Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/279
Sana04.02.2022
Hajmi2,35 Mb.
#428330
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   279
Bog'liq
Sh.Ergashhodjaeva. Marketing kommunikatsiyasi 2019 (1)

 
 
 
4.3. Shaxsiy sotishda telemarketingni ahamiyati 


74 
Xaridorlarning tashkilot tovarlari yoki xizmatlariga nisbatan xohish-istaklarini 
shakllantirishda bevosita savdo agentining mijoz bilan telefon orqali muloqoti, ya’ni 
telemarketing 
tashkil qilish katta ahamiyatga ega.
 
Suhbatga yaxshi tayyorgarlik ko’rmaganlik, unda asosiy jihatlarni ajrata 
olmaslik, o’z fikrlarini qisqa va to’g’ri bayon qila olmaslik ish vaqtining sezilarli (20-
30%gacha) yo’qotilishiga olib keladi. Telefon aloqasi uchun vaqtbay to’lov joriy 
qilinishi telefon orqali muloqot jarayonini rasionallashtirish foydasiga xizmat 
qiladigan muhim iqtisodiy dalil hisoblanadi. 
Shunday qilib, telefon orqali ishbilarmonlik suhbatiga tayyorgarlik 
ishbilarmonlik muloqotida muvaffaqiyatga erishishning barcha omillarini ko’rib 
chiqishni, ya’ni maqsad va vazifalarni belgilash, o’zaro aloqalarning ehtimoliy 
rivojlanish ssenariylarini ishlab chiqish, manfaatlarni baholash, muloqot bo’yicha 
hamkorning xulq-atvorini bashorat qilish va h.k.ni qamrab olishi lozim. Telefon orqali 
suhbat noverbal muloqot vositalarini istisno qiladi, bu esa hamkorning sizga va suhbat 
mavzusiga bo’lgan munosabatini tushunish imkoniyatlarini jiddiy chegaralaydi. 
Yaponiyada kompaniyalar xizmatchilari telefon orqali ibodatxonadagidek 
xushmuomala, kompyuterga ma’lumotlar kiritgandagidek mufassal, hujumga borishga 
buyruq bergandagi kabi qisqa suhbatlashishga o’rgatiladi. 
Mijozlar bilan telefon orqali muzokara yuritishda tovar (xizmat) sotuvchisi, 
savdo agenti quyidagi qoidalarga amal qilishi lozim: 
1. Telefon go’shagini birinchi yoki ikkinchi qo’ng’iroq yangrashi bilan 
ko’tarish. 
2. Mijoz bilan salomlashish ("Salom", "Xayrli kun",) va tashkilot nomini aytib, 
o’zini tanishtirish. 
3. Suhbatni «Sizga qanday yordam berishim mumkin?» savoli bilan yoki 
«Eshitaman» so’zi bilan boshlash. 
4. Butun e’tiborni suhbatga qaratish va mijozni diqqat bilan tinglash. 
5. Agar ayrim detallarni aniqlashtirish talab qilinadigan bo’lsa, keyinroq 
qo’ng’iroq qilishni taklif etish. 
6. Telefon orqali suhbat haqida yozib olish uchun yondaftardan foydalanish. 


75 
7. Zarur hollarda mijozning telefon raqamini yozib olish va unga qayta 
qo’ng’iroq qilish. 
8. Savdo vakili mijozga qayta qo’ng’iroq qilish iltimosi bilan murojaat qilganda 
albatta buning sababi ko’rsatilishi lozim (masalan, "Kechirasiz, sizni yaxshi 
eshitmayapman" va b.). 
9. savdo agenti mijoz bilan muzokara olib borayotgan va bu paytda telefon 
qo’ng’irog’i yangragan holatda u kechirim so’rab, telefon qo’ng’irog’iga javob berishi, 
qo’ng’iroq qilayotgan kishidan suhbat tugashini kutib turish yoki albatta qulay vaqtni 
ko’rsatgan holda keyinroq qo’ng’iroq qilishni so’rashi lozim. 
10. Mijoz bilan suhbat cho’zilib ketgan hollarda quyidagi kabi so’zlarni aytish 
lozim: "Kechirasiz, afsuski men suhbatni davom ettirish imkoniyatiga ega emasman, 
chunki u judayam cho’zilib ketdi. Sizning muammongizga yana bir bor qaytish haqida 
kelishib olsak bo’ladimi?". 
11. Agar suhbat jarayonida bir nechta masala muhokama qilinadigan bo’lsa, 
ularning har birini quyidagi so’zlar bilan yakunlagan holda xulosa qilish maqsadga 
muvofiq: "Shunday qilib, ushbu masala bo’yicha biz qarorga keldik deb hisoblash 
mumkinmi?", "O’ylaymanki, ushbu xizmat sizni ko’proq qiziqtiradi?". 
12. Agar mijoz telefon orqali e’tiroz bildiradigan bo’lsa, unga oxirigacha 
gaimkon berish, so’ngra ro’y bergan holat borasida afsus bildirish yoki yetkazilgan 
noqulayliklar uchun (agar e’tiroz o’rinli bo’lsa) kechirim so’rash va muammoni hal 
qilish yo’llarini belgilab olish zarur. 
13. Telefon orqali suhbatni yakunlash uchun «O’ylaymanki, biz siz bilan barcha 
masalalarni muhokama qilib bo’ldik» yoki «O’ylaymanki, endi suhbatimizga yakun 
yasasak ham bo’ladi» kabi iboralardan foydalanish va bu gaplarning tasdig’ini olgach, 
mijoz bilan xayrlashish mumkin. 
14. Siz uchun qanchalik malol kelmasin, barcha telefon qo’ng’iroqlariga javob 
bering. Nafbatdagi qaysi qo’ng’iroq sizga katta foyda keltiradigan yoki qimmatli 
axborot beradigan bo’lishini hech qachon oldindan bilib bo’lmaydi. 
Sizning firmangiz haqida noto’g’ri tasavvur uyg’onmasligi uchun hech qachon 
aytib bo’lmaydigan ayrim iboralar mavjud: 


76 
1. "Men bilmayman". Boshqa bironta javob sizning firmangizga bo’lgan ishonch 
darajasiga bunchalik tez va jiddiy putur yetkaza olmaydi. 
Eng avvalo, sizning ishingiz bilishdan iborat – siz aynan shuning uchun bu joyda 
o’tiribsiz. Agar siz hamsuhbatingizga aniq javob bera olmasangiz, yaxshisi «Yaxshi 
savol… Ruxsat bersangiz, men sizga buni aniqlashtirib beraman» deb aytgan ma’qul. 
2. "Siz … lozim" – bu jiddiy xato. Mijoz sizga hech narsa qilib berishga majbur 
emas. Siz yumshoqroq fikr bildirishingiz kerak: "Siz uchun … ma’noga ega bo’lgan 
bo’lardi" yoki "Eng yaxshisi..." 
3. "Bir soniya kutib turing, men tezda qaytaman". Suhbatdoshingizga haqiqatga 
yaqinroq fikr bildiring: "Sizga kerakli axborotni topish uchun balkim ikki-uch daqiqa 
kerak bo’lib qolishi mumkin. Kutib tura olasizmi?" 
4. Gapning boshida aytilgan "Yo’q" so’zi beixtiyor muammoning ijobiy yechimi 
qiyinlashishiga olib keladi. 
Firma xodimlari telefon orqali suhbatlashish odobini o’zlashtirib olganini 
tekshirishning eng yaxshi yo’li juda oddiy – ofisga qo’ng’iroq qilib, o’zingizni mijoz 
deb tanishtirish kifoya. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish