314
iborat. Tent vitrina ichkarisida tovarlar yonida joylashgan
hamda quyosh nurlari
tushganda uzatma dvigatelini ishga tushiradigan fotoelement yordamida avtomatik
ravishda ochilishi va yopilishi mumkin.
Vitrinalar ustidagi soyabonlar vitrinalarni quyosh nurlari ta’siridan saqlash,
shuningdek, yoritish qurilmalari armaturasi va reklama yorug‘lik qurilmalari o‘rnatish
uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari, ular xaridorlarni qor va yomg‘irdan
himoya
qiladi. SHu sababli yog‘in-sochin kunlarda soyabonli vitrinalar reklama rolini
o‘ynashda davom etadi.
Zamonaviy soyabonlar konstruksiyalari soddaligi va engilligi bilan ajralib turadi.
Soyabonlarni jihozlash uchun shifer, asbotsement plita, stekloplastik kabi materiallar
keng foydalaniladi.
Vitrina inventari va vitrinalarni bezatish uchun materiallar
Vitrina inventari tovarlarni vitrinada ko‘rsatish, shuningdek, ularni magazinning
savdo zalida reklama uchun joylashtirish maqsadlarida xizmat qiladigan moslama va
qurilmalarni ifodalaydi.
Zamonaviy vitrina inventari bu – peshtaxta, stellaj, podium, turli balandlikdagi
kublar,
parallelepiped va silindrlar, turli konstruksiyadagi tagliklar, manekenlar va
ularning qismlari (qo‘l, oyoq, byust, bosh), shuningdek, gorka, postament, taxta, narx
yorliqlari, tovarlarni joylashtirish uchun lotoklar, dinamik va yorug‘lik qurilmalari va
boshqalardir.
Vitrinalarni bezatishda inventarning vazifasi – tovarga makonda ma’lum bir holat
berish, uni eng ifodali namoyish etishdir.
Vitrina inventari oddiy va mustahkam bo‘lishi, beso‘naqay bo‘lmasligi, ko‘zga
tashlanmaydigan va universal bo‘lishi lozim. Vitrinani
minimal sondagi inventarlar
bilan bezatishdan boshlash kerak.
Vitrinani sistematik ravishda qayta bezatish kerakligi sababli inventar undan har
bir ekspozitsiyani almashtirishda foydalanish mumkin bo‘lishi uchun universal bo‘lishi
lozim. O‘rnatish tezligi va foydalanish qulayligi, boshqa joyga ko‘chirish mumkinligi
– yaxshi inventarning muhim jihatlaridir. SHu bilan birga inventar magazin
xarakteriga, vitrinalarga, shuningdek, tovarning ko‘rinishiga aniq mos kelishi lozim.
315
Ko‘zga kam tashlanadigan inventar dekoratorga vitrina ekspozitsiyasini
xaridorlarning e’tibori bevosita tovarning o‘ziga qaratiladiagn
darajada bezatishga
imkon beradi.
Vitrina inventarini tayyorlash uchun turli materiallar qo‘llanadi, xususan: metall
novdachalar, quvurlar, metall tasmalar, tunuka, yog‘och, yog‘och va qirindi plitalar,
pape-mashe, fanera, shpon, qatlamli plastik, silikat va organik oyna,
penoplast,
porolon.
Barcha vitrina inventarini vazifalari, tuzilishi va tayyorlash xarakteri bo‘yicha
ajratish mumkin.
Vazifalar bo‘yicha vitrina inventari quyidagilarga ajratiladi:
universal
– vitrinalarda har xil shakldagi (kvadrat, silindr, uchburchak, kub)
modellar ko‘rinishida tayyorlanadigan oziq-ovqat va nooziq-ovqat
tovarlari turli
guruhlarini namoyish etish uchun qo‘llanadigan tagliklar, gorka, stolchalar;
maxsus
– belgilangan talablarga javob beradigan va mauyyan tovar turlari yoki
guruhlarini namoyish etish uchun qo‘llanadigan manekenlar, byustlar,
maxsus
ustunlar, tagliklar.
Tuzilishi bo‘yicha vitrina inventari quyidagi turlarga bo‘linadi:
Do'stlaringiz bilan baham: