Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi


 Vitrinalar reklama vositasi sifatida



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/193
Sana18.03.2023
Hajmi2,35 Mb.
#920270
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   193
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Shar

15.4. Vitrinalar reklama vositasi sifatida
 
Vitrinalar, ularning turlari, tasniflanishi va ularga qo‘yiladigan talablar
Vitrinalar eng muhim savdo reklamasi vositalaridan sanaladi. Ularni bezatishda 
natural tovarning reklama namoyishi tamoyili asos qilib olinishi lozim. 
Magazinning funksional elementi sifatida vitrinaning asosiy vazifalari 
quyidagilardan iborat: 
• sotuvda bo‘lgan tovarlar assortimenti bilan tanishtirish, u yoki bu mavsum 
yaqinlashayotganini eslatish; 
• yangilik tovarlarni reklama qilish, modadagi yangi yo‘nalishlarni aks ettirish; 
• magazinda mavjud bo‘lgan savdo usullari va xaridorlarga taklif etiladigan 
maxsus xizmatlar haqida xabar berish. 
Vitrinalar sof reklama rolidan tashqari muhim tarbiyaviy rol ham o‘ynaydi, 
chunki nooziq-ovqat tovarlar va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish haqida, 
turmush tarzi va milliy an’analar haqida so‘zlab beradigan xalq iste’moli predmetlari 
doimiy ishlab turadigan o‘ziga xos ko‘rgazmasini ifodalaydi. 
Vitrinalarning ahamiyati kiyinish madaniyati, estetikani targ‘ib qilishdan ham 
iborat. Did bilan bezatilgan vitrinalar xaridorni yangi moda yo‘nalishlariga 
yo‘naltiradi, ularni ayrim aksessuarlarni to‘g‘ri tanlashga, dasturxon bezatish va h.k.ga 
o‘rgatadi. Vitrinalar xaridorlarga savdo korxonasi taqdim etadigan qo‘shimcha 
xizmatlar haqida ham gapirib beradi. 
Bundan tashqari, vitrinalar ko‘chalarni bezatishning ham asosiy elementi 
hisoblanadi. Ular ko‘chalarni jonlantiradi, bayramona ruh baxsh etadi. Magazinlarning 
yorug‘lik reklamasi va viveskalar bilan birgalikdagi yoritilgan oynalari zamnoaviy 
shaharlar va boshqa aholi punktlarining tungi bezagi bo‘lib xizmat qiladi. 
Vitrinalar magazin intereriga qarab uchta asosiy turda bo‘lishi mumkin: 
1. Interer bilan to‘liq uyg‘unlashadigan vitrinalar. Ular zamonaviy me’morchilik 
magazinlari uchun xosdir. 
2. Intererni ko‘chadan erkin tomosha qilish imkonini beradigan tasma turidagi 


308 
vitrinalar. Bunday vitrinalar savdo zalidan oyna bilan ajratilgan va poldan biroz 
ko‘tarilgan holda bo‘ladi. 
3.Bir-biridan ikki deraza o‘rtasidagi devor bilan ajratilgan vitrinalar (eski 
me’morchilik magazinlarida). 
Zamonaviy me’morchilik magazinlarida vitrina yo‘lovchilarga magazin intererini 
ochib beradi. Savdo zali: uning intereri, tovarlar ekspozitsiyasi ham vitrinaga aylanadi. 
Ilgari vitrina qutisining asosiy qismi bo‘lib xizmat qilgan orqa devor endi olib 
tashlangan. Boshdan-oyoq ko‘rinib turadigan vitrina xaridorlarni magazinga jalb 
qiladi, an’anaviy (orqa devori bor) vitrina esa bu maqsadga kamroq darajada javob 
beradi. 
SHu bilan birga, vitrinada – u an’anaviy yoki zamonaviy bo‘lishidan qat’i nazar 
– reklama funksiyasi o‘zgarmagan. U avvalgidek tovarlar haqida axborot berishi, ularni 
xarid qilishga yordam berishi lozim. 
Magazinlarning oynali vitrinalarini reklama qilinadigan tovarlarni tanlash, 
mazmunga qarab tasniflash mumkin.
Tovar belgisi bo‘yicha vitrinalar quyidagilarga bo‘linadi: 
kombinatsiyalangan vitrina 
– talab yoki iste’mol umumiyligi bilan bog‘liq bir 
nechta tovar guruhlari mahsulotlarini reklama qiladi. Masalan, «Kiyim-kechaklar» 
magazinlarida bolalar, ayollar va erkaklar uchun iste’mol komplekslarini namoyish 
etadigan vitrinalar bo‘lishi mumkin; 
ixtisoslashgan vitrina 
– bitta tovar guruhidagi tovarlarni namoyish etadi. Masalan, 
maishiy elektr jihozlar sotish bo‘yicha magazinlarda elektr yoritish uskunalari, kir 
yuvish mashinalari, changyutgichlar, muzlatgichlar alohida namoyish etiladi; 
tor ixtisoslashgan vitrina – 
tovar guruhi mahsulotlari qismini namoyish etadi 
(masalan, fotoapparatlar, qo‘l soatlari, erkaklar ko‘ylaklari); 
aralash turdagi vitrina 
– ular o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa bo‘lmagan turli 
guruhga mansub tovarlarni namoyish etadi. 
Bezatish xarakteri bo‘yicha vitrinalar quyidagicha bo‘ladi: 
tovar vitrinalari 
– ularning asosini dekorativ elementlardan foydalanmagan 
holdagi tovarlar tashkil qiladi. Masalan, «Oshxona uchun idish-tovoqlar» vitrinasida 


309 
tovar keng assortimentda taqdim etiladi; 
tovar-dekorativ vitrinalar 
– bu erda tovar bilan bir qatorda ularning yordamida 
tovarning eng muhim xususiyatlari va xossalari ta’kidlab ko‘rsatiladigan dekorativ 
elementlar qo‘llanadi. Masalan, sovutgichlar, kir yuvish mashinalari, changyutgichlar 
reklamasi; 
syujetli vitrinalar 
– biron-bir janrga oid sahnadan foydalangan holda bezatiladi. 
Masalan, bolalar uchun tovarlar sotishga ixtisoslashgan magazinlarda ertak va 
multfilmlar mavzusidagi vitrinalar; 
tematik vitrinalar 
– bayram, yubiley va tantanali voqealarga moslab bajariladi. 
Tematik vitrinalarni bezatishda matn, fotosurat, plakat, diagrammalardan keng 
foydalanish zarur. Tovarlarni joylashtirish yorqin va samarali bo‘lishi lozim. 
Texnik vositalar bo‘yicha vitrinalar statik, dinamik, kombinatsiyalangan turlarga 
bo‘linadi. Ularda ekspozitsiyaga harakat va dinamika baxsh etish uchun mexanik 
qurilmalar va boshqa moslamalar o‘rnatish mumkin. 
Vitrinalarga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi: 
1. Vitrinalar, qoidaga ko‘ra, boshdan-oyoq ko‘rinadigan, imkon bo‘lgan joylarda 
esa – ularda qo‘yilgan tovarlar ko‘chadan ham, savdo zalidan ham ko‘rinib turishi 
uchun ikki tomonlama bo‘lishi lozim. 
2. Vitrinada faqat sotuvda bo‘lgan tovarlarni namoyish etish mumkin. Agar tovar 
sotib bo‘lingan bo‘lsa, uning namunalari vitrinadan olib qo‘yilishi lozim. 
3. Vitrinada faqat tovarlarning natural namunalari (atir, odekolon, pudra, krem 
qutilari va h.k.) qo‘yishga ruxsat etiladi. 
4. Vitrinada mulyaj va butaforiya ko‘rinishida tovarlarning sun’iy qiyofalarini 
namoyish etish taqiqlanadi. 
5. Vitrinada tovarlar bilan bir qatorda qo‘yilgan tovarlarning, ayniqsa, yangilik 
tovarlar va xaridorga yaxshi ma’lum bo‘lmagan tovarlarning iste’mol xususiyatlarini 
ochib beradigan reklama matni berilgan plakatlardan foydalanish maqsadga muvofiq. 
Vitrinaga qo‘yilgan tovar namunalari raqamlari aniq yozib qo‘yilgan 
narxko‘rsatkichlar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim. 
6. Savdo zalini tabiiy yorug‘lik bilan ta’minlaash maqsadida ko‘rgazma bezaklari 


310 
qoidaga ko‘ra vitrina oynasi maydonining yarmidan ortig‘ini egallamasligi lozim. 
7. Vitrinada foydalaniladigan inventar tovardan e’tiborni chalg‘itmasligi uchun 
ko‘zga tashlanmaydigan bo‘lishi lozim. 
8. Ayni paytda magazinda mavjud bo‘lgan tovarlar assortimentini namoyish 
etishda mavsumiylik omilini hisobga olish zarur. 
9. Vitrinalar kamida bir oyda ikki marta yangilanib turishi lozim. Dinamik 
qurilmali va mavsumiy vitrinalar har uch oyda yangilanib turishi mumkin. Rangi 
o‘chib ketishi va dastlabki ko‘rinishini yo‘qotishi mumkin bo‘lgan tovarlar tez-tez 
almashtirib turiladi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish