Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/193
Sana18.03.2023
Hajmi2,35 Mb.
#920270
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   193
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Shar

15.3. Magazinda reklama tadbirlari 
Xaridorlarga reklama ta’siri ko‘rsatining muhim shakli ko‘rgazma-savdolar 
tashkil qilish hisoblanadi

Ko‘rgazma-savdolar tashkil qilish mos keluvchi 
tayyorgarlikni talab qiladi. Ularni o‘tkazishdan bir hafta oldin reklama e’lonlari radio 
va televidenie orqali berilishi, mahalliy matbuotda chop etilishi mumkin (agar bu etarli 
darajada yirik magazin bo‘lsa). Magazinda vitrinalar va savdo zali bezatiladi. Kichik 
magazinlar ichki va tashqi reklama taxtalari, plakatlar va ko‘rgazma o‘tkaziladigan joy
va vaqt, qo‘shimcha xizmatlar, yangi tovarlar, ularning xususiyatlari va afzalliklari 
haqida axborot beradigan boshqa reklama-axborot vositalari tayyorlashi mumkin.
Oziq-ovqat 
magazinlarida 
ko‘rgazma-savdolar 
reklama 
qilinayotgan 
mahsulotlardan tayyorlangan taomlarni tatib ko‘rish bilan biralikda o‘tkazilishi 
mumkin. 
Ma’lumki, magazindagi xaridlarning qariyb yarmi xaridorlar tomonidan impulsiv 
ravishda, ya’ni oldindan rejalashtirilmagan ravishda, tovarning tashqi ko‘rinishi, o‘rovi 
ta’siri ostida yoki sotuvchining maslahati bilan amalga oshiriladi. Masalan, AQSHda 
o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, amerikaliklar o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish 
magazinlarida xaridlarning 40%igacha impulsiv ravishda, asosan magazindagi ichki 
reklama ta’siri sotida amalga oshiradi. Tovar haqida sotuvchidan olinadian axborot 
og‘zaki reklamani ifodalaydi. Shu sababli magazinning reklama faoliyatida 
sotuvchining roli ancha sezilarli. Uning ishi faqat taklif etilayotgan tovarlarni bilishga 
emas, balki ularni xaridorlarga to‘g‘ri taklif qila olishga ham asoslanishi lozim. 
Sotuvchi ishtirokida 
og‘zaki reklama 
boshqa barcha reklama turlaridan individual 
muloqot imkoniyati bilan farqlanadi. Sotuvchi, xaridorning xarakterini baholar ekan, 
unga yondashuv usulini belgilab oladi. Masalan, xarakteri bo‘yicha harakatsiz, sust 
xaridorlarga faolroq xizmat ko‘rsatish, ularga maslahat berish va ishontirish yo‘li bilan 
ta’sir ko‘rsatish lozim. Xolerik xarakterga ega bo‘lgan odmlar bilan muloqotda 
sotuvchi ayniqsa iltifotli bo‘lishi lozim. 
Xaridor xarakterini o‘rganish jarayoni bir lahzada, deyarli intuitiv ravishda 


306 
amalga oshirilishi lozim. Xaridor xarakteri unga psixologik ta’sir ko‘rsatish usulini 
aniqlashda – tovarni ko‘rsatish, u haqida batafsil so‘zlab berish, o‘xshash tovarlar 
oldidagi ustunliklari va xususiyatlarini ta’kidlashda ham boshlang‘ich nuqta bo‘lib 
xizmat qiladi. Xaridorni tinglar ekan, shu tariqa sotuvchi xarid motivlarini bilib oladi. 
Xarid motivatsiyasiga ichki va tashqi omillar ta’sir etadi. Ichki omillar tovarning 
o‘zida mujassam topadi. Ko‘pincha xaridor tovarning tashqi ko‘rinishi ta’siri ostida 
xarid haqida qaror qabul qiladi. Xarid motivlari xilma-xil bo‘lishi mumkin. Motivga 
qarab xaridorga yondashuv ham belgilanadi.
Xaridor bilan muloqot jarayonida sotuvchi uning tovardan manfaatdorligini 
qo‘llab-quvvatlashi lozim. Agar xaridor e’tiroz yoki shubha bildiradigan bo‘lsa, 
sotuvchi tovarni himoya qilish uchun dalillar topishi va uning adolatli fikrlariga 
qo‘shilishi lozim. 
Og‘zaki reklamada xaridorda tovarga e’tibor tugamasligiga erishish lozim. Savdo 
amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, xaridor bir vaqtning o‘zida uchtadan ortiq predmetni 
ko‘rib chiqishi qiyin, chunki bunda uning e’tibor taqalib ketadi. SHu sababli sotuvchi 
bir xil tovarning uchtadan ortiq namunasini ko‘rsatmasligi lozim.
Magazinda ichki radiotranslyasiya muhim rol o‘ynashi mumkin. Yirik 
magazinlarda uning ma’muriyati savdo zaliga yangi tovarlar kelib tushgani haqida 
radio orqali e’lon qilishi, tovarlarni seksiya va bo‘limlarda tovarlarni joylashtirish 
haqida axborotga e’tibor qaratishi mumkin. Quruk e’lonlar bilan chegaralanmasdan, 
vaqti-vaqti bilan radioroliklar ham berish kerak. 
Xaridorlarda magazinga tashrif buyurish bilan bog‘liq ijobiy hissiyotlar uyg‘otish 
va kuchaytirish uchun mahalliy radio orqali musiqa eshittirishni yo‘lga qo‘yish lozim. 
Lekin shuni ta’kidlash joizki, bu tadbir mas’uliyatli bo‘lib, u yoki bu xodimning 
musiqiy ta’biga ishonib qolish kerak emas. Bu erda xaridorlar asosiy qismining dididan 
kelib chiqish lozim. Bunda shuni e’tiborga olish kerakki, kundalik tovarlar sotiladigan 
magazinga ish vaqtida asosan pensionerlar tashrif buyuradi, ularda esa retro musiqalar 
ijobiy hissiyotlar uyg‘otishi mumkin. Mehnatga layoqatli yoshdagi xaridolar uchun esa 
turli avlodlar va ijtimoiy guruhlarga to‘g‘ri keladigan universal musiqa qo‘yish 
maqsadga muvofiq. 


307 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish