Magazinda reklama ko‘rsatkichlari
Ko‘rsatkichlar,
o‘zining magazin savdo zali bo‘ylab xaridorlar oqimi harakatini
«tartibga soluvchi» asosiy rolidan tashqari yana bir rol – reklama rolini ham o‘ynaydi.
Ular xaridorlarga yaxshi ma’lum bo‘lgan tovarlarni esga soladi, ularning e’tiborini
yangilik tovarlarga qaratadi. Ko‘rsatkichlar – har xil turdagi tablo, strelka, sxema,
piktogrammalar – xaridorlarga tovar bo‘limlarida va seksiyalarida yo‘l topish, ularga
kerakli tovarlarni tezda izlab topishga yordam beradi.
301
Ko‘rsatkichlar konstruksiyasi, shakli, o‘lchami, ular tayyorlangan material,
shuningdek, ularni bezash xarakteri xilma-xil bo‘lishi mumkin. Bularning barchasi
ko‘rsatkichning vazifasi va mazmuni, joylatirilgan o‘rni, magazin savdo zalini bezash
umumiy uslubi bilan belgilanadi. Ko‘rsatkichlar rassomlar tomonidan oynada,
fanerada, kartonda bo‘yoqlar yoki yog‘och, penoplast, porolon va boshqa
materiallardan qoplanadigan harflar yordamida bajariladi. Aksariyat hollarda
ko‘rsatkichlar to‘rtburchak – 1:3 yoki 1:2 nisbatda qilinadi. Reklama ko‘rsatkichlari
trapetsiya, aylan, oval shaklida yasalishi mumkin.
Konstruksiyasi bo‘yicha ko‘rsatkichlar
yassi
va
bo‘rtma
turlarga bo‘linadi. YAssi
ko‘rsatkichlar taxtachalar ko‘rinishida bajariladi. Ular uchun material bo‘lib yog‘och,
karton, fanera, plastmassa, organik va silikat oyna, penoplast, metall xizmat qilishi
mumkin. YAssi ko‘rsatkichlar bir tomonlama va ikki tomonlama bo‘ladi. Ular ba’zida
o‘zaro shunday biriktiriladiki, savdo zalining shiftiga osib qo‘yiladigan uch yoki to‘rt
tomonlama ko‘rsatkich hosil bo‘ladi.
Yirik magazinlarda bo‘rtma ko‘rsatkichlar foydalaniladi. Ular yuzasiga turli
rasmlar va yozuvlar tushirilgan to‘rtburchakli qutini ifodalaydi.
Ko‘rsatkichlar savdo zallarining devorlarida, zinapoya maydonchalarida,
peshtaxtada joylashtiriladi yoki shiftga osib qo‘yiladi. Ko‘rsatkich magazindagi tovar
bo‘limlari va seksiyalarning joylashuv sxemasini aks ettirshii mumkin. Unda bo‘lim
yoki seksiya nomi yoziladi. Yozuv rasm bilan to‘ldirilishi mumkin (bo‘lim yoki
seksiyada sotiladigan mahsulot silueti). Ko‘rsatkichdagi rasm piktogramma
ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Xaridorlar oqimi harakati tartibsiz bo‘lishi mumkin bo‘lgan katta zallarda
ko‘rsatkichlar o‘zaro perpendikulyar taxtalarda takrorlanishi lozim.
Prizma shaklidagi tablo-ko‘rsatkichlar keng tarqalgan. Tepasi ochiq bo‘lgan tablo
bevosita lyuminisset yoritgichlar ustiga osib qo‘yiladi. Lampalar yoqilganda tablo-
ko‘rsatkich yonib turganday, yozuvlar esa juda aniq bo‘lib turadi.
Ko‘rsatkichlar yordamidagi reklamaning yana bir o‘zgarmas sharti ko‘rsatkich va
u ko‘rsatadigan bo‘limni ko‘rish orqali bog‘lash mumkinligi hisoblanadi. Agar
ko‘rsatkich juda baland joylashtirilgan bo‘lsa, uzoqdan turib uning savdo maydonchasi
302
aynan qaysi qismiga mansub ekanligini aniqlash qiyin.
Ko‘rsatkich tovarlar joylashtirilgan tokchalarga yaqin bo‘lgan hollarda uning
echimi (rangi, o‘lchami, harflar shakli) tovarning o‘zidan ko‘ra faolroq bo‘lishi lozim.
Aks holda u tovar tomonidan «siqib» chiqariladi.
Uchinchi shart – ko‘rsatkichning ma’no jihatidan o‘qilishi. Harflar fonga nisbatan
ularning kontrasti va o‘lchami kattalashuvi bilan osonroq o‘qiladi. Eng katta kontrast
yoki harflarning o‘zini, yoki ularning atrofidagi maydonni yoritishda olinadi. SHu
bosidan yonib turadigan yozuvlar oson o‘qiladi. Keyingi o‘rinda oq yoki sariq fondagi
to‘q rangli harflar turadi.
Ko‘rsatkichda so‘zlar qanchalik kam bo‘lsa, u shunchalik oson o‘qiladi. Xaridor
raqamli indekslardan ko‘ra tovar nomini osonroq aytishi qayd etilgan. SHu sababli
bo‘limlar nomini belgilaydigan yozuvlarda harf va raqamlar birikuvidan
foydalanmaslik kerak.
Reklama vositasi sifatida piktogrammaning albatta bajarilishi kerak bo‘lgan sharti
ko‘rsatkich-simvolni ko‘rish orqali qabul qilishning osonligi va tushunarliligi
hisoblanadi (15.3-rasm).
Savdo zali devorining ma’lum bir qismini doimiy ravishda egallab turadigan
badiiy panno seksiya yoki bo‘lim tovar profilining o‘ziga xos ko‘rsatkichi va magazin
intereri elementlaridan biri bo‘lishi mumkin. yorqin bo‘yoqlar bilan bezalgan holda u
tovarlar guruhlari vazifalarini ta’kidlab ko‘rsatadigan va shu tariqa xaridorlar e’tiborini
jalb qiladigan rangli fon bo‘lib xizmat qiladi. Pannoda u yoki bu tovarni ishlab
chiqarish va foydalanish bilan bog‘liq sahnalar tasvirlanishi mumkin. Masalan, non va
non mahsulotlari bilan savdo qiluvchi magazinda tegirmonchi va novvoylar mehnatini
aks ettiradigan hamda rastalarda keng assortimentda berilgan asosiy oziq-ovqat
mahsulotining asl qimmatini ko‘rsatadigan panno o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin.
Baliqlar sotiladigan bo‘limda pannoda baliqchilik bilan bog‘liq tasvirlar berilishi
mumkin.
Tovarlar ular uchun odatiy bo‘lgan vaziyatlarda taqim etiladigan bo‘lsa, syujetli
pannolar ma’noli yuklamaga ega bo‘ladi. Masalan, o‘yinchoqlar do‘konida bolalarning
sevimli o‘yinlari, ertak va multfilm qahramonlari haqida eslatib turadigan panno
303
joylashtirilishi mumkin.
Panno tayyorlashning eng tarqalgan usullari rassomchilikka oid va grafikaga oid
hisoblanadi.
Rassomchilikka oid panno
bo‘yoqlar bilan matoda, shishada yoki
devorning o‘zida bajariladi,
grafikaga oid panno
esa – qalam yoki tush bilan karton
yoki qalin qog‘ozda. Panno sifatida mozaika va vitrajlar foydalaniladi. Reklama-
dekorativ panno yog‘och va metalldan galvanoplastika, o‘yma naqsh usulida, rangli
organik shisha panno esa – applikatsiya usuli bilan yasaladi. Reklama pannolarida oq-
qora va rangli yirik formatli fotosuratlar, ba’zida esa grafik tasvirlar bilan birgalikda
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |