189
Marketing kommunikasion byudjetini ishlab chiqishda
xarajatlar rejasimgk
rejalashtirilgan tadbirlari qiymatini to’g’ridan-to’g’ri hisobga olish bilan aniqlanishi
mumkin. Barcha kommunikatsiya xarajatlari, ayniqsa, reklama xarajatlari aniq
identifikasiya qilinishi lozim, chunki mahsulot (ish, xizmat)
tannarxiga kiritiladigan
xarajatlar belgilangan me’rlar doirasida QQS miqdorini qoplash va foyda solig’i uchun
me’yorlashtiriladi.
Reklamani tashkil qilish qiymatiga quyidagi xarajatlar kiritiladi:
- reklama mahsulotlari ishlab chiqish, chop etish va tarqatish xarajatlari (suratli
preyskurantlar, kataloglar, broshyuralar, albomlar, prospektlar,
plakatlar, reklama
xatlari, otkritkalar);
- rasxodi na razrabotku, izgotovlenie i rasprostranenie eskiz, etiketka, original
va firma paketlari namunalari, o’rab-qadoqlash materiallari ishlab chiqish, tayyorlash
va tarqatish, reklama suvenirlari, chiqarilayotgan mahsulot namunasi ‘arid qilish,
tayyorlash va tarqatish
xarajatlari;
- ommaviy axborot vositalarida reklama tadbirlari xarajatlari (matbuotdagi
e’lonlar, radio eshittirishlar va teleko’rsatuvlar);
- yorug’lik reklamasi va boshqa tashqi reklama xarajatlari;
- reklama kino-, video-, diafilmlar xarid qilish, tayyorlash, nusxa olish va
namoyish etish xarajatlari;
-
reklama taxtasi, ko’rsatgichlar tayyorlash xarajatlari, reklama materiallarini
saqlash va tarqatish xarajatlari;
- ko’rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish xarajatlari;
- vitrinalar, namunalar xonalari, namoyish zallarini bezatish xarajatlari;
- vitrinada namoyish etishda sifatini qisman yoki to’liq yo’qotgan
tovarlar
narxini arzonlashtirish xarajatlari;
- ommaviy reklama kampaniyalari o’tkazish vaqtida topshirish uchun yutuqlar
xarid qilish, tayyorlash va tarqatish xarajatlari;
- reklama tadbirlari o’tkazish xarajatlari (anjumanlarda ishtirok etish, taqdimot
o’tkazish).
190
Reklama xarajatlari qatoriga kiradigan xarajatlar ro’yxati ochiq hisoblanadi.
Korxonalar sarflagan xarajatlar reklama xarakteriga ega bo’lishi shartlarida ular ushbu
asosda quyidagi tasnifiy belgilar bo’yicha xarajatlar tarkibiga kiritilishi mumkin:
- korxona ishlab chikaradigan mahsulot haqida axborot tarqatish xarajatlari;
- axborotni tarqatishdan maqsad – mahsulotni ilgari surishga qaratilgan potensial
iste’molchilarga ta’sir ko’rsatish xarajatlari.
Tovar sotish uchun mo’ljallangan binolarda ilib qo’yiladigan ish tartibi, xizmat
ko’rsatish qoidalari, muloqot variantlari (telefon, faks) haqidagi axborot beruvchi
vositalar, ogohlantiruvchi tablichkalar va reklama xarakteriga ega bo’lmagan boshqa
axborot beruvchi material va elonlar reklama xizmatlari tarkibiga kirmaydi.
Agar taqdim etilgan axborot uni joylashtirgan shaxsga, uning tovarlari, g’oyalari
va rejalariga qiziqish uyg’otish yoki qo’llab-quvvatlash maqsadini ko’zlasa, u reklama
sifatida ko’rib chiqilishi lozim.
Vitrinalarda asosiy profil bo’yicha tovar haqidagi axborot ustunlik qilishi lozim
(hajm va miqdorning 70%idan ko’p). Asosiy profil bo’yicha bo’lmagan axborot ham
reklama hisoblanadi.
Tovarlarning o’ziga nisbatan tovarlarga ilova qilinadigan texnik hujjatlarda,
shuningdek, tovar yorliqlarida joylashtirish majburiy bo’lgan ma’lumotlar ro’yxati
reklama hisoblanmaydi. Axborot tovarning asosiy iste’mol
xususiyatlari, tarkibi,
vazni, hajmi, zararli moddalar mavjudligi, qarshi dalillar va sotuv qoidalari, ishlab
chiqaruvchi joylagan joy haqidagi ma’lumotlar, shuningdek,
standartlar
belgilanishidan iborat bo’lishi lozim. Tovar yorlig’ida kafolat muddati, xizmat
ko’rsatish muddati, xavfsiz foydalanish qoidalari, sertifikasiya haqida axborot, sotuv
qoidalari, ishlab chiqaruvchi joylagan joy haqidagi ma’lumotlar ko’rsatish zarur.
Reklama to’lovlari uchun mos keluvchi shartnomasiz ommaviy axborot
vositalarida joylashtirilgan reklama xarajatlari tarkibidagi ishlar uchun to’lovlar
mahsulot tannarxiga kiritilmaydi.
Birlamchi hujjatlarga qo’yiladigan talablarga muvofiq rasmiylashtirilgan
reklama xizmatlari ko’rsatilganini tasdiqlaydigan dalolatnoma xarajatlar qonuniyligini
aks ettiradigan asosiy hisob hujjati hisoblanadi. Rejalashtirilgan reklama xarajatlarini
191
ob’ektiv hisobga olish uchun xarajatlar dastlabki smetasini tuzish hamda mablag’lar
sarflanishi va smeta ijrosi ustidan tezkor hisob maqsadga muvofiq.
To’g’ridan-to’g’ri schet bilan marketing byudjetini
hisob-kitobi quyidagi
jadvalda keltirilgan shaklda ifodalanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: