Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/193
Sana18.03.2023
Hajmi2,35 Mb.
#920270
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   193
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Shar

Quyoshdan himoya qiluvchi moslamalar 
qatoriga tentlar, markizы???, soyabonlar 
kiradi. 
Tentlar suv yuqmaydigan mato tortilgan metall romni ifodalaydi. Yig‘iladigan 
tentlar eng qulay hisoblanadi. Bunday tentni ochish va yig‘ish uchun mexanizm unga 
mato tortiladigan valik va shu valikni qo‘lda aylantiradigan yoki mexanik uzatmadan 


314 
iborat. Tent vitrina ichkarisida tovarlar yonida joylashgan hamda quyosh nurlari 
tushganda uzatma dvigatelini ishga tushiradigan fotoelement yordamida avtomatik 
ravishda ochilishi va yopilishi mumkin. 
Vitrinalar ustidagi soyabonlar vitrinalarni quyosh nurlari ta’siridan saqlash, 
shuningdek, yoritish qurilmalari armaturasi va reklama yorug‘lik qurilmalari o‘rnatish 
uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari, ular xaridorlarni qor va yomg‘irdan himoya 
qiladi. SHu sababli yog‘in-sochin kunlarda soyabonli vitrinalar reklama rolini 
o‘ynashda davom etadi. 
Zamonaviy soyabonlar konstruksiyalari soddaligi va engilligi bilan ajralib turadi. 
Soyabonlarni jihozlash uchun shifer, asbotsement plita, stekloplastik kabi materiallar 
keng foydalaniladi. 
Vitrina inventari va vitrinalarni bezatish uchun materiallar
Vitrina inventari tovarlarni vitrinada ko‘rsatish, shuningdek, ularni magazinning 
savdo zalida reklama uchun joylashtirish maqsadlarida xizmat qiladigan moslama va 
qurilmalarni ifodalaydi. 
Zamonaviy vitrina inventari bu – peshtaxta, stellaj, podium, turli balandlikdagi 
kublar, parallelepiped va silindrlar, turli konstruksiyadagi tagliklar, manekenlar va 
ularning qismlari (qo‘l, oyoq, byust, bosh), shuningdek, gorka, postament, taxta, narx 
yorliqlari, tovarlarni joylashtirish uchun lotoklar, dinamik va yorug‘lik qurilmalari va 
boshqalardir. 
Vitrinalarni bezatishda inventarning vazifasi – tovarga makonda ma’lum bir holat 
berish, uni eng ifodali namoyish etishdir. 
Vitrina inventari oddiy va mustahkam bo‘lishi, beso‘naqay bo‘lmasligi, ko‘zga 
tashlanmaydigan va universal bo‘lishi lozim. Vitrinani minimal sondagi inventarlar 
bilan bezatishdan boshlash kerak. 
Vitrinani sistematik ravishda qayta bezatish kerakligi sababli inventar undan har 
bir ekspozitsiyani almashtirishda foydalanish mumkin bo‘lishi uchun universal bo‘lishi 
lozim. O‘rnatish tezligi va foydalanish qulayligi, boshqa joyga ko‘chirish mumkinligi 
– yaxshi inventarning muhim jihatlaridir. SHu bilan birga inventar magazin 
xarakteriga, vitrinalarga, shuningdek, tovarning ko‘rinishiga aniq mos kelishi lozim. 


315 
Ko‘zga kam tashlanadigan inventar dekoratorga vitrina ekspozitsiyasini 
xaridorlarning e’tibori bevosita tovarning o‘ziga qaratiladiagn darajada bezatishga 
imkon beradi. 
Vitrina inventarini tayyorlash uchun turli materiallar qo‘llanadi, xususan: metall 
novdachalar, quvurlar, metall tasmalar, tunuka, yog‘och, yog‘och va qirindi plitalar, 
pape-mashe, fanera, shpon, qatlamli plastik, silikat va organik oyna, penoplast, 
porolon. 
Barcha vitrina inventarini vazifalari, tuzilishi va tayyorlash xarakteri bo‘yicha 
ajratish mumkin. 
Vazifalar bo‘yicha vitrina inventari quyidagilarga ajratiladi: 
universal 
– vitrinalarda har xil shakldagi (kvadrat, silindr, uchburchak, kub) 
modellar ko‘rinishida tayyorlanadigan oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari turli 
guruhlarini namoyish etish uchun qo‘llanadigan tagliklar, gorka, stolchalar; 
maxsus 
– belgilangan talablarga javob beradigan va mauyyan tovar turlari yoki 
guruhlarini namoyish etish uchun qo‘llanadigan manekenlar, byustlar, maxsus 
ustunlar, tagliklar. 
Tuzilishi bo‘yicha vitrina inventari quyidagi turlarga bo‘linadi: 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish