Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/193
Sana18.03.2023
Hajmi2,35 Mb.
#920270
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   193
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Shar

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
9.2-rasm. Kommunikatsion kampaniyani amalga oshirish bosqichlari
Tovar 
ishlab 
chiqaruvchining 
oldida 
turgan 
muammolar va o’z 
raqobatbardoshligini oshirish zaxiralarini tushunib yetish lozim. 
Bozorni va taxmin qilinayotgan iste’molchilarni bilgan holda dastlab 
kommunikasion kampaniya maqsadlari va g’oyalarini aniqlab olish lozim. 


175 
Agar cheklangan sonli mijozlar bilan ishlashga to’g’ri keladigan bo’lsa, bunda 
reklama to’g’ridan-to’g’ri muloqot bilan taqqoslaganda unchalik unumli bo’lmasligi 
mumkin. Sarflanadigan moliyaviy resurslar va potensial imkoniyatlarni hisobga olgan 
holda katta hajmdagi maqsadli muloqot doirasiga axborot uzatishni ta’minlaganda 
tanlangan kommunikatsiya vositalari samaradorligi pastroq bo’ladi. 
Maqsadlar (sotuv hajmi, bozor ulushi va foydalilik) muddati va ijrochilari 
bo’yicha aniqlashtirilgan, tushunarli, o’lchanishi mumkin, erishib bo’ladigan va 
nazorat qilinadigan bo’lishi lozim. 
Mutaxassislar mediareja mazmuniga ta’sir etuvchi bir qator muhim omillarni 
ajratib ko’rsatadilar. Bu korxonaning umumiy vazifalari, maqsadli muloqot doirasi, 
tovarning hayotiylik davri bosqichlari va daromadliligi, taqsimot kanallari, ishlab 
chiqarish va moliyaviy resurslar, marketing kommunikatsiyalarining integrasiya 
darajasi va boshqalardir. Tashqi omillar: iqtisodiy shart-sharoitlar, raqobat (bozor 
ulushi va soni, ushbu tofadagi raqobatlashuvchi tovarlar holati va tartibga solish 
darajasi), ilmiy-texnik, huquqiy va madaniy muhit ham e’tiborsiz qolib ketmasligi 
lozim. 
Reklama vazifalari ustuvorliklarini belgilash va aniqlashtirish kerak: chunonchi, 
yangi tovar mohiyatini tushuntirib berish; korxona imidjini o’zgartirish; mavsumiy 
iste’mol tafovutlarini yo’qotish; raqobatchilar tovarlariga, ayniqsa, tovar belgisiga ega 
bo’lgan mahsulotlarga qarshilik ko’rsatish; yangi iste’molchilarni jalb qilish; bozorda 
tovar taniluvchanligini ta’minlash. 
Kommunikasion ta’sir vositalaridan foydalanish rejasini ishlab chiqishda 
demografik ma’lumotlar, turmush tarzi, potensial xaridorlar joylashgan joy
boshqalardan ajratib turadigan tavsifnomalar va taklif etilayotgan tovardan olinadigan 
foyda, narx shakllantirish strategiyasi, axborot xabarini yetkazuvchi vosita, uning 
mohiyati va joylashtirish variantini hisobga olgan holda maqsadli muloqot doirasi 
tarkibini aniqlash zarur. 
Maqsadli muloqot doirasini tanlash reklama ob’ekti va uni joylashtirish bilan 
tavsiflanadi: saqich – yoshlar uchun, "Hennessey" konyagi – piyanistalar uchun emas, 
kir yuvish kukuni – uy bekalari uchun. Shu sababli "Dunhill" yondirgichlari 


176 
reklamasida: "Agar siz faqat sigaretani yondirib olishingiz kerak bo’sa, unda gugurtdan 
foydalaning" yozuvidan foydalaniladi. 
Muloqot doirasi qamrovini rejalashtirishda «yo’qotilgan tiraj»larni (tarqatish 
vaqti, geografiyasi va kanalning noto’g’ri tanlanishi tufayli) hisobga olish kerak. 
Istaymizmi-yo’qmi, lekin Namangan yangiliklarining katta qismi Jizzaxliklar uchun 
unchalik qiziq emas va aksincha. Matbuot uchun «yo’qotilgan tiraj» o’rtacha 
ko’rsatkich 20-25%, televidenie uchun esa 40-45%ni tashkil qiladi.
Rejalashtirilgan marketing kommunikatsiyalari maqsadlarini korxona oladigan 
foyda miqdori, mahsulot sotish hajmi va mahsulot chiqarish bo’yicha asosiy faoliyat 
rejasi bilan bog’lanishi kerak. Bu hisobot davri va reja davrida korxona faoliyati asosiy 
ko’rsatkichlari jadvali tuzish yo’li bilan amalga oshiriladi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish