10
0
1.
Maxsus
Maxsuslashtirish
doirasida chuqur bo‘ladi
Turli - tuman
Turlari:
-cheklangan
assortiment bo‘yicha;
-tor maxsus;
-juda yuqori
maxsuslashtirilgan.
2.
Universam
Keng (oziq – ovqatlar va
uy uchun tovarlar)
Uncha yuqori
bo‘lmagan savdo
ustamalari
O‘z-o‘ziga xizmat
ko‘rsatish tamoyili
3.
Univermag
Keng (kiyim va poyafzal,
maishiy texnika, uy
ro‘zg‘or buyumlari)
Turli - tuman
4.
Supermarket
Juda keng (oziq – ovqat
va nooziq-ovqat
tovarlari)
Asosan uncha
yuqori emas
5.
Gipermarket(savd
o kompleksi)
Juda keng
YUqori emas
Supermarketlarni,
do‘kon-omborlarini va
past narxli do‘konlarni
xususiyatlarini
birlashtiradi.
6.
Past narxli do‘kon
(diskaunter)
Turli – tuman (standarti
tovarlar yig‘indisi)
Past
Chakana savdo firmalarining turlari 4 ta mezon bilan farq qiladi:
1. do‘konning jihozlari
2. mijozga xizmat ko‘rsatish darajasi
3. tovar assortimenti
4. savdoda xizmat ko‘rsatish xarakteriga ko‘ra farqlanadi.
Xizmat ko‘rsatish darajasi sotayotgan tovar turiga bog‘liq. Kundalik talabdagi
tovarlar uchun o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish; avvaldagi tanlov tovarlari uchun
chegaralangan xizmat ko‘rsatish; yuqori tovarlarga to‘liq xizmat ko‘rsatiladi, bu o‘z
ichiga xaridorga yordam sifatida axtarish, solishtirishni, tanlashni, turli savollar bilan
maslahat berishni oladi.
Tovar harakatining umumiy yagona zanjirida chakana savdoning texnologiya
jarayonlari muhim xalqa hisoblanadi. Chunki xalq iste’mol tovarlarini ishlab
chiqarish korxonasidan iste’molchilarga etkazib berish jarayonida tovarlarni tanlash
va aholining shu tovarlarga o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun eng zarur
shart-sharoitlar xuddi ana shu chakana savdo korxonalarida yaratilishi lozim. Aholiga
savdo xizmati ko‘rsatishning sifati, ya’ni savdo madaniyati chakana savdodagi
texnologiya jarayonlarini, ayniqsa, tovar sotishni tashkil etish darajasiga bog‘liqdir,
shu sababli chakana savdo korxonalarining butun savdo operativ faoliyati shu
vazifaga bo‘ysundiriladi.
Ulgurji savdo umumlashgan vositachi hisoblanadi va ko‘pchilik vazifalarni
bajaradi. Ulgurji savdodan sanoat korxonalari, tijorat firmalari va davlat muassasalari
ulgurjisiga tovar sotib olishlari mumkin. Ulgurji savdo ahamiyati quyidagichadir:
• chakana savdoga ishlab chiqarish firmalarning tor assortimentini kengaytirib
taklif etadi;
• katta hajmda tovar sotib olib, muomala xarajatlarini kamaytiradi;
• yuqori malakali tovarshunos va marketologlar bilan tovarlar bozorini chuqur
o‘rganadi;
• tovarlarni saqlaydi va kerakli tovar zahiralarini shakllantiradi;
• ishlab chiqaruvchilar va chakana savdo o‘rtasida mustahkam aloqa bog‘laydi,
ularga moliyaviy yordamlashadi va boshqalar.
Segmentlash
tamoyillari
Do'stlaringiz bilan baham: