Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/193
Sana18.03.2023
Hajmi2,35 Mb.
#920270
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   193
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Shar

Tovar belgilaridan
vitrinada mustaqil blikfang sifatida foydalanish mumkin. 
Ular shuningdek, tovar kompozitsiyasiga grafik to‘ldiruvchi bo‘lib xizmat qiladi. 
Ulardan foydalanishning turli variantlarida ularni doimo ushbu korxona tovarlari 
yonida joylashtirish lozim. Tovar belgisi yiriklashtirilgan bo‘lishi mumkin 
(kompozitsiya echimiga qarab). 


319 
Tovar va firma belgilari tasdiqlangan namunalarga aniq mos kelishi va yuqori 
badiiy darajada bajarilishi lozim. 
Vitrinalarni bezatish uchun yordamchi materiallar sifatida kapron ip, 
to‘g‘nag‘ichlar, mix, oyna, reyka (yupqa va ensiz uzun taxtacha), sim, karton, fanera 
va chilvir foydalaniladi. 
Kapron ip 
yordamida vitrinada ilish va tortish ishlari bajariladi. 
Tovarni mahkamlash uchun dekorator 
to‘g‘nag‘ichlardan 
foydalanadi. 
Kanselyariya to‘g‘nag‘ichlari oson egiladi va shu bilan birga yog‘ochga oson kiradi, 
ular bilan tovar va dekorativ elementlar mahkamlab qo‘yiladi. Tikuvchilar 
to‘g‘nag‘ichlari yordamida matolar biriktiriladi, tikuvchilik mahsulotlari va boshqalar 
qadab qo‘yiladi. 
Turli o‘lchamdagi va kesimdagi 
mixlar 
inventar va tovar ilib qo‘yish uchun 
foydalaniladi. Mayda mixlarning yordamida mato romga tortiladi. 
Oyna 
yoki shift sifatida, yoki dekorativ fon sifatida foydalaniladi. U to‘rtburchak, 
uchburchak, doira shaklida qirqiladi, chetlari silliqlanadi. Ba’zida oyna bir tomonidan 
moybo‘yoq yoki nitrobo‘yoq bilan bo‘yaladi. 
Reyka 
tovar mahkamlab qo‘yiladigan ilgaklar tayyorlash uchun foydalaniladi. 
Ingichka 
sim 
yoki 2,5-3 mm kesimli metall 
novda 
bilan trikotaj va tikuvchilik 
mahsulotlarini namoyish etish uchun konturlar yasaladi. Uch millimetrli alyumin 
novda yordamida dekorator ichkiyim uchun oddiy takgliklar, oyoq kiyimi uchun 
poshna qo‘yiladigan moslamalar tayyorlanishi mumkin. 
Bo‘yalgan 
karton 
gul (kashta) tikilgan mahsulotlar yoki tikuvchilik mahsulotlari 
ichiga solish uchun material bo‘lib xizmat qiladi. Zichlashtirilgan kartondan byustlar 
va yarim manekenlar yasaladi. Nay shaklida o‘ralgan va qisqich yoki to‘g‘nag‘ich bilan 
mahkamlangan karton zig‘ir tolasidan to‘qilgan donabay mahsulotlar yoki mato uchun 
karkas, oyna uchun tirgak, shlyapalar uchun tayanch sifatida foydalaniladi. Fanera va 
qalin kartondan shim, erkaklar ko‘ylagi va yubkalar ichiga solinadigan qirqimlar 
yasaladi. 
Vitrinalarni bezatishda bundan tashqari, qirindi, shag‘al, marmar uvog‘i, oyna 
parchalari kabi materiallar ham foydalaniladi. Masalan, bezakchining g‘oyasi va 


320 
namoyish etiladigan tovarlarga qarab, vitrina poliga rangli qirindi, qum, chig‘anoqlar 
sepiladi; yangi yil vitrinalari singan archa o‘yinchoqlari parchalari, mayda zarqog‘oz 
bo‘laklari bilan bezatiladi. 
YAngilik tovarlarga e’tiborni jalb qilish maqsadida, shuningdek, syujetli 
vitrinalarni bezatishda dinamik moslamalar qo‘llanadi. Bu tovarlar uchun turli 
aylanadigan tagliklar, harakatlanadigan qo‘g‘irchoqlar, tebranadigan dekoratsiyalar va 
h.k. 
Tovarlarni reklama uchun ko‘rsatishda dinamik moslamalar, xuddi butun inventar 
kabi, tovarlarni yorqinroq va ifodaliroq namoyish etish maqsadlariga xizmat qiladi. 
SHu sababli turli aylanadigan disklarda, harakatlanuvchi maydonchalarda dekorativ 
elementlarni emas, balki tovarning o‘zini ko‘rsatish lozim bo‘lib, makon bo‘ylab 
harakatlanishi tufayli tovar yanada ko‘zga tashlanadigan bo‘ladi, bu esa xaridorga 
tovarni har tomondan tomosha qilish imkonini beradi. 
Yorug‘lik effektlari: shu’la, o‘chib-yonadigan nur, ranglar almashinishi, 
aylanuvchan nurqaytargichlar, soyalar, ko‘zguda aks ettirish vositasida yorug‘likni 
kuchaytirish, nurni tovar joylashgan erdagi bir nuqtaga to‘plash yordamida qiziqarli 
vitrina yaratish mumkin. Ko‘zgular yordamida yaqin va uzoq sahna effektini yaratish 
mumkin. 
Boshqa bir usul – havo harakatlaridir. Havo oqimi eksponatlarning aylanma yoki 
tebranma harakatini yaratishdir. Eksponatlarning «jonli» harakati – vitrinadagi eng 
samarali harakat shaklidir. 
Harakat shakllari turlicha bo‘lishi mumkin. Illyuzor (xayoliy) harakat bu – 
dinamik reklamaning shunday turiki, bunda tovarni va unga yo‘ldoshlik qiladigan 
plastik elementlarni (grafika, fotosurat, tagliklar, manekenlar) joylashtirish harakat 
illyuziyasini yaratadi, xaridorni o‘z nigohini bir predmetdan boshqachiga ko‘chirishga 
majbur qiladi. Bunday samarani tovarlarning turli rangdagi uyg‘unlashuvi, 
shuningdek, ularning fakturasi va naqshlari ham berishi mumkin. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish