Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi


 G‘arbiy Evropa davlatlari va AQSHda reklamaning rivojlanishi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/279
Sana04.02.2022
Hajmi2,35 Mb.
#428330
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   279
Bog'liq
Sh.Ergashhodjaeva. Marketing kommunikatsiyasi 2019 (1)

11.2. G‘arbiy Evropa davlatlari va AQSHda reklamaning rivojlanishi 
Amerika qit’asida reklama e’lonlarini chop etishga ixtisoslashgan dastlabki nashr
“Boston Nyus-letter” gazetasi (1704 yil) bo‘ldi. 1729 yilda Benjamin Franklin
tomonidan ta’sis etilgan “Gazett” ko‘plab reklamalarni nashr qilardi. Umuman,
AQSHda reklamaning ravnaq topishi Benjamin Franklin nomi bilan bog‘liq. 
“Gazett” adadining ko‘pligi bilan bir qatorda, mustamlaka Amerikasidagi barcha
nashrlar orasida eng ko‘p reklama e’lonlari chop etiladigan ommaviy axborot
vositasi hisoblangan. 
1844 yilning iyul oyida mashhur yozuvchi Edgar Po muharrirlik qilgan “Sajeri
Messenjer” jurnalida ilk jurnal reklamasi paydo bo‘ldi. Ma’lumki, gazetalar o‘sha 
vaqtda muayyan hudud asosan shaharlarda tarqatilgan. Jurnallarning butun
mamlakatda tarqatilishi uchun ularda reklama e’lonlarining berila borilishi
umummilliy reklamani yo‘lga qo‘yishga imkon bergan.
1839 yilda fotografiyaning paydo bo‘lishi reklama matnlarining ishonchli va
haqqoniy suratlar bilan to‘ldirilishini ta’minladi. 1844 yilda telegraf ixtiro qilinishi
eng olis hududlarning ham markaz bilan aloqa bog‘lashini yo‘lga qo‘yishga xizmat
qilgan. Natijada reklama bebaho raqobat usullari, marketing funksiyalaridan biriga
aylandi. 
Reklama bilan bo‘lim va vakolatxonalarning keng tarmog‘iga ega bo‘lgan maxsus
firma hamda agnetliklar, shuningdek, sanoat va savdo kompaniyalarining yirik
korxona, nashriyot va hokozolarning reklama bo‘limlari shuug‘ullana boshladilar. 
Reklama agentliklari o‘z faoliyatlarida dastavval gazeta sahifalarini sotib olish va 
ularni reklama beruvchilarga katta foyda olish hisobiga qayta sotish bilan
shug‘ullanganlar.Masalan, 1841 yilda Filadelfiyada noshirlar bilan gazeta va
jurnallar sahifalarini sotib olishga shartnoma tuzib, keyin bu sahifa maydonlarini
reklama beruvchilarga sotgan. O‘sha vaqtlarda reklama matnlarini reklama
beruvchilar tayyorlashgan. Keyinchalik esa reklama agentliklari e’lonlar matnlarini
o‘zlari tayyorlay boshlaganlar. Reklama e’lonlarini rejalashtirish, matnlarni


214 
tayyorlash va reklama kampaniyalari o‘tkazish bilan shug‘ullana boshlagan ilk
agentlik “Ayyor va uning o‘g‘li” nomi bilan 1890 yilda tashkil etilgan. 
1920 yilning 2 noyabrida AQSHning Pensilvaniya shtati Ritsburg shahrida
reklama tarqatishning yangi, qudratli vositasi – radio paydo bo‘ldi. Bu bilan
mamlakat va jahondagi yangiliklarni bevosita sodir bo‘lgan joydan tarqatish
imkoni 
tug‘ildi, 
insonlar 
barcha 
ko‘ngilochar 
tadbirlar: 
adabiyot,musiqa,teatr,sportdan bahramand bo‘la boshladilar. 
Kommunikatsiya vositalarini rivojlantirishda eng muhim voqea 1941 yilda - ilk
televidenie eshittirishi boshlanganida ro‘y bardi. Ikkinchi jahon urushidan keyin
televidenie reklamasidan foydalanish jadal sur’atlar bilan kechdi. 1955 yilda rangli
televideniening paydo bo‘lishi esa, reklama ta’sirchanligini oshirishda yangi
ufqlarni ochdi. 
XX asrning 70-yillarida reklama strategiyasiga yangicha yondashila boshlandi. Bu
“mavqeli” (“pozitsion”) reklama nomini oldi. YAngi strategiyaga ko‘ra, reklamada
tovarning iste’mol xususiyatlari va nufuzining ahamiyati e’tirof etilishi bilan
birga, bu tovarning iste’molchi tasavvurida raqobatchilarning mahsulotlariga e’tibor
bilan qaralishi kerakligi ta’kidlanadi.Ushbu davr strategiyasiga xos reklama
kampaniyasi sifatida “Folksvagen ”ning “Mo‘‘jazlik haqida o‘yla!” murojaatini
keltirish mumkin. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish