang ayollar kostyumi va qora rangdagi charm 
sumkani namoyish etish. 
4. 
Polixrom 
(ko‘p rangli) – bir nechta ranglar kombinatsiyasiga asoslanadi. 
Buning uchun tovarning bitta asosiy rangi tanlab olinadi va unga qarab asosiy tovarga 
hamroh bo‘lgan boshqa tovarlar uchun ranglar uyg‘unligi belgilanadi. 
Oqshomgi kostyum va ko‘ylaklarni yoritish uchun sariq nur sochadigan lampalar, 
kunduzgi kiyim-boshni yoritish uchun esa – kunduzgi yorug‘likni qo‘llash maqsadga 
muvofiq. Iliq nur sochish sovuq nur sochishni neytrallaydi: oqshomgi yoritishda 
havorang mato xira va ko‘kimtir bo‘lib ko‘nmaydi. Iliq nur sochish iliq ranglarni 


326 
yanada yorqinlashtiradi: qizil rang yanada keskin ajralib turadi. Sovuq nur sochish iliq 
ranglarni neytrallashtiradi: to‘q sariq rang havorang nur sochishda deyarli sarg‘ish, och 
jigarrang bo‘lib ko‘rinadi. 
Badiiy amaliyotda an’anaviy, umum e’tirof etilgan ranglar uyg‘unligi 
tamoyillaridan foydalaniladi. Masalan, qoidaga ko‘ra, xromatik va axromatik ranglar 
(qizil bilan qora, ko‘k bilan oq, pushti bilan kumush rang, kulrang bilan havorang, 
yashil bilan oq) uyg‘unlashuvi yaxshi ko‘rinadi. Och tusdagi ranglar neytral ranglar 
bilan yaxshi uyg‘unlash. 
Kontrast birikuvlarda (qizil — yashil, ko‘k — to‘q sariq, binafsharang — sariq) 
o‘ziga xos uyg‘unlikka erishish mumkin. 
Vitrinada qizil, oq va ko‘k; havorang va pushti, och jigarrang va o‘rib qolgan o‘t 
rangi; qora va oq; ko‘k va pushti ranglar uyg‘unlashuvi juda chiroyli ko‘rinadi. Oxirgi 
yillarda moda tuayli ilgari ma’qul hisoblanmagan ranglar: ko‘k bilan yashil, 
binafsharang bilan yashil ranglar birikuvi ham iste’molga joriy qilindi.
Xilma-xil ranglar uyg‘unligi variantlari soni cheksizdir. Biroq bunda rang tusini 
aniq belgilab olish, shuningdek, ranglardan foydalanishda mutanosiblikka rioya 
qilishga o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Rang qanchalik faol bo‘lsa, u vitrinada 
shunchalik kam bo‘lishi kerak. Masalan, kiyim-kechaklar yoki matolar vitrinasida 
axromatik (kulrang yoki qora va oq) ranglarni jonlantirish uchun ikki-uchta qizil 
«dog‘» etarli. 
Vitrina ko‘rgazmasining reklama samarasi ko‘o‘dan reklama qilinayotgan 
tovarlar narxko‘rsatkichlarining joylashuvi va bezatilishiga ham bo‘ladi bo‘ladi. 
Vitrinada 
narxko‘rsatkichlar 
bezatish 
va 
joylashtirish 
uslubi 
tovarlar 
ekspozitsiyasining umumiy kompozitsion echimiga to‘liq darajada mos kelishi lozim. 
Reklama narxko‘rsatkichi oddiy narxko‘rsatkichlardan – shakli, o‘lchami va 
bajarilishi bo‘yicha farq qiladi. Qoidaga ko‘ra, u yirikroq o‘lchamda bo‘lib, 
uchburchak yoki romb shaklida bo‘lishi yoki tovar siluetini takrorlashi mumkin, bu esa 
xaridorlar e’tiborini jalb qilishga yordam beradi. 
Reklama narxko‘rsatkichlari yangilik tovarlar va magazin ularni sotishda juda 
manfaatdor bo‘lgan tovarlar uchun qo‘llanadi. Bu narxko‘rsatkichlar yorqinroq 


327 
bo‘lishi; zarur ma’lumotlar – tovar nomi, vazni, navi, narxidan tashqari tovarning 
iste’mol xususiyatlari haqida qo‘shimcha axborotga (televizor ekranining o‘lchami, 
muzlatgich kamerasining sig‘imi va h.k.) ega bo‘lishi mumkin. 
Narxko‘rsatkichlar tovarlarni mavsumiy sotib tugatish davrlarida narxlarni 
pasaytirishda o‘ziga xos reklama rolini o‘ynaydi. Ikkita – ustiga qizil chiziq tortilgan 
eski va yangi narxni taqqoslash xaridorga samarali psixologik ta’sir ko‘rsatadi, tovarni 
xarid qilish istagini rag‘batlantiradi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish