Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi


 Reklama ta’siri va qabul qilish jarayoni



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/193
Sana18.03.2023
Hajmi2,35 Mb.
#920270
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   193
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Shar

 
12.2. Reklama ta’siri va qabul qilish jarayoni 
Iste’molchi xulq-atvoriga ma’lum bir ta’sir ko‘rsatish uchun avvalo uning 
e’tiborini jalb qilish zarur. E’tibor jalb qilish – reklamaning psixologik ta’sir 
mexanizmi zanjiridagi birinchi bo‘g‘indir. Aynan e’tibor retsipientning reklama 
axboroti qabul qilishi, uni ongida qayta ishlashi kabi psixik jarayonlarga hamrohlik 
qiladi. Bunda e’tibor keraksiz xabarlarni chiqarib tashlaydigan o‘ziga xos filtr bo‘lib 
xizmat qiladi.
Reklamaning iste’molchiga psixologik ta’sir mexanizmini quyida sxema 


222 
ko‘rinishida aks ettirish mumkin: 
Reklamaning iste’molchi ongiga psixologik ta’siri har bir bosqichi eng katta 
psixologik samarani ta’minlashga qodir bo‘lgan reklama ta’siri usullari qo‘llashni talab 
qiladi. 
Faqat ayrim reklama vositalarigina o‘zi betaraf sub’ekt e’tiborini jalb qila olishi 
mumkin. Bu qatorga, masalan, sotuvda bo‘lgan tovarlar assortimenti bilan 
tanishtiradigan magazin vitrinasi kiradi. 
Inson psixik holatining bitta ob’ektda mujassamlashuvi boshqa ob’ektlardan 
e’tiborni uzishga olib keladi. Masalan, televidenie orqali yangi model namunalarini 
namoyish qilish ayol-teletomoshabinlar e’tiborini shu darajada jalb qiladiki, bu 
teleko‘rsatuvning qolgan elementlari (modellar namoyishida maqsadli doira 
reaksiyasi, fon, yorug‘lik samarasi) chetda qolib ketadi. Teletomoshabin e’tiborini 
muayyan tovarga jalb qilish ko‘plab sabablarga, jumladan, teleekrandan beriladigan 
axborot xarakteriga va ommaviy axborot vositasi sifatida televideniening o‘ziga xos 
xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. 
I.P.Pavlov ta’limotiga ko‘ra, 
e’tibor bir vaqtning o‘zida bosh miya qobig‘ining 
qolgan qismlarini to‘xtatib qo‘ygan holda bosh miya qobig‘ining belgilangan 
qismlarida 
(optimal 
qo‘zg‘aluvchanlik 
o‘chog‘i) 
qo‘zg‘aluvchanlikning 
markazlashuvidir.
E’tiborning eng muhim xususiyati – uni taqsimlash, boshqa joyga qaratish va bir 
erga to‘plash imkoniyatidir. Bu xususiyatlar reklamani qabul qilish xarakteriga, uni 
tushunib etish va eslab qolishga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, reklama 
qabul qilish jarayonida teletomoshabin yoki radiotinglovchining e’tibori beqaror 
xarakterga ega bo‘lib, doimiy ravishda o‘zgarib turadi. 
Reklama teleko‘rsatuvini qabul qilishda vujudga keladigan kechinmalar, 
tasavvurlar va boshqa ruhiy jarayonlar masalan, tanish odamlar qiyofasi bilan 
almashinib keladi, e’tibor xonadagi buyumlarga va yonida o‘tirgan odamlarga 
ko‘chiriladi. Biroq, dinamiklikka qaramay, reklama ko‘rsatuviga e’tibor yana o‘z 
o‘zaniga qaytadi. 
Reklamani qabul qilish jarayonida e’tibor hajmi muhim ahamiyatga ega. Katta 


223 
yoshdagi kishi bir vaqtning o‘zida 4-6 ta ob’ektni o‘z e’tibori bilan qamrab oladi deb 
hisoblanadi. Ob’ektlar soni kamayganda e’tibor markazlashadi, bu esa ularni 
chuqurroq qabul qilishga xizmat qiladi. Tomoshabin e’tiborining reklama murojaatiga 
chuqur va barqaror qaratilganligi – reklama samaradorligi shartlaridan biridir. Agar 
reklamaning tasviriy qismi detallar bilan ortiqcha yuklangan bo‘lsa, tomoshabin butun 
tasvir hajmi qabul qiliga ulgurmaydi, chunki uning ruhiyati ortiqcha yuklangan bo‘ladi. 
Quyidagi rasmda reklamadan kutiladigan natija aks ettirilgan. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish