Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi


 O‘quvchiga u nima qilishi kerakligini tushuntirib bering



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/279
Sana04.02.2022
Hajmi2,35 Mb.
#428330
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   279
Bog'liq
Sh.Ergashhodjaeva. Marketing kommunikatsiyasi 2019 (1)

10. O‘quvchiga u nima qilishi kerakligini tushuntirib bering.
Reklama o‘quvchiga belgilangan iboralar yordamida muayyyan va ijobiy 
ko‘rsatmalar berishi lozim. 
Reklama matni ishlab chiqishning bu asosiy tamoyillari masalan, davriy 
matbuotda reklama tayyorlashda foydalanilishi mumkin. 
Ko‘p sonli va xilma-xil shriftlar mavjud. Har bir alohida shriftning o‘z nomi 
bo‘lib, ularning ko‘pchiligi asosiy tur va rasmning turli variantlariga ega bo‘ladi. Faqat 
bitta garnituraning o‘zida (ya’ni harf, belgi rasmida) shriftlar yarim qalin, yarim qalin 
kursiv, qalin, qalin kursiv, yarim qalin ingichka, yarim qalin ingichka kursiv bo‘lishi 
mumkin. 
Bunday ko‘p sonli shriftlarni har bir muayyan holat uchun optimal tanlash faqat 
reklama sohasidagi mutaxassis-rassomlar qo‘lidan keladi. SHu bilan birga, dekorator-
bezakchilar va magazinning boshqa xodimlari shriftlardan foydalanish sohasida 
umumiy bilimlarga ega bo‘lishi kerak. 
SHrift o‘quvchining e’tiborini jalb qilishi va unga matnni o‘qishda fikrni to‘plab 
olishga va eng muhim dalillarni ajratishga yordam berishi lozim.
SHriftning har bir rasmi matnga o‘ziga xos emotsional tus beradi. SHrift tanlashda 
shuni yodda tutish kerakki, u reklama qilinadigan tovarlarga mos kelishi lozim. 
Masalan, xarf chetlari yumaloq va kontrast shtrixli murakkab rasmli shriftlar 
yordamida matnda u haqida gap borayotgan mahsulot engilligi va nafisligini ta’kidlash 
mumkin. harflar chetlari to‘rtburchak va oddiyroq rasmli shriftlar predmetning 
oddiyligi, mustahkamligi va ishonchliligi reklama qilinadi matnlarda foydalanish 
uchun ko‘proq to‘g‘ri keladi.
Inson ko‘zi alohida harflarni emas, balki butun boshli so‘zlarni va harflar 
birikmalarini idrok qiladi. Ko‘zning harflar guruhini, ularning shaklini, shuningdek, 
satrlar belgilangan uzunligini qamrab olish bo‘yicha bu xususiyati o‘qishni tezlatuvchi 
yoki sekinlashtiruvchi omil hisoblanadi. shu sababli shrift rasmidan tashqari uning 
hajmini, harflar va satrlar o‘rtasidagi masofani, satrlar uzunligini, matnning varaqda 


286 
joylagan o‘rnini ham to‘g‘ri tanlash zarur. 
Matnni idrok qilishda u yozilgan bo‘yq rangi ham muhim rol o‘ynaydi. Katta 
matndan iborat bo‘lgan reklama vositalarida (e’lonlar, o‘rov, varaqalar) rang fonida 
bosilgan nusxa aniqligiga alohida ahamiyat berish kerak. Reklama taxtalarida reklama 
matnini bezashda esa quyidagi jihatlarga e’tibor berish kerak. 
Harflar yozilish shakli va o‘lchami reklama qilinayotgan ob’ekt xususiyatlariga, 
varaq maydoniga mos kelishi lozim. Eng yaxshi variant turli kengladgi (o‘lchamli) 
bitta garnituradan (rasmdan) foydalanish hisoblanadi. 
Bo‘yoq rangini to‘g‘ri tanlash reklama matnining o‘quvchiga emotsional ta’sirini 
kuchaytirish uchun zarur. 
Fon va shrift rangi doim bir-biridan keskin ajralib turishi kerak – shrift fondan 
qanchalik ajralib tursa, u shunchalik oson o‘qiladi va idrok qilinadi. 
Rasm (tasvir), 
xuddi matn kabi, reklama vositasini tashkil qiladigan elementlar 
ichida alohida o‘rin egallaydi. Tasvir ko‘p hollarda reklama matni ta’sirini sezilarli 
kuchaytiradi, ayrim hollarda esa – to‘laligicha yoki qisman uning o‘rnini bosadi. 
Tasvir rasmni, fotosurat esa – diapozitivni ifodalashi mumkin. 
Reklama rasmida tasvirlarning turli grafika va rassomlik texnikasi qo‘llanadi. 
Rasmlar oq-qora yoki rangli bo‘lishi, qalamda, mo‘yqalamda, ko‘mir va h.k. bilan 
bajarilishi mumkin. Reklamada rasm ko‘p hollarda yumoristik obrazni ifodalaydi. 
Biron-bir detalni bo‘rttirib ko‘rsatish, jonivorlar va jonsiz predmetlarni inson 
xususiyatlariga ega qilish, harakatlar va holatning bir-biriga muvofiq emasligi, so‘zlar 
o‘yinini rasm bilan kuchaytirish va h.k. foydalaniladi. 
Agar predmet strukturasini, uning shakli, mayda detallari, material rasmi yoki 
rangini va h.k.ni aniq ko‘rsatish zarur bo‘lsa fotosuratlardan foydalanish tavsiya etiladi. 
Ularda reklama qilinayotgan tovarlardan tashqari bu mahsulotlarni iste’mol qilish 
usullari ko‘rsatilishi, ularning alohida xususiyatlari namoyish etilishi yoki ularning jalb 
etuvchanligi ta’kidlanishi mumkin. 
Fotosurat odamda u reklamadan oladigan ma’lumotlar ishonchliligi borasida hech 
qanday shubha qoldirmaydi. SHu sababli bunday reklamaga xaridor o‘zgacha ishonch 
bilan munosabatda bo‘ladi. Fotosuratlardan batafsil matnli izoh talab qilmaydigan 


287 
tovarlar, masalan, kiyim-kechak reklamasida foydalanish eng samarali hisoblanadi. 
Reklama maqsadlarida uning yordamida predmetning real bo‘yoqlari va tusini 
ifodalash mumkin bo‘lgan rangli fotosuratlardan foydalanish ayniqsa unumli bo‘ladi. 
Magazin tomonidan reklama maqsadlari uchun foydalaniladigan fotosurat va 
rasmli plakatlarni shunday joylashtirish kerakki, ular yog‘in-sochinlardan, quyosh 
nuridan aziyat chekmasin. 
Aniqlanishicha, rasmlarga berilgan izohlarni o‘qiydiganlar soni matn o‘qiydigan 
kishilardan ikki baravar ko‘p ekan. Har bir rasm izohida tovar xaridor uchun keltirishi 
mumkin bo‘lgan foyda asoslab berilishi lozim. 
Tasvirlarga qo‘yiladigan talablar: 
• tasvir o‘quvchida qiziqish uyg‘otishi kerak; 
• fotosuratlar, rasmlarda telereklama orqali yaxshi tanish bo‘lgan tipajlardan 
foydalanish reklamaning esda qolarligini ta’minlaydi; 
• tasvirlar oddiy bo‘lishi va detallar bilan ortiqcha to‘ldirib yuborilgan bo‘lmasligi 
lozim; 
• agar reklama xabari ayollar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, rasmda erkak emas, 
ayol tasvirlangan bo‘lishi lozim; 
• rangli fotosurat 50%ga oq-qora bo‘lsa ham, uning esda qolarligi 100% yuqori 
bo‘ladi. 
Oziq-ovqat mahsulotlarini reklama qilishda tayyor taomni reklama qilish kreak, 
uning tarkibidagi elementlarni emas. 
Tadqiqotlarda aniqlanishicha, birinchi bo‘lib rasmlar ko‘rib chiqiladi, so‘ngra 
sarlavha va shundan keyingina matn o‘qiladi. Materalni ham shunday tartibda 
taqsimlash kerak: eng yuqorida rasm, uning ostida sarlavha, undan keyin esa – matn. 
Agar sarlavha rasmdan tepada bo‘lsa, matnni qabul qilish 10%ga pasayadi. Matnni 
hamma ham o‘qimaydi, lekin hamma rasm ostidagi yozuvlarni o‘qiydi. SHu sababli 
tagida yozuvsiz rasmlar bo‘lmasligi kerak. 
Magazinning tashqi ko‘rinishi, rang va yorug‘lik bilan bezalishi potensial 
xaridorlar e’tiborini va ularning sonini oshiradigan muhim omillar sanaladi. YOrqin, 
ko‘zga tashlanib turadigan, yaltirab turadigan, top-toza vitrina beixtiyor odamlar 


288 
e’tiborini jalb qiladi va ularda magazinga kirish istagini uyg‘otadi. 
Hozirgi paytda yo‘lovchilar e’tiborini jalb qilish uchun ko‘pincha quyida usul 
foydalaniladi: mayda, kam quvvatli lampochkalar magazin yonida o‘sadigan daraxtga 
tashlub qo‘yiladi va bu beixtiyor odamlarda bayramona kayfiya uyg‘otadi. Bunday 
girlyandalar narxi 1 metri o‘rtacha 3 dollar, tayyor girlyanda setkalari - 90 dollar, 
yorug‘lik «yomg‘iri» - 1 kv.metri 40 dollar turadi.
Magazinlar viveskalarini bezash borasida ma’lum bir talablar mavjud. Viveskalar 
savdo korxonasi tashqi reklamasining turlaridan biri hisoblanadi. Ular magazin 
joylashuvi va uning tovar profili bilib olinadigan mo‘ljal bo‘lib xizmat qiladi. 
Joylagan joyi bo‘yicha viveskalar old tomonda (fasadda), tomning tepasida, bino 
burchagida, frontonga oid, bino qismlarini bir-biridan ajratuvchi yonmaydigan g‘ov-
devorda joylashtiriladi. Viveska turi bino turiga, uning arxitektura echimiga, yondagi 
binolarga nisbatan joylashuviga, odamlar oqimi yo‘nalishiga, shuningdek, magazin 
faoliyati va uning moliyaviy holatiga bog‘liq bo‘ladi. 
Fasad viveskasi qoidaga ko‘ra, yorug‘lik reklamasi bo‘ladi va binoning old 
tomonida joylashtiriladi. Viveska bevosita magazinga kiraverish ustida yoki devor 
bo‘ylab uning frontonida yoki kronshteynga perpendikulyar ravishda joylashtirilishi 
mumkin. 
Magazin viveskasi kam so‘zli bo‘lishi va uning tovar profilini aniq aks ettirishi 
lozim. Viveska karkasini (fonini) tayyorlash uchun materiallar metall, shisha, 
plastmassa bo‘lishi mumkin. Harflar va dekorativ elementlar karkas sirtiga bo‘yoqlar 
bilan chiziladi yoki yog‘och, gips, polistirol, penoplast, metalldan qoplama detallar 
bilan mstahkamlanadi. Viveska bezalishi jalb etuvchan bo‘lishi lozim, bunda metall va 
yog‘ochga naqsh berishdan foydalaniladi. Kichik ixtisoslashgan magazin devoriga 
perpendikulyar o‘rnatilgan va etik ko‘rinishidagi (oyoq kiyim do‘koni uchun), patir 
ko‘rinishidagi (non do‘koni uchun), yo‘lakning har tomonidan yaxshi ko‘rinib 
turadigan, hajmli viveska original ko‘rinishga ega bo‘ladi. Bunday viveskalar savdo 
korxonasining individualligini ko‘rsatishga imkon beradi va xaridorlar e’tiborini jalb 
etishga xizmat qiladi. 
Viveskadagi matn yaqin masofadan ham, uzoqdan ham oson o‘qiladigan bo‘lishi 


289 
lozim. SHu sababli harflar hajmi, shuningdek, viveskaning o‘lchami uni yo‘lovchilar 
ko‘rishi mumkin bo‘lgan masofani hisobga olgan holda tanlanadi. Harflar va rasmlar 
rangi fonga nisbatan keskin ajralib turadigan darajada tanlanadi. Viveska uchun shrift 
oddiy va aniq bo‘lishi lozim. Bosh harflar, ayniqsa, qiya yoziladigan shriftlar tafsiya 
etilmaydi. Viveska matnini butun fasad bo‘ylab cho‘zmaslik kerak, chunki bu holatda 
harflar bir-biridan uzoqlashib ketadi, matnni esa o‘qish qiyinlashadi. 
Savdo korxonalarining viveskalari namunaviy va individual bo‘lishi mumkin. 
Magazin nomining 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish